84
Go’sht to’la qiymatli oqsillar manbaidir. Go’sht tarkibidagi oqsilning o’rtacha miqdori 13-15%,
go’shtdagi yog’ning o’rtacha miqdori 3 -34% gacha. Go’sht tarkibida mineral tuzlar (kaliy, fosfor, nartriy,
temir), A va V guruhiga kiruvchi vitaminlar mavjud.
Go’shtning sifatliligini baholash quyidagi organoleptik ko’rsatkichlarni (rangi, hidi, konsistenstiyasi,
sho’rvasining ta’mi), kimyoviy ko’rsatkichlarni (ammiak,
vodorod-sulfid, o’t kislotalari), mikrobiologik
(gelmintlarning borligi) ko’rsatkichlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yog’i, iligi,
pay va
bo’g’imlari, shuningdek, qaynatilgan sho’rvaning sifatiga baho beriladi. Go’shtning sifatlilik ko’rsatkichlari
25 balli tizim bo’yicha baholanadi, ya’ni ballar yig’indisi 21-25 ballni tashkil etsa, go’sht yangi, yig’indi
ballar 10-20 ballni tashkil etsa -ishonchli bo’lmagan yangi go’sht, eskirgan go’shtda esa - 10
balldan past
bo’ladi.
Ko’rsatkichlar
Tekshirish usullari
Ko’rsatkichlarni baholash
Organoleptik:
-rangi
-konsistenstiyasi
-hidi
Ko’rish
orqali
Barmoq bilan bosish
Qizitilgan pichoq namunasi
O’zgarishlar bo’lsa:
Rangda- 2
dan ballgacha
chegirish
Konsistenstiyada - 2-5 ball
hidida - 2-7 ball
Kimyoviy:
-uchuvchi yog’ kislotala-
rining borligi;
-ammiakli azot borligi
Mis sulfatli
namuna
Nessler
reaktivi
bilan
reakstiya
Ijobiy bo’lsa - 4 ball
chegirish
Ijobiy bo’lsa -2 ball
Chegirish
Mikrobiologik:
Finna va trixinellalarning
Borligi
Ezilgan
preparatlarni
mikroskopda ko’rish
Ijobiy bo’lsa - 2 ball
chegirish
Organoleptik ko’rsatkichlar:
Tashqi ko’rinishi – quruq parda bilan qoplanib, shilimshiq izlari bo’lmasligi,
kulrang, ko’kimtir dog’lar bo’lmasligi kerak. Kesilganda uning rangi qizil, hidi o’ziga xos, konsistenstiyasi -
qo’l barmog’i bilan bosib ko’rilganda hosil bo’lgan chuqurcha tezda o’z holiga qaytishi kerak.
Go’shtning yangiligi pichoqni qizdirib aniqlanadi. Qizdirilgan pichoq bilan go’sht suyagigacha kesiladi.
Agar go’sht yangi bo’lsa, yoqimli hid keladi, eski go’sht bo’lsa, yoqimsiz hid.
Dostları ilə paylaş: