88
Parrandalar veterinariya-sanitariya tekshiruvidan o’tkazilib kushxonalar-da so’yiladi. So’yilganida nimtasi
rosa qonsizlantiriladi, bu esa go’sht-ning yaxshiroq saqlanishiga va mahsulot ko’rinishi yaxshilanishiga zamin
yaratadi. Tanglay shilliq pardasi ostidagi qon tomirlarini in-gichka pichoq bilan kesib og’zi
orqali
qonsizlantiriladi, tanglayidan miyasiga pichoq sanchilib falajlantiriladi. So’yish
vaqtida parranda-
ning
tumshug^i,
og’iz bo’shlig’i
ovqat qoldiqlari, qondan, oyoqlari iflosdan tozalanishi kerak.
Parranda patlari
tozalanib, boshi qog’ozga o’raladi, ichagi olib tashlanadi. Parranda go’shti sotuvga sovitilgan (0-4 °C) yoki
muzlatilgan (12-18 °C dan boshlab) holda chiqariladi. Keyingi paytlarda bir qancha mamlakatlarda «parranda
grippi» deb nomlanuvchi kasallikning avj olishi va aholi salomatligiga katta xavf tug’dirishi kuzatilmoqda.
Kasallik parranda go’shti va tuxum mahsulotlari orqali odamlarga yuqadi va og’ir asoratlarga,
hatto ki-
shilarning o’hmiga ham sabab bo’ladi. Shu sababli parranda grippi yuqqan yoki kasalligiga shubha tug’ilgan
parrandalar yo’q qilinadi.
Dostları ilə paylaş: