Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Falsafa 4 mavzu



MANTIQ

REJA 
1.Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi.
2.Sharq va G‘arb mutafakkirlarining mantiqiy qarashlari. 
3.Dialektik mantiq. Formal mantiq. Matematik mantiq 
Tayanch iboralar 
Mantiq, tafakkur, tafakkur shakli, tafakkur qonuni, chin fikr, to‘g‘ri tafakkur, tushuncha, 
tushunchaning turlari, tushunchani chegaralash, tushunchani umumlashtirish. 
 
TAFAKKUR MANTIQ ILMINING O‘RGANISH OB’EKTI 
Kelib chiqishiga ko‘ra 
arabcha
bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi «
fikr
», «
so‘z
», 
«
aql
», «
qonuniyat
» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda 
o‘z aksini topadi.
Xususan, mantiq so‘zi, 
birinchidan
, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv 
mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), 
ikkinchidan
, tafakkurning mavjud bo‘lish 
shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-
qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va 
uchinchidan
, tafakkur shakllari 
va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi. 
Mantiq ilmining o‘rganish 
ob’ektini tafakkur
tashkil etadi. «
Tafakkur
» ham arabcha so‘z 
bo‘lib, o‘zbek tilidagi «
fikrlash
», «
aqliy bilish
» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. 
Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish 
jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur. 
Bilish voqelikning
, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal 
obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot 
tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq 
bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga 
bo‘ysundirilgan bo‘ladi.
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. 
Uning dastlabki bosqichini 
hissiy bilish
– insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil 
etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning 
tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan 
belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. 
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi

Birinchidan
, hissiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) 
sub’ektga (individga, to‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. 
Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) 
predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin