Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


„Ovqatlanish gigiyenasi“ bo‘limiga doir amaliy mashg’ulot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

„Ovqatlanish gigiyenasi“ bo‘limiga doir amaliy mashg’ulot 
Oziq-ovqat mahsulotlarining jadvaldagi kimyoviy tarkibi va kalloriyasiga qarab ovqat xillarining 
nisbatini tuzish va kalloriyasiga qarab ovqat xillarining nisbatini tuzish va kalloriyasiga qarab ovqat 
xillarining nisbatini tuzish Oziq-ovqat ratsionining kalloriyaliligi va to‘yimliligi „taomnoma“ ma’lumotlari 
bo‘yicha butun sutka yoki nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun alohida-alohida hisoblanadi. Hisoblashda 
„Oziq-ovqat mahsulotlari to‘yimlilik qiymatining hisob jadvali“dan foydalanish birmuncha to‘g‘ri bo‘ladi. 
Aytaylik, bir odamga nonushtaga jaydari undan yopilgan 200 g javdar non va 250 g sut berilgan. Jaydari 
undan qolipga solib yopilgan 100 g javdar nondan o‘rtacha 4,69 g oqsil o‘zlashtirilishini jadvaldan topamiz. 
Bu sonni 100 ga bo‘lib, 1 g nondan qancha oqsil o‘zlashtirilishini bilib olamiz, uni 200 ga ko‘paytirsak, 200 g 
nondan o‘zlashtiriladigan oqsil miqdori kelib chiqadi (4,69:100×200=9,38 g oqsil). Nondagi boshqa oziq 
moddalarini ham shunga o‘xshash hisoblab chiqamiz, so‘ngra 250 g suvda o‘zlashtiriladigan to‘yimli 
moddalarni hisoblaymiz. Hammasini jamlab, nonushta paytida o‘zlashtiriladigan oziq moddalarining miqdori 
va kalloriyaliligini topamiz. Tushlik va kechki ovqat uchun ham xuddi shu tartibda hisob qilinadi, barcha 
natijalarni qo‘shib sutkalik ratsionning kalloriyaliligi va oziq moddalar tarkibi topiladi. Sutkalik 


79 
kalloriyalilikni bilib olib, kalloriyalilikni alohida-alohida vaqtda yeyiladigan ovqatga taqsimlab chiqarish 
(foizlarda) mumkin
.
UAShning asosiy vazifalaridan biri ovqatdan zaharlanish hodisalarining oldini olish bo’yicha ishlar va aholi 
orasida oqilona ovqatlanish mahoratlarini shakllantirish, xususan sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol 
qilishga o’rgatish hisoblanadi. Bu ishlar asosan tez buziluvchi ovqat mahsulotlariga taalluqli bo’lib, birinchi 
navbatda sut, sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari hisoblanadi. Bu mahsulotlar ham sog’lom va 
ham bemorlar uchun eng asosiy ovqat mahsulotlari qatoriga kirib, ular muayyan sharoitlarda juda og’ir 
kechadigan ovqatdan zaharlanish hodisalariga sababchi bo’lib qoladi, xususan - konservalar, botulizmning 
kelib chiqishidagi asosiy sababchi mahsulot bo’lib qoladi. 
Inson ovqatlanishi uchun foydalanadigan ovqat mahsulotlari, bu mahsulotlarning to’plami miqdor va sifat 
jihatdan to’la qiymatli, turli tuman va yaxshi ta’m ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Iste’mol qilinadigan 
ovqatlar hayvon mahsulotlari (go’sht, baliq, sut, tuxum) va o’simlik mahsulotlari ( don-dun, sabzavot va 
mevalar)ga bo’linadi. Har qanday ovqat mahsuloti muayyan ovqatli qiymati bilan ta’riflanadi. Mahsulotning 
ovqatli qiymati uning tarkibidagi u yoki bu ko’rinishdagi ozuqali moddalarning miqdoriga bog’liq holda 
o’zgaradi. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi ozuqali moddalarning miqdoriy ko’rsatkichlari organizmning 
ehtiyojini qondira olishi lozim. Ko’pgina ovqat mahsulotlari turli xildagi ozuqali komponentlarni o’z tarkibida 
tutadi. Shuning uchun u yoki bu turdagi mahsulotning ustunligi uning energiya manbai, plastik materialligi, 
vitaminli va mineral moddalarga boyligi bilan ahamiyatlidir.
Hayvon mahsulotlari avvalam bor plastik materiallar manbai, non va yorma mahsulotlari, yog’lar esa 
energetik manba, sabzavot va mevalar bo’lsa, organizmga faol komponentlarning kirish manbai hisoblanadi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari yangi, mikroblar bilan zararlanmagan, ifloslanmagan, tabbiy tarkibi qoniqarli, 
sanitariya qonunlariga zid bo’lmaydigan va taqiqlangan qalbakilashtirish hollari bo’lmasligi, tarkibi mexanik 
qo’shimchalardan holi bo’lishi kerak. 
Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida O’zbekiston respublikasida ovqat 
mahsulotlarini ishlab chiqarish, etishtirish, ularga ishlov berish, ularni tashish, saqlash realizastiya 
jarayonlarining sifatli bo’lishini muntazam nazorat qilish uchun sanitariya-veterinariya nazorati tashkil etilgan 
bo’lib, DSENMxodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatligini aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: 
1. Organoleptik usul – mahsulotning rangi, hidi, ta’mi, tashqi ko’rinishi, konsistenstiyasi aniqlanadi 
2. Fizikaviy usul – mahsulotning harorati, zichligi, namligi aniqlanadi. 
3. Kimiyoviy usul – mahsulotning kimyoviy tarkibi, (rN) muhiti, hamda begona qo’shilmalarning borligi 
aniqlanadi. 
4.Mikroskopik usul – mahsulotning morfologik tuzumini, parazitlarning borligi aniqlanadi. 
5. Bakteriologik usul – mahsulotlarning mikroblar bilan zararlanganlik darajasi va tabiati aniqlanadi.
6. Biologik usul – mahsulotlarning zaharliligi tajriba hayvonlarida o’rganiladi. 
7. Radiometrik usul – mahsulotlarning radioaktiv moddalar bilan zararlanganligi aniqlanadi. 


80 
Ko’rsatma va imkoniyatlarga ko’ra yuqorida ko’rsatilgan usullarning barchasi yoki ulardan ba’zilari 
qo’llaniladi. Eng ko’p organoleptik, fizikaviy va kimyoviy tekshirish usullari qo’llaniladi

Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligini to’liq gigienik baholash DSENM ning sanitar-gigienik 
laboratoriyalarida amalga oshiriladi, ammo ayrim hollarda tez buziluvchi mahsulotlarning sifatliligi DPM 
ning ovqatxonasida ham eng oddiy usullar yordamida tekshirilib, ularning sifatiga baho berilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin