9
I bob. OVQATLANISHNING SALOMATLIK OMILI EKANLIGI
1. Ovqatlanish muammosining ijtimoy-gigienik roli, uning O‘z R uchun o‘ziga xosligi.
Ovqatlanish salomatlik holatini belgilovchi muhim omillardan biri bo‘lib, u har bir shaxsning va
umuman olganda butun aholining salomatlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Har qanday tirik organizmda doimiy
tarzda assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari kuzatiladi va agar organizmda oziq kimyoviy moddalarning
ovqat orqali iste’mol qilinmasligi hamda oksidlanish - qaytarilish jarayonlari kuzatilmasa assimilyasiya
jarayoni izdan chiqadi. Natijada organizmni energiya bilan ta’minlash va organizmda ro’y beradigan barcha
hayotiy jarayonlarni ta’minlovchi asosiy oziq moddalar - oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, vitaminlar va mineral
tuzlarga bo‘lgan tanqislik yuzaga keladi. Shuning uchun inson organizmi muntazam tarzda sifatli ovqatlanib
turishi zarur. Insonning yashash umri davomida (o‘rtacha 70 yillik umr mobaynida. odam o‘rta hisobda 2,5
tonna oqsil, 3 tonna yog‘ mahsulotlari, 10 tonna karbonsuv va 250 kg osh tuzini iste’mol qiladi. Odam
organizmiga oziq moddalarning tushib turishi uning hayotiy faoliyatini ta’minlabgina qolmay, balki sezilarli
darajada odamning salomatligini ham belgilab beradi. Ma’lumki, aholining salomatlik ko‘rsatkichlari ularning
ovqatlanish tarzi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ovqatlanish sifatiga ayniqsa bolalar va o‘smirlarning jismoniy
rivojlanish ko‘rsatkichlari, mehnatga layoqatli aholining mehnat qobiliyati, tashqi muhitning salbiy
taassurotlariga qarshi ko‘rashish qobiliyati, aholining umumiy kasalllanish darajasi, o‘rtacha umr ko‘rish
davomiyligiga bevosita bog‘liqdir. Noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida ko‘pgina kasalliklarning kechishi og‘irroq
shaklda o‘tadi, ularning surunkali shaklga o‘tishi tezlashadi, sog‘ayish muddati uzayib ketadi.
Aholini ovqatlanish muammosi faqat gigienik muammo bo‘lib qolmay, balki ko‘proq darajada ijtimoiy
muammodir, chunki aholini ovqatlanish sifati har bir davlatning rivojlanganlik darajasi, oziq-ovqatlar uchun
ajratiladigan mablag‘ miqdori bilan belgilanadi. Ovqatlanish muammosi har bir davlatning iqtisodiy holati va
boshqa davlatlar bilan qiladigan iqtisodiy munosabatlari, har bir davlatning ijtimoiy siyosati, mehnat resurslari
va mehnat qiluvchi potensialiga bog‘liqdir.
Aholini ovqatlantirish muammosi juda ko‘p davlatlarda aholi soniga bog‘liq tarzda tashkil qilinadi.
Aholining soni bo‘yicha ovqatlanish muammolarini hal etuvchi Xalqaro konferensiyada (Qohira, 1994 yil)
ta’kidlanganidek, aholini boshqarib bo‘lmaydigan darajada o‘sib borishi aholi o‘rtasida ijtimoiy tanglik,
ijtimoiy munosabatlarning taranglashuviga, shu jumladan aholi o‘rtasida ovqatlanish muammosi bilan bog‘liq
bo‘lgan munosabatlarning keskinlashuviga sababchi bo‘lishi mumkin.
Sobiq Ittifoq hududidagi aholining ijtimoiy tarkibi va ular o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning
keskinlashuvi Ittifoqning parchalanib ketishi vaqtidan boshlangan bo‘lib, aholining kundalik turmushidagi
turli ko‘rinishlarda va ayniqsa, ovqatlanish sifatidagi o‘zgarishlarda ko‘proq darajada o‘z aksini topdi.
Oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarning uzilishi, yangi iqtisodiy
munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan va shak - shubhasiz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
iqtisodiy tanglik Birlashgan Hamdo‘stlik Davlatlaridagi juda ko‘p aholining turmush darajasini
yomonlashishiga olib keldi, buning natijasida 1993 yilning o‘zidayoq tadqiqotchilarning olgan ma’lumotlariga
ko‘ra oqilona ovqatlanmaslik natijasida aholining salomatlik ko‘rsatkichlari va yoshlar o‘rtasidagi jismoniy
rivojlanish ko‘rsatkichlarida negativ o‘zgarishlar yuzaga kelganligi haqidagi ma’lumotlar berila boshlandi.
Masalan, Rossiyaning ayrim hududlarida iste’qomat qiluvchi aholini ovqatlanish holatini tekshirib,
V.Spirichev (1993-y) ommaviy avitaminozning keskin oshganligini ma’lum qildi, shu bilan birga
gipovitaminoz holati aholining hamma kategoriyasi o‘rtasida birdek ko‘tarilganligi va yilning barcha
fasllarida kuzatilishini, hamda ayniqsa, poligipovitaminoz holatining o‘ziga xos shakllarini yuzaga
kelganligini aytadi.
Bizning Respublikada aholining ovqatlanish muammolari o‘ziga xos xususiyatlariga egadir. Aholining
ovqatlanishiga doir masalalar bo‘yicha bilimdonlik darajasi juda past holatda, oqilona va to‘g‘ri ovqatlanishga
doir elementlarni ko‘pchilik bilgan taqdirda ham unga e’tibor qaratmaydi. Aholining ko‘pchilik qismi sifatli
ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanish imkoniyatiga ega emas, bunday imkoniyatga ega bo‘lgan aholi
ham to‘g‘ri ovqatlanish talablarini to‘liq bajarmaydi. Bugungi kunga kelib ovqat mahsulotlarining sifat
ko‘rsatkichlarini gigienik nazorati sezilarli darajada pasaygan. (Boykulov A.A., 2003). Yana shuni aytish
lozimki, hozirgi kunda chekka qishloqlarda yashovchi aholining ovqatlanish holatini ham ko‘ngildagidek deb
bo‘lmaydi, buning sababi ovqat assortimentlarining kamligi, ovqatlanish sifatining pastligidir.
Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklar hisobiga esa, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi aholi o‘rtasida,
ayniqsa, ayollar o‘rtasida (90 foizdan ortiq holatlarda. temir tanqisligi anemiyasi, aholining 60-73 % da yod
10
tanqislik holatlari, qishloq sharoitida yashovchi bolalarning deyarli 35% da gipotrofiya va raxit kasalliklari,
hamda juda ko‘p holatlarda sil kasalliklarini o‘sib borayotganligi achinarli holdir.
Ushbu muammolarni yechishda, albatta, Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy krezislarni hal etish bilan
ahvol yaxshilanib qoladi,- deb aytolmaymiz. Buning uchun aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib
borishimiz lozim, ya’ni to‘g‘ri ovqatlanish, vaqtida ovqatlanish, sifatli ovqatlanishga e’tibor berish bilan bir
qatorda, o‘zimizda hamda chet davlatlarda chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlar sifatini mutasaddi
tashkilotlar tomonidan to‘liq va sifatli tekshirilishini, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilinadigan
bozorlarda, rastalardagi tozalikka va gigienik tartiblarga rioya qilinishini qattiq nazorat qilishimiz lozim. Shu
bilan bir qatorda gigienik normativlar ishlab chiqilayotgan vaqtda Respublikamizning iqlimini, milliy
an’analarini ham hisobga olish talab etiladi. Respublikada 2006 yildan amalga oshirila boshlangan
«O‘zbekiston aholisi o‘rtasida 2010 yilga qadar oqilona va to‘g‘ri ovqatlanish amalga oshirish» rejasi
quyidagi asosiy uchta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan:
-Aholining salomatlik holatiga qarab ovqatlanishni to‘g‘ri tashkillashtirish;
-Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligini ta’minlash;
-Aholini xavfsiz bo‘lgan mahsulotlar bilan ta’minlashni uzviyligini saqlash.
Dostları ilə paylaş: |