85
Aniqlash yo’li:
Tekshiriluvchi go’shtdan 10
gramm kesib olinib, maydalanadi. Yassi tubli kolbaga go’sht
solinada va unga 10ml distillangan suv qo’shiladi, chayqatilib 10 daqiqaga qoldiriladi. Hosil bo’lgan eritma
filtr qog’ozi yordamida filtrlanadi. Olingan filtrga 5 tomchi Nessler reaktivi qo’shiladi. Agar ammiak bo’lsa,
rangi sarg’imtir
tus oladi
BANKALI KONSERVALARNING SIFATLIGINI TEKSHIRISH
Bankali konservalar, konservastiya qilinish turlariga muvofiq haqiqiy konservalar
yoki zahira mahsuloti
sifatida foydalanishga chiqariladi.
Haqiqiy konservalar- germetik berkitilgan idishlardagi sterilizastiyadan o’tkazilgan ovqat mahsulotlaridir.
Prezerv yoki zahira konservalar sterilizastiya qilinmagan mahsulotlardir (kilka, seld). Konservalar go’shtli,
baliqli, sabzavotliyoki mevali bo’lishi mumkin.Konservalarni tekshirish qanday
qadoqlanganidan boshlanadi
(yorliqlarning bor-yo’qligi, qopqoqlardagi maxsus belgilar ni o’qish). Konservalarning tashqi ko’rinishiga
e’tibor berilganda uning tublarining holati yaxshilab kuzatilishi kerak, chunki sifatsiz konserva bankalarining
tublari shishib qoladi. Konserva bankalarining tublarining shishib qolishi bombaj deyiladi.
Bombaj soxta va
chin bo’ladi. Chin bombaj mikrobli va kimyoviy bo’ladi.
1.
Mikrobli (haqiqiy) bombaj – mikroorganizmlarning hayot faoliyatlari natijasida hosil bo’ladigan
gazlar (vodorod sulfid, ammiak, metan, SO
2
) hisobiga bo’lishi mumkin.
2.
Fizikaviy bombaj – bankalarning issiqda saqlash yoki muzlatib qo’yish,
bankalarga mahsulot juda
to’ldirib yuborilganda, bankalarning mexanik tarzda ezilganda tublari shishib qolishi mumkin.
3.
Kimyoviy bombaj – konserva mahsulotilari tarkibidagi nordon (kislota) moddalar bilan banka metall
reakstiyaga kirishish natijasida hosil bo’ladi
Konserva bankalarining sifatliligini quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha tekshiriladi:
Dostları ilə paylaş: