Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


Alimentar kasalliklar haqida tushuncha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

3. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha 
Ovqatlanishning fiziologik me’yorlarini bajarmaslik, hamda boshqa gigenik talablarga rioya qilmaslik 
aholi o‘rtasida juda keng tarqalgan va ovqatlanish sifatiga bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan ALIMENTAR 
kasalliklarni yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining tavsiyasiga 
ko‘ra quyidagi alimentar kasalliklar guruhlarini ajratish mumkin (jadval). 
I.Juda yuqori qiymatli ratsionga bog‘liq bo‘lgan kasalliklar:
1.Alimentar semirish kasalligi; 
2.Ortiqcha ovqatlanish - quyida keltiriladigan kasalliklarning shakllanishida xavfli omil vazifasini o‘tashi 
mumkin- yurakning ishemik kasalliklari, ateroskleroz, gipertoniya podagra, qandli diabet, buyrak tosh 
kasalliklari, o‘t pufagi toshi kasalliklari. 
II. Yyetarlicha ovqatlanmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar: 
1.Energiya tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar - alimentar distrofiya, alimentar marazm (alimentar kam 
quvvatlik). 
2.Ovqatlarning to‘la qiymatli emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar : OET -oqsil energiya tanqisligi 
(BEN), Kvashiorkor -ovqat tarkibida to‘la qiymatli oqsillarning bo‘lmasligi tufayli kelib chiqadigan kasallik 
turi yoki yog‘larning tanqisligidan kelib chiqadigan kasallik, gipo- va avitaminozlar. 
III. Ovqat mahsulotlarining sifatsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar -ovqatdan zaharlanishlar. 


12 
Alimentar kasalliklarni oldini olishdagi muhim tadbirlardan biri organizmning eng zaruriy oziq 
moddalarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini ta’minlashga imkon beradigan ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri
tanlanishi hisoblanadi (jadvallar)
4. Asosiy oziq moddalarga gigienik ta’rif va ularning fiziologik me’yorlari 
Ovqatlanishdagi eng muhim oziq modda bo‘lib oqsillar hisoblanadi, chunki ular organizmda bir qator muhim 
biologik vazifalarni bajaradi (xujayralarning tiklanishida plastik funksiya, energetik, gormonal, katalitik, 
vositachilik va maxsus vazifalar). Bunda oqsillarning energetik vazifasi organizmdagi kunlik energiya 
sarfining faqat 13% gina qoplaydi (1 gr oqsil yonganda 4,1 kkal energiya hosil qiladi), shuning uchun oqsillar 
energetik nuqtai-nazardan asosiy manba emas deb baholanadi. Keltirilgan boshqa funksiyalarni to‘liq ado 
etilishi uchun oqsillar tarkibida bo‘ladigan barcha zaruriy aminokislotalar almashtirib bo‘lmaydigan va 
almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalarning bo‘lishi shartdir. O‘z tarkibida zaruriy aminokislotalar to‘plamini 
tutuvchi oqsillar to‘la qiymatli oqsillar va o‘z tarkibida deyarli almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalar 
to‘plamini tutuvchi oqsillarni esa to‘la qiymatli bo‘lmagan oqsillar deb ataladi. Almashtirib bo‘lmaydigan 
aminokislotalar essensial aminokislotalar deb atalib, ular odam organizmida sintezlanmaydi (metionin, lizin, 
triptofan, fenilalanin, leysin, izoleysin, treonin, valin). Bunday aminokislotalar hayvon mahsulotlari tarkibida 
bo‘ladi (go‘sht, sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq, parranda go‘shti). To‘la qiymatli aminokislotalar 
dukkakli o‘simlik donlarida ancha-muncha miqdorda bor -mosh, loviya, no‘xot, soya kabilar. Donlar tarkibida 
ularning miqdori juda kam yoki bo‘lsa ham ular muvozanatlashmagan holdadir, ammo bu mahsulotlarda 
almashtirsa bo‘ladigan aminokislotalar yyetarli miqdorlarda bor, shuning uchun don mahsulotlari tarkibida 
bo‘ladigan oqsillar to‘la qiymatli bo‘lmagan oqsillar qatoriga kiritiladi. Kunlik ovqat ratsioni tarkibidagi 
oqsillarning fiziologik me’yori keng diapozonda tebranishi mumkin bo‘lib, ularning o‘rtacha miqdori kuniga 
90-100 grammni tashkil qiladi. O‘suvchi organizmning oqsillarga bo‘lgan ehtiyoji, hamda homilador va 
emizikli ayollarning oqsillarga bo‘lgan fiziologik ehtiyoji yuqoriroqdir. Oqsillarning o‘rtacha fiziologik 
me’yorlarini jadval bo‘yicha aniqlash mumkin, mas., o‘suvchi organizmning har bir kg vazni uchun o‘rtacha 
2,0 gramm, o‘rta yoshli odamning 1 kg vazni uchun 1,5 gramm, homilador va emizikli ayollarning 1 kg 
vaznlari uchun 2,5 gramm to‘g‘ri kelishi kerak. 
YOG‘LAR ham huddi oqsillar kabi asosiy oziq moddalar qatoriga kiradi va u ovqatlanishning asosiy 
komponenti hisoblanadi. Yog‘larning organizmda bajaradigan vazifalari xilma-xildir. Yog‘lar kunlik energiya 
sarfining 27-33% ni qoplab turadi, shu bilan bir qatorda yog‘lar har bir hujayra tarkibiga kiradi, organizmda 
issiqlikning boshqarilishida faol ishtirok etadi, organizmga yog‘da eriydigan vitaminlarni yetkazib beradi, 
organizmda xolesterin almashinuvini boshqarib turadi, gormonlarning sintezlanishida, safro tarkibidagi 
kislotalar va prostoglandinlarning sintezlanishida qatnashadi hamda ovqatga ta’m berish vazifasini bajaradi. 
Yog‘larning organizmda bajaradigan vazifalari ularning xususiyatlari va xossalariga bog‘liq va u asosan yog‘ 
kislotalarining tarkibiga bog‘liqdir. Yog‘lar tarkibida bo‘ladigan yog‘ kislotalari to‘yingan va to‘yinmagan 
yog‘ kislotalariga bo‘linadi. 
Biologik nuqtai-nazardan to‘yinmagan yog‘ kislotalari ancha faol hisoblanadi, ayniqsa O‘TEK- o‘ta 
to‘yinmagan yog‘ kislotalari. Shuning uchun ham o‘ta to‘yinmagan yog‘ kislotalarini ayrim hollarda 
vitaminlar qatoriga qo‘shib baholanadi. 
Aynan O‘TEK (linol, linolen, araxidon) lari
hujayra tarkibini shakllanishida ishtirok etadi, yuqori faollikka ega bo‘lgan biologik moddalarning 
sintezlanishida qatnashadi, xolesterin va "V" guruhiga kiruvchi vitaminlarning almashinuvini boshqarishda 
faol ishtirok etadi. 
O‘TEK-ning faol vakili bo‘lgan araxidon kislotasi bolalar organizmini o‘stiruvchi omili hisoblanadi va 
bolalarning kunlik ovqat ratsionida uning yetishmasligi (kuniga 5-6g dan kam bo‘lsa) kuzatilsa, bolalarda 
o‘sish jarayoni sekinlashadi va uning rivojlanishida ayrim nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. O‘TEK asosan 
o‘simlik yog‘lari tarkibida bo‘ladi va bolaning kunlik ovqat ratsioniga 25-30 g o‘simlik yog‘i qo‘shilsa bola 
organizmining O‘TEK-lariga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qondiriladi. 
Xolesterin almashinuvining boshqarilishi fosfolipidlar tomonidan amalga oshiriladi (O‘TEK tarkibida 
fosfolipidlar bor) va ana shu fosfor kislotasi odam organizmida O‘TEK-dan sintezlanadi. Fosfolipidlarning 
o‘tmishdoshlari ya’ni unga yaqin bo‘lgan moddalar o‘simlik yog‘lari tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Shu 
narsani doim yodda saqlash kerak-ki, o‘simlik yog‘lariga qo‘shimcha ishlov berish va ko‘pincha termik 
ishlovdan o‘tkazish fosfolipidlarning parchalanishiga sababchi bo‘ladi natijada yog‘larning biologik qiymati 
yo‘qoladi. Bu ayniqsa paxta yog‘iga ko‘proq taaluqlidir, chunki ishlov berilmagan yoki qo‘shimcha ishlovdan 
o‘tkazilmagan paxta yog‘i tarkibida zaharli modda - GOSSIPOL mavjud bo‘lib, ana shu moddani parchalash 


13 
maqsadida paxta yog‘ini oladigan yog‘-ekstrakt zavodlarida paxta yog‘iga termik ishlov beriladi. Shuning 
uchun paxta yog‘iga termik ishlov berishdan oldin uning tarkibidagi fosfolipidlarni ekstraksiya qilib ajratib 
olinadi va ishlov berilgandan so‘ng qayta qo‘shiladi. Oziq- ovqat sanoatida fosfolipidlarning konsentratlari 
ko‘proq ishlatiladi, bu moddalar rafinadlashtirilgan o‘simlik yog‘lari va margarin tarkibini boyitish maqsadida 
qo‘shiladi. Ammo, o‘simlik yog‘lari va margarin tarkibiga qo‘shiladigan fosfolipidlarning miqdori juda 
ko‘payib ketsa ular juda tezlik bilan oksidlanadi va yog‘ taxirlashib qoladi. 
Ovqat tarkibidagi o‘simlik va hayvon yog‘larining optimal nisbati 1:3 yoki 2:3 bo‘lishi kerak, yoshi 
o‘tgan kishilar uchun 1:1 nisbatda bo‘lgani yaxshi. 
Mehnatga qobiliyatli o‘rta yoshli odamning yog‘larga bo‘lgan fiziologik ehtiyoji shaxsning jinsi, yoshi 
va mehnat faoliyatining turiga qarab o‘zgarishi mumkin ya’ni 80 grammdan 169 grammgacha, biroq har bir 
shaxs uchun ham alohida hisoblash usuli orqali ehtiyojni topish mumkin., buning uchun shu organizmning 
oqsillarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda (1 gr oqsilga 1,2 gr yog‘ hisobida hisoblab topish mumkin. 
Kunlik ovqat ratsionining asosiy qismi karbonsuvlardan iborat bo‘lib, ular asosan energetik vazifani 
bajaradi. Bundan tashqari karbonsuvlar plastik jarayonlarda ham ishtirok etadi, ularning ayrim turlari esa 
nozik spetsifik ta’sir xususiyatiga ham egadir (askorbin kislota, geparin, geteropolisaharidlar bo‘lib ular qon 
guruhini belgilab beradi). 
Polisaharidlardan kletchatka ichak funksiyasini boshqarib boradi (ichak peristaltikasini oshiradi), pektin 
moddasi esa ichakdagi chirituvchi mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi va ichakdagi zaharli tabiatga 
ega bo‘lgan moddalarni o‘ziga adsorbsiya qilib oladi va organizmdan chiqarib yuboradi. 
Karbonsuvlarning energetik maqsadlarda ko‘plab ishlatilishini hisobga olib, ovqat mahsulotlari bilan ularni 
doimiy ravishda ichakka tushib turishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda agar 
organizmga ortiqcha miqdorda karbonsuvlar iste’mol qilinsa, ular yog‘larga aylanib yog‘ depolarida 
to‘planishi mumkin. 
Karbonsuvlarning organizmda o‘zlashtirilishi ularning tarkibiga qarab o‘zgarishi mumkin. Mas., 
monosaharidlar organizmda to‘liq o‘zlashtiriladi, disaharidlar esa -96-98% ga va polisaharidlar -85-86% ga 
o‘zlashtiriladi. 
Karbonsuvlarga boy bo‘lgan ovqat mahsuloti tarkibida ko‘p miqdorda kletchatka moddasi bo‘lsa, ular 
kamroq o‘zlashtiriladi va ularning ortiqcha miqdori organizmdan tezlikda chiqarilib yuboriladi. Tarkibida 
0,4% dan ortiq kletchatka tutgan karbonsuvlar "himoyalangan" karbonsuvlar deb ataladi va bunday 
mahsulotlar ortiqcha vaznli va yoshi o‘tgan kishilar uchun ko‘proq tavsiya etiladi. 
Karbonsuvlarning fiziologik me’yorlari jadval bo‘yicha 1 g oqsil miqdoriga qarab hisoblanganda 4-4,5 g 
miqdorida olinishi mumkin, shu bilan bir qatorda karbonsuvlarining sinfiga muvofiq optimal nisbati 
quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: polisaharidlar (shu jumladan kletchatka-2%) 80-90%, 
mono- va disaharidlar 10-20%. Monosaharidlar uchun asosiy manba bo‘lgan mahsulotlar- asal va mevalardir. 
Polisaharidlarning manbai esa, sabzavotlar va donli mahsulotlar hisoblanadi. 
Ovqat ratsionining muhim elementlaridan biri vitaminlardir. Vitaminlar quyi molekulali organik tabiatga 
ega bo‘lgan va yuqori faolikka ega bo‘lgan kichik dozalardagi birikmalardir. Odam organizmida vitaminlar 
qisman sintezlanishi mumkin, ammo D, K, V-12 vitaminlarining endogen sintezlanishi organizmning shu 
vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondira oladimi yoki yo‘qmi degan savolga aniqlik kiritish talab etiladi. 
Bu vitaminlarning asosiy qismi ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lib, ovqat orqali organizmga qabul qilinadi. 
Ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlarning miqdori va ularning harakteri turlichadir. Mas., yog‘da eruvchi 
"A" vitamini organizm uchun tayyor holda sut, sut mahsulotlari, tuxum, sariyog‘, jigar orqali iste’mol 
qilinadi. Organizmning "A" vitaminiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun (1000 mg) suvda eruvchi 
provitamin "A" ya’ni karotinning ahamiyati katta. Karotin qizil sabzi, bulg‘or qalampiri, qovoq 
mahsulotlarida ko‘p miqdorlarda bor. Ichak va jigarda karotindan "A" vitamini sintezlanadi. 
D vitamini badan terisining epidermisida 7-degidroxolestirindan ultrabinafsha nur ta’sirida sintezlanadi. D 
vitamini oddiy sharoitda organizmdagi fosfor va kalsiy almashinuvini boshqarishi uchun yyetarli deb 
hisoblanadi, ammo o‘suvchi organizm uchun va quyosh nuri yyetarli bo‘lmagan sharoitlarda ishlaganda 
organizmda sintezlanayotgan "D" vitamini yyetarlicha bo‘lmaydi, shuning uchun bunday sharoitda 
organizmga "D" vitamini tashqaridan ya’ni ovqat mahsulotlari orqali iste’mol qilinishi lozim. O‘z tarkibida 
"D" vitaminini ko‘p tutuvchi mahsulotlar qatoriga baliq moyi, tuxum, sut va sut mahsulotlarini kiritish 
mumkin. Bolalar organizmi uchun kunlik iste’mol me’yori (3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) 400 ME- 
xalqaro birlik yoki 0,25 mkg, o‘rta yoshli odamlar uchun - 100ME, homilador va emizikli ayollar organizmi 
uchun 500ME ga tengdir. 


14 
"E" vitamini yog‘da eruvchi vitaminlar qatoriga kirib, o‘rta yoshli odam organizmi uchun kunlik iste’mol 
me’yori 12-15 mg ni tashkil qiladi. "E" vitaminini o‘zida ko‘p tutuvchi ovqat mahsulotlari qatoriga o‘simlik 
yog‘lari, ko‘katlar, mevalar, yorma mahsulotlari, tuxumni kiritish mumkin. 
"K" vitamini ham yog‘da eruvchi vitaminlar qatoriga kirib, uning kunlik ehtiyoj me’yori 0,2-0,3 mg ga 
tengdir. "K" vitamini ichak florasi ishtirokida qisman sintezlanadi, shuning uchun birlamchi gipovitaminoz 
yoki avitaminoz holatlari kuzatilmaydi. Ikkilamchi "K" avitaminozi jigar kasalliklari va ichak kasalliklariga 
uchragan odamlar uchrashi mumkin, shuning uchun bunday vaziyatlarda shunday kishilarga organizmning 
ehtiyojini qondirish maqsadida o‘zida "K" vitaminini ko‘proq tutuvchi mahsulotlardan sabzi, tomatlar, ko‘k 
no‘xat, jigar, na’matak, qorag‘at donlari yoki ularning damlamalarini berish tavsiya etiladi. 
Suvda eruvchi vitaminlar o‘z tarkibiga ko‘p vitaminlarni oladi va ularning asosiylari "V" guruhiga 
kiruvchi vitaminlardir, bundan tashqari "S" vitamini va boshqa bioflavinoidlardir. 
"V" guruhiga kiruvchi vitaminlarga nisbatan organizmning kunlik iste’mol me’yori, etishmaganda kelib 
chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklar va o‘zida vitaminlarni ko‘p tutuvchi mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar 
quyida keltiriladi. 
"V
-1" yoki Tiamin vitamini organizmda etishmaganda "beri-beri" gipovitaminozi yuzaga keladi. 
Organizmning kunlik ehtiyoji 1,1-2,1mg ga tengdir. V-1 vitaminini o‘zida tutuvchi mahsulotlar qatoriga don 
mahsulotlari (ularning qobiqlari), achitqi (drojji), jigar hisoblanadi. 
"V-2" yoki Riboflavin - organizmda etishmaganda xeyloz, stomatit, glossit, anemiya kelib chiqadi. 
Organizmning kunlik ehtiyoji 1,5-2,4 mG) Manbai - sut, non, achitqi, no‘xat. 
"RR" yoki nikotin kislotasi - organizmda etishmaganda pellagra kasalligi shakllanadi, organizmning bu 
vitaminga bo‘lgan kunlik ehtiyoji 14-28 mg ga teng. Yormalar, non mahsulotlari, achitqi, no‘xat tarkibida 
ko‘plab uchraydi. 
"V-3" yoki Pantoten kislotasi - kunlik ovqat tarkibida uning miqdori kamayib yoki bo‘lmay qolgan 
sharoitlarda insonlar organizmida hech qanday kasallik belgilarini namoyon etmaydi. Ammo xayvonlar 
organizmida kasallik belgilari yuzaga kelishi mumkin. Bu vitamin deyarli har qanday ovqat mahsulotlari 
tarkibida borligi bilan ahamiyatlidir. 
"V-6" yoki Piridoksin vitamini organizmga etishmay qolganda juda ko‘p ko‘rinishdagi kasallik belgilarini 
namoyon qiladi. Organizmning kunlik ehtiyoj me’yori 1,8-2,0 mg atrofida. V-6 vitaminini o‘zida tutuvchi 
mahsulotlar qatoriga jigar, no‘xat, baliq, bulg‘or qalampiri, drojjalarni kiritish mumkin. 
Biotin – N - vitamini - organizmga kam miqdorda tushganda cheshuykali dermatit kasalligi belgilarini 
namoyon qiladi, uning kunlik iste’mol me’yori 0,15-0,3mg ga teng. Biotin deyarli hamma ovqat mahsulotlari 
tarkibida uchraydi. 
Foliy kislotasi (V-9) vitamini - organizmga kam miqdorlarda iste’mol qilinganda anemiyani keltirib 
chiqaradi va oxirgi ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra yurak-tomir kasalliklari- jumladan ateroskleroz, yurakning 
ishemik kasalliklarini oldini olishda ishtirok etadi. O‘zida foliy kislotasini ko‘plab tutuvchi mahsulotlar 
qatoriga drojja, jigar, ko‘k sabzavotlar, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini kiritish mumkin. 
Vitamin "V-12" yoki Siankobalamin- bu vitaminga nisbatan organizmda tanqislik kuzatilsa, organizmda 
pernitsioz kamqonlik kasalligi rivojlanishi mumkin. V-1" vitaminini o‘zida ko‘p tutuvchi mahsulotlar - jigar, 
buyrak, go‘sht, baliq, tuxum.
1-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin