Go’shtni laboratoriyada tekshirish. Tahiil uchun go’sht namunalari olish qoidalari Go’shtni Iaboratoriyada tekshirib ko’rishda uning har bir nimtasi va qismlaridan:
a.
IV—V bo’yin umurtqalari qarshisidan;
b.
kuraklar sohasidagi muskullar oldidan;
d) son muskunarining yo’g’on qismlaridan yaxlit holida har biri kamida 200 g keladigan namunalar olinadi.
Namunalarni sanitariya shifokori yoki uning assistenti oladi ham-da namunalar olinganligi to’g’risida
dalolatnoma va qo’shib yubo-riladigan hujjat tuziladi. Bunda tekshiruvning maqsadi va hajmi, eks-pertiza
sabablari va mahsulot partiyasini ko’zdan kechirilganda olin-gan natijalar albatta ko’rsatib qo’yiladi.
Laboratoriyaga keltirilgan namunalar maxsus jurnalda qayd eti-ladi va darhol tahhl qilib ko’riladi.
Go’shtni organoleptik tekshirish Go’shtni organoleptik tekshirishda tashqi ko’rinishi, qattiq-yum-shoqligi (konsistensiyasi), hidi, yog’ining
holati, paylari, iligiga e'tibor beriladi. Go’sht yuzasining holati paypaslab ko’rib aniqlana-di. Namligi yangi
kesilgan joyiga bir bo’lak filtr qog’ozni bosib aniq-lanadi. Go’sht yangi bo’lsa qog’oz namlanadi. Uchi o’tkir
qilib yo’-nilgan yog’och tayoqcha yoki qizdirilgan pichoqni go’shtning ichiga sanchib chuqur qatlamlaridagi
to’qimalar hidi tayoqcha yoki pichoq-ni go’shtdan chiqarib oUb hidlab ko’rib aniqlanadi. Ro’yirost chirib,
aynib qolgan go’shtni ovqatga ishlatishga yo’l qo’yilmaydi.
Go'shtning yangi emasligini ko’rsatadigan belgilar topilsa uni si-nash uchun qaynatib pishirib ko’riladi.
Sinash uchun qaynatib pishirib ko’rish Kerakli jihozlar: texnologik tarozi va toshlari; suv ham-momi; 100-200 ml li o’lchov silindri; 150-200 ml li
kolba; soat oynasi.
Bir jinsli o’rtacha namuna olish uchun go’sht namunalarining har qaysisini alohida-alohida qilib 3 marta
go’sht qiymalagichdan o’tkaziladi va qiymasi yaxshilab aralashtirilib undan 20 g miqdorida tortib olinadi.
Tortib olingan shu 20 g qiyma 150-200 ml li kolbaga sohnadi va ustiga 60 ml distillangan suv quyilib, kolba
soat oynasi bilan yopiladi, so’ngra 10 minutga suv hammomiga qo’yiladi. Go’shtning hidi qiyma qaynatib
pishirilayotgan kolba ochilganda bug’ paydo bo’lgan paytda aniqlanadi. Sho’rvasining tiniqligini aniqlashda
20 ml sho’rva silindrga quyib olinadi va yorug’ga tutib turib ko’zdan kechiriladi. Eskirib qolgan va yomon
89
sifatli go’sht sho’rvasi loyqa, qo’lansa va chirimsiq hidh, mazasi ham yoqimsiz bo’ladi. Bunday go’sht
veterinariya sanitariya nazorati organlari rux-sati bilan hayvonlarga berish uchun yoki texnik maqsadlar uchun
ishlatnishi murnkin.