Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Falsafa 4 mavzu

Muammoni qo‘yish va hal etish 
Muammoli vaziyatni tahlil qilish YAngi muammoni qo‘yishga olib keladi. 
Muammo – javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bo‘lgan 
savoldir. 
Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi 
hollarda esa, hatto, ular doirasidan chetga chiqishni, Yangicha echish usuli, metodlarini qidirishni 
taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muhokama qilishning xususiyatini amaliy 
faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi. 
Muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq 
bayon qilishdan iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol, V. Geyzenberg aytganidek, muammoni echishning 
yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. 
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o‘zi etarli 
emas. Buning uchun muammoni hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra 
bilish kerak. 


Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va talanti muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi. SHuning uchun ham, odatda, ko‘p hollarda Yangi muammolar ilmiy 
bilishning u yoki bu sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlari 
tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba’zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, 
milliy g‘oya va milliy mafkurani yaratish muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida 
ko‘rish mumkin. Jahon tajribasiga murojaat qilsak, «millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha 
avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin»
2

Uni shakllantirish uchun kuchli iste’dod va «yorqin tafakkur»ga ega bo‘lgan Konfutsiy, 
Maxatma Gandi, Forobiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk zotlar zahmat chekkanlar
3

Hozirgi paytda esa birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Milliy g‘oya, 
milliy mafkurani ishlab chiqish, uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg‘or vakillari, 
kerak bo‘lsa, mutafakkirlari, ziyolilari mehnat qilishi lozim»
4

Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil munosabatda yondashish mumkin bo‘lganligi 
uchun ham hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. 
Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks 
ettiradi va shuning uchun ham juz’iy xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-biri bilan 
bog‘lanib ketgan mana shunday juz’iy muammolar hal qilingandan keyingina asosiy muammoni 
aniqroq bayon qilish va echish imkoniyati vujudga keladi. 
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni echishdan kam ahamiyatga ega emas. 
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatini 
to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metodlarini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 
turli xil muammolar ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni bildiradi. Muammoni tanlash 
ma’lum bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishini va xususiyatlarini belgilab beradi. 
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehtiyojlariga bog‘liq. Chunki 
faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari 
o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda 
bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi. 
Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vujudga keladi
(Nazariya haqida bobning oxirida kengroq ma’lumot beriladi). 
Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin bo‘lgan muammoni umumiy holda belgilashga 
va uni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Shuningdek, har bir muammo ma’lum bir nazariya 
yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa muammo mavjud nazariyani modifikastiya qilishni, 
muammoni echishga moslashtirishni talab qiladi. 
Muammoni echish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan iborat: 
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va hodisalarni aniqlash
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilish va ularga baho berish; 
v) muammoni hal qilish turini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo‘llarini belgilash; 
g) muammoning negizi bilan uni echish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning 
xususiyatlarini ko‘rsatish. 
Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bo‘lgandan keyin muammoni echishga bevosita 
kirishiladi. 
Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, muammoning echilishi nisbiy xususiyatga ega. 
Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to‘la echimini topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan 
hodisaning barcha tomonlarini qamrab olib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish 
davomida Yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha 
talqin qilishni taqozo etadi. Bunga misol qilib I. Nyuton tomonidan jismlarning o‘zaro tortishishi 
2
I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi - halq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonishdir. // Asarlar to'plami 8 jild. - 
T.: “O'zbekiston”, 2000, 25-bet. 
3
Qarang. O'sha yerda. 
4
Qarang. O'sha yerda. 


muammosining qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf qilib, u faqat 
tortishuvchi jismlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini uqtirib o‘tgan edi. 
A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o‘zaro tortishishi muammosini boshqacha 
talqin qiladi va bu muammo haqidagi tasavvurlarimizni ma’lum bir darajada kengaytiradi. 
Jismlarning o‘zaro tortishishining tabiati, amalga oshish mexanizmi hozirgacha to‘la ochib 
berilmagan. Boshqacha aytganda, muammo uzil-kesil hal bo‘lmagan. 
Ba’zi hollarda muammolarning echimini uzoq vaqtgacha topib bo‘lmaydi. Masalan, rak 
kasalining sababini o‘rganish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan. 
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay echimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi, balki 
ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida echib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa 
echishning Yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha ilmiy 
izlanish davom etadi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin