To`g’ri ovqatlanish uchun tavsiya etiladigan mahsulotlar ro`yxati:
• Go`sht (tovuq go`shti, mol go`shti, buzoq go`shti), yog’siz baliq (ba'zida seld, kilka ham mumkin),
tuxum (tovuq, bedana tuxumi).
• Kefir (yog’siz qatiq), ryajenka (qizaribroq ivigan qatiq), yogurt, sut, tvorog, pishloq, sariyog’, 10 foizli
qaymoq, smetana.
• Suli yormasi, marjumak (grechka), so`k (psheno), perlovka, makaronlar (bug’doyning qattiq
navlaridan), guruch, no`xat, loviya, yasmiq (chechevisa), non (butun donli bug’doydan), parhez noni (qora,
xamirturushsiz, kepakli).
• Sabzavotlar: pomidor, bodring, karam (oq karam, gulkaram, brokkoli), bulg’or qalampiri, lavlagi,
qovoqcha, baqlajon, sabzi, qovoq, kartoshka, turp, rediska, piyoz.
• Mevalar: olma, xurmo, nok, anjir, shaftoli, olxo`ri, banan, sitrus mevalar, avokado.
• Ko`katlar: ismaloq, shivit (ukrop), petrushka, selderey, salat barglari, rayhon, ko`k piyoz va sarimsoq
piyoz.
• Yong’oqlar (yong’oq, bodom, yer yong’oq), qovoq urug’i, quruq mevalar (xurmo (finik), bargak,
mayiz, qora olxo`ri), asal,steviya.
• Haftalik taomnoma (slesh orqali taomlarning variantlari ko`rsatilgan, tanlash ixtiyori o`zingizda)
«Ratsional ovqatlanish» deganda, mazali, to`yimli, yuqori kaloriyali taomlarni iste'mol qilishni nazarda
tutadilar. Ayrim kishilar tartibsiz, ovqatlanish ritmiga amal qilmasdan (erta nahorda yoki kechqurun yotishdan
oldin) taom iste'mol qiladilar. Lekin yuqoridagidan farqli o`laroq iste'mol qilinadigan taomlar organizm
tiklanishini ta'minlasa, yo`qotilgan energiyaga bo`lgan talabni qondirsa, tarkibida zarur darajada oqsillar,
yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mikro – makroelementlar, o`simlik tolalari saqlasa hamda oziq – ovqatlar va
20
ularning tarkibi, miqdori oshqozon – ichak tizimi fermentlari faolligi bilan mos kelsa ratsional ovqatlanish
deb ataladi. Bir so`z bilan aytganda, iste'mol qilindigan oziq – ovqatlar insonning real ehtiyojlariga mos
kelishi lozim. Ratsional so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, keng ma'noni anglatadi va ovqat iste'mol qilishda
maqsadga muvofiq, oqilona yoki mutanosib degan fikrlarni anglatadi. Hozirgi vaqtda ratsional ovqatlanish
nazariyasi negizida taom iste'mol qilishni mutanosib ovqatlanish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Unga asosan
iste'mol qilinayotgan oziq – ovqatlar tarkibida inson uchun zarur darajadagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar,
vitaminlar, mineral moddalar va suv bo`lishi kerak. Bunday yondashishning asosiy mohiyati har bir kishi
sarflaydigan energiya organizmga tushayotgan quvvatga mos kelishidan, ovqat tarkibidagi moddalarni o`zaro
mutanosibligidan, ovqatlanishni ma'lum son va oraliqda bo`lishidan iborat. Ushbu konsepsiyani quyidagi
uchta qoidasi tafovut etiladi: Organizm tomonidan qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiyani hisoblash
va u yoki bu taomning tarkibiy qismi qancha quvvatga ega ekanligini bilish. Har bir kishining bir kunda
sarflayotgan energiyasi asosiy almashinuv, ovqatning spesifik - dinamik ta'siri va faoliyat turi majmuasidan
iborat. Asosiy almashinuv quvvati – bu insonning jismoniy tinch holatda (masalan, uyquda) hayotiy muhim
jarayonlari (hujayralarda modda almashinuvi, nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazm bơlishi, asab tizimi) va
mushaklar tonusini qo`llab – quvvatlash uchun zarur bơlgan energiya. U inson jinsi, bo`yi, tana vazni va
tuzilishi, yoshi, ichki a'zolardagi gormonlar muvozanati hamda boshqa qator omillarga bog’liq.
Shuningdek, asosiy almashinuv uchun zarur bo`lgan energiyaga yil fasli, iqlim ham sezilarli ta'sir
ko`rsatadi. Tinch holatda organizm ehtiyoji uchun zarur bo`lgan quvvat tana mushaklari og’irligi va yog’
to`qimalari miqdori bilan ham uzviy bog’liq. Erkaklarda asosiy almashinuv ko`rsatkichi ayollarga nisbatan 10
% ko`proq. Shuningdek, ularda tana vaznining 1 kg ga 1 soatda bir kkal energiya sarf etilsa, ayollarda bu
ko`rsatkich 0,9 kkal ga teng. Ma'lumki, yosh ulg’ayib borgan sari insonda mushaklar kichrayishi kuzatiladi.
Binobarin, unga mos ravishda asosiy almashinuv ko`rsatkichi ham kamayib boradi. Sovuq iqlim sharoitlarida
va yuqori harorat bilan kechadigan ayrim kasalliklarda asosiy almashinuv ko`rsatkichlari bir muncha yuqori
bo`lishini (tana haroratini 10 ga oshishi energiyaga bơlgan talabni 10 – 15 % ga ko`taradi) esda tutish lozim.
Ovqatning spesifik - dinamik ta'siri – bu oziq – ovqatlarni organizmga singishi uchun sarflanadigan quvvat.
Uning eng ko`pi (30 – 40 %) oqsillarni undan so`ng yog’larni (4 – 14 %) va nihoyat uglevodlarni (4 – 7 %)
o`zlashtirish uchun sarflanadi. Turli xil oziq – ovqatlar ya'ni aralash tarkibli taom iste'mol qilganda asosiy
almashinuv ko`rsatkichi 10 % ni tashkil etadi. Tibbiyotda boshqariladigan quvvat sarflash iborasi mavjud
21
bo`lib, bu jismoniy faollik natijasida yo`qotiladigan energiya hisoblanadi va 40 % ni tashkil etadi. Har bir
insonning bir kecha – kunduzlik sarflaydigan energiyasidan kelib chiqib qabul qilinayotgan va sarflanayotgan
energiya miqdoriga qarab ovqat ratsionini tuzish mumkin. Biz iste'mol qilayotgan ovqat mahsulotlari
tarkibidagi bir gramm oqsil va uglevodlarning har biridan 4 kkal, yog’lardan esa 9 kkal energiya hosil bo`ladi.
Har bir kishining asosiy almashinuv quvvati va ovqat mahsulotlaridan hosil bo`lgan energiyani bilgan holda
qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiyani aniqlash hamda unga mos ravishda ovqat ratsionini tuzish
mumkin. Bunday yondashish ovqatlanish konsepsiyasining qoidasiga javob beradi. Muvozanatlashtirilgan
ovqatlanish. Iste'mol qilinadigan oziq – ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral
moddalar va suvning bir – biriga mutanosib (optimal) ravishda bo`lishi ovqatlanish konsepsiyasining ikkinchi
qoidasi hisoblanadi. Ovqatlanish tartibini muvofiqlashtirish ushbu konsepsiyaning uchinchi qoidasi
hisoblanib, o`z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Muntazam ovqatlanish; Ovqatlanishni kun davomida
taqsimlash; Ovqatlanishlar soni va ular orasidagi vaqtlarn muvofiqlashtirish. Buning uchun quyidagilarga
amal qilish tavsiya etiladi: Ovqatni kunning ma'lum vaqtida iste'mol qilish – bu shartli reflekslar hosil
bo`lishiga imkon yaratadi hamda o`z navbatida organizmni ovqat qabul qilishga tayyorlaydi. Nonushta va
tushlik, tushlik va kechki ovqatlar oralig’idagi vaqt 5 – 6 soatni tashkil etishi, mabodo uyqudan oldin
ovqatlanish ishtiyoqi bo`lsa kamida 1,5 – 2 soat oldin taom qabul qilish kerak. Kunda 4 marotaba ovqatlanish
- uning taxminan 25 % birinchi nonushtaga, 15 % ikkinchi nonushtaga, 35 % tushlikka, 25 % kechki ovqatga
to`g’ri kelishi lozim. Kunda 5 yoki 6 marotaba ovqatlanishda mos ravishda ko`proq taom ertalablari va tushda
kamroq qismi kechki ovqatga to`g’ri kelishi kerak. Ovqatlanganda uning takribiy qismiga e'tibor berish juda
muhim. Oqsilga boy oziq – ovqatlar asab tizimi qo`zg’aluvchanligini oshirganligi sababli ularni kunning
birinchi yarmida ya'ni inson faol harakatda bo`lgan davrda iste'mol qilish ma'qul. Aks holda uyquni qochiradi
yoki chuqur uyqu holati yuzaga kelishiga to`sqinlik qiladi. Kechki ovqat kunlik ovqatlanishni kơp qismini
tashkil etganda yog’larning oksidlanishi to`liq kuzatilmay semirishga moyillikni keltirib chiqaradi. Dunyodagi
yetakchi ilmiy markazlarda olib borilgan kuzatuvlarda hayvon yog’idan va yuqori sifatli un mahsulotlaridan
tayyorlangan taomlar hamda shirinliklarni me'yoridan ortiq tanovvul qilish, ovqatlanish tartibi va ritmiga amal
qilmaslik oziq – ovqatlarning asosiy tarkibiy qismlari o`rtasidagi muvozanatni buzilishiga va oqibatda
semizlik, yurak qon – tomir hamda boshqa qator a'zolar kasalliklar kelib chiqishiga olib kelishi
tasdiqlanmoqda. Chunki ular qonda xolesterin (yog’simon zarrachalar) miqdorini oshishi, qon bosimini
ko`tarilishi, miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi yoki ishemik insul t (bosh miya va bơyin tomirlarida
yog’lar o`tirib qolishi oqibatida unda qon aylanishining o`tkir buzilishi), qandli diabetga moyillik
tug’ilishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Shu o`rinda aholi orasida tana vazni og’ir ya'ni semiz
kishilarning tobora kơpayib borayotganligi tashvishli bir holdir. Bu nafaqat bizning respublikamizda balki
butun dunyo aholisi orasida ham kuzatilmoqda. Turli manbalardan olingan ma'lumotlarga ko`ra, yer
kurrasining 25 foiz, 40 yoshdan keyin esa 50 - 60 foiz aholisida ushbu jarayon qayd etilmoqda. Semizlik
so`nggi yillarda tobora ko`proq o`smirlar orasida ham uchramoqda. Amerika Qo`shma Shtatlarida 35 foiz,
Evropada esa 20 foizdan ortiq yoshlar ortiqcha tana vazniga ega. Ilmiy tadqiqotlarga ko`ra, agar tegishli
chora – tadbirlar ko`rilmasa 2025 yilga borib semizlikka chalinganlar soni ikki barobarga ko`payishi mumkin.
Shuning uchun har bir kishi imkon qadar jismoniy faol bo`lishga va ratsional ovqatlanishga intilmog’i lozim.
22
Semizlikning salomatlikka salbiy ta'sirini uzoq o`tmishda ham yaxshi bilishgan. Tibbiyotning otasi
Gippokrat tomonidan “To`satdan o`lim oriq kishilarga nisbatan semizlarga ko`proq xos”, degan ibora
miloddan oldingi to`rt yuzinchi yillarda aytilgan. Semizlik nafaqat insonlarning hayot sifati va uning
davomiyligiga ta'sir ko`rsatadi, balki turli og’ir kasalliklarning kelib chiqishiga ham sabab bơladi. Semiz
kishilarda yuqori qon bosimi, tomirlarga yog’ pilakchalari o`tirib qolishi va yurak ishemik kasalligi 2 - 4
marta ko`proq uchraydi. Qandli diabetning kơproq 40 yoshdan oshgan insonlarda kuzatiladigan ikkinchi turi
85 - 90 foiz hollarda ortiqcha tana vazniga ega bo`lganlarda rivojlanadi. Semizlikning yengil darajasida qandli
diabet yuzaga kelish ehtimoli 3 marta, ơrta og’irlik darajasida 5 marta, o`ta semiz kishilarda esa 10 martaga
oshadi. Boshqacha qilib aytganda, ortiqcha tana vazniga ega bơlgan kishilarda qandli diabetning ikkinchi turi
bilan kasallanish ehtimoli juda yuqori. Bundan tashqari semizlik bo`g’im, jigar, ruhiy holatning o`zgarishi,
venalarning varikoz kengayishi va boshqa kasalliklarning asosiy sababchilaridan biridir. Semizlikning inson
organizmiga salbiy ta'sirini quyidagi oddiy bir o`xshatish yordamida bilish mumkin. Ma'lumki, har bir
mashinaning tanasiga mos quvvatdagi motori bor. Jussasi kattaroq mashinaga kichkina mashinaga moslab
chiqarilgan motorni qo`yish mumkin emas. Masalan, “nexiya”ga “matiz”ning motori qo`yilsa, nima bo`lishini
hammamiz yaxshi bilamiz. Qolaversa, semiz insonning yuragi ham xuddi “neksiya”ga qo`yilgan “matiz”ning
motori singari zo`riqib, qiynalib, ortiqcha kuch va chiranish bilan ishlaydi. Bu oqibatda organizmning tez
charchashiga hamda turli kasalliklarga sabab bo`ladi. Hazrati Navoiy bobomiz va yana boshqa ko`plab
allomalarimiz kam yyeyish, kam gapirish, kam kulish kabi fazilatlarni ko`p targ’ib etishgan. Hatto ba'zi
ơrinlarda “Oldiga kelganni yemak – hayvonning ishi, og’ziga kelganni demak – nodonning ishi”, deya
qattiqroq tegishganlar ham. Albatta, bu gaplar aslo bejizga aytilgan emas. Chunki ko`p yyeyish nafaqat
insonni salomatligiga salbiy ta'sir etadi, balki aqliy va ma'naviy tarafdan zaiflashtiradi ham. Tơg’ri, bo`sh qop
tik turmaydi, deganlaridek,y yeyish, ichish kerak. Bu tiriklik talabi. Ammo uning tartibi, me'yori bor. Bu
xususida hammamiz yaxshi biladigan, ammo ko`p ham amal qilmaydigan o`gitni yana bir eslaylik: nonushtani
o`zing ye, tushlikni do`sting bilan baham ko`r, kechki ovqatni dushmaningga ber degan iborani doimo yodda
saqlashimiz kerak. Yuqorida bayon etilganlardan ko`rinib turibdiki, iste'mol qilinayotgan oziq - ovqat sifati,
turi, miqdori, o`z vaqtida va ma'lum bir me'yorda ovqatlanish, inson to`laqonli hayot kechirishi uchun muhim
omillardan biri hisoblanadi. Binobarin, shunday ekan u inson ish qobiliyatiga, hayot sifati va davomiyligiga
ham sezilarli ta'sir ko`rsatadi. Mustaqillik yillarida Respublikamizda ilm - fan hamda texnikaning misli
kơrilmagan darajada rivojlanishi, turmush farovonligining oshib borishi, asosiy xizmatlarni texnika
zimmasiga yuklatilishi natijasida yuqorida ta'kidlaganimizdek aholi orasida nafaqat semiz, balki kamharakat
insonlar soni ham tobora ko`payib borishiga olib kelmoqda. Aksariyat hollarda semizlik, yurak qon - tomir,
23
shu jumladan, yurak ishemik kasalligi yuzaga kelishida jismoniy faollikning pastligi va kamharakatlik asosiy
sabablardan biri hisoblanadi. Aksincha, muntazam ravishda jismoniy faol hayot kechirish salomatlikka
quyidagicha ijobiy ta'sir kơrsatadi: Yurak qon - tomir faoliyatini mo`tadillashtiradi va uning kasalliklari
paydo bo`lishining oldini oladi; Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish sistolik (yuqori) va
diastolik (pastki) qon bosimini 5 - 10 mm simob ustuniga pasaytiradi; Qonda yog’ almashinuviga ijobiy ta'sir
etadi va yurak kasalliklariga olib keluvchi xolesterin miqdorini kamaytiradi; Organizmni energiyaga bo`lgan
talabi va uning sarflanishini me'yorlashtiradi; Kayfiyatni ko`taradi va umumiy ahvolni yaxshilaydi;
Uglevodlarga bo`lgan (qandli diabet paydo bo`lishiga) chidamlilikni oshiradi; Semirish, suyak - mushak
kasalliklari va o`smalar paydo bo`lish xavfini kamaytiradi. Har bir inson sog’lom turmush tarzi va ratsional
ovqatlanish tamoyillariga amal qilgan holda qator og’ir kasalliklarning oldini olishi mumkin. Haqiqatdan ham,
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining so`nggi ma'lumotlariga ko`ra, inson salomatligi va uzoq umr ko`rishi
10 foiz hollarda tibbiyotga, 20 foiz hollarda uning nasliga, 20 foiz hollarda tashqi ta'sirlarga (ekologik,
iqtisodiy va boshqalar), 50 foiz hollarda esa, uning hayot tarzi va odatlariga (jismoniy faollik, chekish, spirtli
ichimliklrni suiste'mol qilish, ortiqcha tana vazni va boshqalar) shu jumladan ovqatlanish tartibiga bog’liq.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab xalq xo`jaligining turli sohalarida, jumladan,
aholi salomatligini mustahkamlash borasida ham Respublikamiz Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov
tomonidan chiqarilgan farmon va qarorlarga asosan tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Qator farmon va
qarorlar sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish hamda aholi o`rtasida sog’lom turmush tarzi va uning
negizlaridan birini tashkil etuvchi ratsional ovqatlanishni keng targ’ib qilishga qaratilgan. Oziq - ovqat
mahsulotlari organizmimizni mo’tadil darajada ushlab turuvchi manba (yoqilg’i) hisoblanadi. Ammo, biz bu
manbadan ko’r – ko’rona emas, balki ongli va ilmiy asoslangan holda foydalanishimiz kerak. Bu barcha
yoshdagi aholi uchun juda zarur. Demak, to’laqonli hayot kechirishi uchun har bir inson ratsional
ovqatlanishga amal qilgan holda o’z vaqtida, me'yorida va yoshga mos ravishda ovqatlanishi muhim
ahamiyatga ega. Inson yoshi ulg’ayib borgan sari jismoniy harakatlar, ovqatlanish va kun tartibi bir so’z bilan
aytganda sog’lom turmush tarzi olib borish ham unga mos ravishda bir muncha ơzgarishi lozim. Shu o’rinda,
qarish tabiiy jarayon va biologik qonuniyat ekanligini ta'kidlab o’tmoqchimiz. Uning natijasida organizmdagi
bir qator fiziologik va biokimyoviy reaksiyalarning sustlashishi, tashqi ta'sir omillariga chidamlilikning
pasayishi hamda organizmning barcha tizimlarida kuchsizlanish kuzatiladi.
24
Bundan tashqari yosh o’tib borgan sari jag’ va tishlardagi o’zgarishlar ovqat luqmasini chaynashni
qiyinlashtiradi, kasallanishga moyillik tug’ilib ba'zi kishilarda bir vaqtning o’zida bir necha a'zo va tizimlarda
turli xil xastaliklar yuzaga keladi. Shuning uchun mahsulotlarni tanlash va taom tayyorlashda bularning
barchasini e'tiborga olish lozim. Binobarin, shunday ekan ularning ovqatlanish tartibi hamda uning tarkibi
yoshlarnikidan bir muncha farq qiladi. Bularning barchasi tibbiyot asoschisi Gippokratning «Iste'mol
qilayotgan taomingiz dori vazifasini ơtasin, doringiz taomdan iborat bo’lsin» deb ta'kidlagan so’zlariga amal
qilish lozimligini tasdiqlaydi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, tibbiy nuqtai nazardan kunda 4 marotaba va har
kuni bir vaqtda ovqatlanish maqsadga muvofiq. Bunday tartibga amal qilish ozuqalarning yaxshi hazm
bo’lishi uchun imkoniyat yaratadi. Taom qabul qilish miqdori va sonining ko’payishi ovqat hazm qilish
markazi qo’zg’aluvchanligini kamaytiradi va ishtahani susaytiradi. Kunda 4 marotaba ovqatlanganda
taxminan 600 – 700 kkal birinchi nonushtaga, 300 – 400 kkal ikkinchi nonushtaga, 900 – 1000 kkal tushlikka,
600 – 700 kkal kechki ovqatga to’g’ri kelishi lozim. Yoshi 50 dan oshgan kishilar iste'mol qiladigan oziq –
ovqatlarning kaloriyasi 2500 – 2600 dan oshmasligi va yog’ hamda shakar miqdori keskin chegaralanishi
kerak. Shu o’rinda kechki ovqat uyqudan kamida 2 – 3 soat oldin iste'mol qilinishi kerakligini alohida
ta'kidlamoqchimiz. Go’sht va baliqdan tayyorlangan taomlar (shu jumladan, yog’li) asosan ertalab va kunduzi
iste'mol qilinishi lozim. Kechki ovqat tarkibida osh tuzi keskin chegaralanishi, kơproq sutli taomlar bơlishi
maqsadga muvofiq. Chunki ular uyqu vaqtida organizmning fiziologik faolligini o’zgartirmaydi. Ulardan
farqli o’laroq tuzli va go’shtli ovqatlar yurak qon – tomir hamda nafas tizimiga salbiy ta'sir ko’rsatib, qon
bosimini, yurak urish va nafas sonini pasayishi emas, aksincha ko’payishiga olib keladi. Iste'mol qilinadigan
oziq – ovqatlarning tolalarga (qora, quritilgan hamda bir kun oldin pishirilgan non va boshqalar),
vitaminlarga, kaliy va magniy tuzlariga boy bo’lishi hamda taomlarni o’simlik yog’ida tayyorlanishi qon
tomirlarda skleroz rivojlanishiga to’sqinlik qilishini esdan chiqarmaslik kerak. Kunlik taomnomada sabzavot
va mevalardan tayyorlangan salatlar, vinegretlar, karam, pomidor, bodring, qovoq, kabachka, kashnich yetarli
darajada bo’lishi; dukkaklilar ya'ni no’xot, loviya, mosh shuningdek, turli qơziqorinlar chegaralangan
miqdorda ishlatilishi lozim; pishloq va tvorogning ham yog’sizlantirilgan sutdan tayyorlanganlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq. Ichish uchun achchiq bơlmagan choy, meva sharbatlari, o’tli damlamalar
tavsiya etiladi. Bir so’z bilan aytganda ovqat ratsioni turli – tuman bơlishi va ular inson organizmiga ijobiy
ta'sir kơrsatishi qarilik va kasallikka olib keluvchi jarayonlarni to’xtatishi yoki sekinlashtirishi kerak.
Barchamiz oynai jahondagi eshittiruvlarda, o’zaro muloqotlarda va qator boshqa shunga o’xshash holatlarda u
yoki bu kishi shaxsiyati to’g’risida aytilgan ma'daniyatli yoki ma'daniyatsiz inson ekan degan iboralarni
eshitib turamiz. Shu o’rinda ma'daniyatli inson deganda nafaqat, uning odob – axloqi, bilimi, jamiki ijobiy
xususiyatlari shu jumladan, biz yuqorida keltirgan va ratsional ovqatlanish deb atalgan ma'daniyat ham
tushiniladi. Ushbu ma'daniyatni bolalarimiz va yoshlarimizga uni yoshlikdan odob – axloqqa tarbiyalash bilan
bir qatorda muntazam singdirib borish kerak. Buning uchun eng avvalo, ơzimiz ularga o’rnak bo’lishimiz
lozim. Serquyosh Respublikamiz hududida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan barcha dehqonchilik
mahsulotlari ya'ni shirin – shakar mevalar, vitaminlarga boy poliz ekinlari, ko’katlar va boshqa o’simliklar
yetishtiriladi. Ular yilning to’rt faslida ham mehmondo’st xalqimiz dasturxonini bezab turadi.
|