8
Kirish
Aholini sifati va tarkibi jithatidan xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash O’zbekiston
Respublikasida davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasida 2019-yilda go’sht va sut
mahsulotlari yetishtirishni 30-35% ga,baliq yetishtirishni 40-45% ga ,shakar va un mahsulotlari yetishtirishni
47% ga ko’paytirish bo’yicha reja ishlab chiqilgan.Oliy majlis qonunchilik palatasi yig’ilishi 2019-yil 15-
yanvar.Shuning bilan bir qatorda yarim tayyor mahsulotlar konsentratlar kulinariya mahsulotlari ishlab
chiqarish ortqali aholini uy sharoitida ovqat tayyorlash vaqtini qisqartirishga erishish masalasi vazifa qilib
belgilangan.Yaqin kelajakda umumiy ovqatlanish savdo tarmoqlari va oziq-ovqat ishlab chiqarish
korxonalarini kengaytirish ,aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qayta imkoniyat
yaratadi.Respublikamiz aholisini yil davomida ho’l mevalar bilan ta’minlash,bozorlarda bu mahsulotlarning
mo’l ko’lchiligini ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan 2018-yil 29-noyabrda “Meva –
sabzavot yetishtirishni rag’batlantirish to’g’risi”da PQ -2903 qarorlari qabul qilinib Respublikamizda
sabzavotlar yetishtirishning yopiq usuli (issiqxonalar) joriy qilindi. Natijada, Respublikda sabzavot
yetishtirish 2018-yil 2017-yilga qaraganda 48% ga ko’paydi.Aholini go’sht va go’sht mahsulotlari, sut va sut
mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada ko’paytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 18-martdagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirishni va qo’llab quvvatlash to’g’risi”da PQ-4243
qarori buning natijasida Respublikada yirik shoxli chorva mollari soni 29% ga ko’paydi. Respublikamizda
rarrandachilik tarmog’ini rivojlantirish aholini parranda go’shti tuxum bilan ta’minlashga juda katta e’tibor
berilmoqda.Ayniqsa Respublikamiz Prizidentining 2018-yil 15-noyabrda “Parrandachilikni rivojlantirish
bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar to’g’risi”da PQ-4015 sonli qarori qabul qilinganligi ushbu sohani tubdan
yaxshilashga dasturi amal va turtki bo’ldi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda sanoat ishlab chiqarish darajasida
oqsillar, vitaminlar,aminokislotalar, bolalar jamoalari uchun gidrolizatlar va biologik faol moddalar bilan
boyitilgan mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.Shuni alohida ta’kidlash joizki oziq-ovqat
mahsulotlarining mo’l- ko’lchiligini ta’minlash bilan bir qatorda aholini sog’lom va belgilangan me’yorda
ovqatlantirishni ta’minlash, ular ongiga sog’lom turmush tarzini singdirish o’ta muhim va dolzarb
hisoblanadi.Aholini ratsional ovqatlanishini tashkil etish ularning ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlash.Xalq shaxsan o’sib kelayotgan yosh avlodning salomatligi garovidir.
Ovqatlanishning
ijtimoiy omil sifatida ahamiyati. Ovqatlanishning salomatlik ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi.
O‘zbekiston Respublikasi aholisining hozirgi zamondagi ovqatlanish holatining tavsifi. Alimentar-bog‘liq
kasalliklar va bizning respublikamizda dolzarb holatlar. Alimentar tanqislikning klinik ko‘rinishlari.
Aholining ovqatlanishini biologik faol moddalar bilan maqsadli boyitish masalalari. Zamonaviy ekologik
sharoitlarda ovqatlanishni ratsionallashtirish imkoniyati. Aholining ovqatlanishini ratsionallashtirish
masallarini ychimini topishda UASH vazifalari.
Maqsadimiz talabalarga aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyatini tushuntirish, O‘zRda eng
muhim va dolzarb alimentar–bog‘liq kasalliklar va ularning profilaktikasi bilan tanishtirish. Talabalar diqqat-
e’tiborini UASH ning aholi bilan ishlashda ovqat etishmovchiligi simptomlarini hisobga olish zaruriyatiga
qaratish. Ma’ruzada ovqatlanish omili - inson salomatligini belgilovchi muhim omillardan ekanligi ko‘rilgan.
O‘zRda so‘nggi yillardagi ilmiy tadkikotlar ma’lumotlari bo‘yicha aholining ovqatlanishning zamonaviy
xolatiga tavsif berilgan, ovqat etishmovchiligining eng dolzarb ko‘rinishlari ajratib berilgan. O‘zR asosiy
alimentar bog‘lik kasalliklar profilaktikasi ko‘rsatilgan: temir tanqisligi, yod tansikligi, himoya
hususiyatlarining pasayishi Ovqat etishmovchiligining JSST tavsiyalariga muvofiq ahamiyatlari hagida
tushunchalar berilgan aholi o‘rtasida bunday simptomlari aynigsa, tashkillashtirilgan guruhlarni aniglash
zarurligi ta’kidlangan. Zamonaviy ekologik sharoitlarida ovqatlanishni ratsionallashtirishning muammolari va
imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: