11
Mehnatga qobiliyatli bo‘lgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan aholi. Ular bajaradigan mehnatning jadalligi
bo‘yicha jinsni hisobga olgan holda 5 ta kasbiy guruhga bo‘linadilar. Har bir mehnat guruhning o‘zi aholini
yosh ko‘rsatkichlari bo‘yicha yana 3 ta guruhga -18-29 yosh, 30 -39 yosh va 40-60 yoshdagi aholi guruhiga
bo‘linadilar;
1 guruh: deyarli aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar (korxona va muassasa rahbarlari, pedagoglar, ilmiy
xodimlar, ayrim turdagi tibbiy xodimlar)
2 guruh; yengil jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar (injener-texnik xodimlar, avtomatlashtirilgan
korxona ishchilari, tikuvchilar, aloqa xodimlari, hamshiralar, sanitarkalar va b.q.)
3 guruh; o‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar (stanoklarda ishlovchilar, slesarlar,
kimyoviy korxona ishchilari, to‘qimachilik korxonalari ishchilari, haydovchilar, jarrohlar, oziq-ovqat
do‘konlari sotuvchilari)
4 guruh; og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar (quruvchilar, qishloq xo‘jaligidagi ishchi va
xizmatchilar, mexanizatorlar, neft va gaz sanoati korxonalari ishchilari, metallurglar)
5 guruh; faqat erkaklar uchun bo‘lib, o‘ta og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarni o‘z ichiga oladi
(yer osti konlarida ishlovchilar, g‘isht teruvchilar, yuk tashuvchilar, beton quyuvchilar, yer qazuvchilar va h.k)
Mehnatga qobiliyatli erkaklar uchun ovqatlanishning kunlik energetik qiymati 2100 kkal-dan (1guruh: 40-59
yoshlilar) 4200 kkal gachadir. Ayollar uchun esa 1800 kkal dan (1 guruhdagi 40-59 yoshlilar) 3050 kkal (4
guruhdagi 18-29 yoshlilar) gachadir.
Homilador ayollar uchun ovqat ratsionining energetik qiymatiga qo‘shimcha tarzda 350 kkal qo‘shish va
emizikli ayollar uchun esa asosiy ovqat ratsioniga qo‘shimcha tarzda 450-500 kkal qo‘shish tavsiya etilgan.
Keksalar uchun agar ularning yoshi 60-75 atrofida bo‘lsa kunlik ovqat ratsionining energetik qiymatini
5% ga kamaytirish, 75 yoshdan o‘tganlar uchun 10-15% ga pasaytirish tavsiya etiladi.
Fiziologik ovqatlanish me’yorlari faqat gigienik ahamiyatga ega bo‘lmay, balki ijtimoiy ahamiyatga ham
egadir, chunki ularning " iste’mol xaltachasini" hisoblash uchun muhimdir.
O‘zR da 1991-2001 yilga qadar ovqatlanish me’yorlariga bo‘lgan talablar uch marotaba ko‘rib chiqildi:
1995 yilda ishlab chiqilgan me’yorlar inson organizmining ovqat mahsulotlariga bo‘lgan eng minimal
ehtiyojini va energiya sarfini qoplay oladigan darajada deb belgilandi.
1998 yildagi me’yoriy talablar esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ehtiyojini biroz yuqoriroq darajada
belgiladi. Hozirgi kunda O‘zR-da 2001 yildagi (SanQvaM-0105-01) "O‘zbekiston Respublikasi aholisining
mehnat faoliyati va yoshiga muvofiq bir kunlik ovqatlanishning fiziologik me’yorlari" asosida ish
yuritilmoqda. Ushbu me’yoriy hujjat aholini ratsional ovqatlanishiga bo‘lgan gigienik ta’minotini belgilab
beradi. SanQvaM-0105-01 hujjatda: ishga layoqatsiz bo‘lgan aholi (bolalar va o‘smirlar guruhi, ular o‘z
navbatida 4 ta kichik guruhlarga bo‘linadi, ishga layoqatsiz erkaklar va homilador hamda emizikli ayollar,
nafaqaxo‘rlar);
1,2,3,4 guruhdagi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan aholini oqilona ovqatlanishini belgilovchi guruhdir.
Dostları ilə paylaş: