Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Falsafa 4 mavzu

dialektik mantiq
tafakkurni
uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, 
formal mantiq 
fikrning
shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib 
tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal 
mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – 
qoidalariga amal qilishni taqazo etadi.
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar darajasiga 
ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi qarama – qarshilik 
taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil 
metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod 
sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan 
sifatida shakllangan ta’limotdir. 
MATEMATIK MANTIQ.
 
Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar 
yordamida, matematik usul asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi 
bosqich hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq ilmidan 
ham farqli tomonlari bor. Shuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari 
bilan izohlab bo‘lmaydi. Shuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham matematik 
usul bilan hal qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib 
bormoqda, uning ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda. 
Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari bilan tanish 
bo‘lishlari zarur.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko‘zga 
tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik 
metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil 
masalalarni echishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni 
matematiklashtirishga asos soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib 
rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul, 
Fure, Morgan, Shryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari 
surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon 
mashinalarda va boshqa ko‘p halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.
QONUN 
- keng ma’noda moddiy olamdagi predmet va buyumlar o‘rtasida yuz beradigan 
ob’ektiv, zaruriy, mohiyatli, muhim, eng umumiy, nisbiy o‘zgarmas bog‘lanishlardir. 
Qonunlar mazmuni, harakat doirasiga bog‘liq holda asosan uch xil bo‘ladi:
1. Eng umumiy qonunlar, 
2. Umumiy qonunlar, 
3. Xususiy qonunlar.
Falsafa qonunlari (Miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni, inkorni inkor 
qonuni, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni) eng umumiy qonunlardir. Bu qonunlar 
1
Аль-Фараби. Вводный трактат в логику. // Материалы по истории прогрессивной общественно-
философской мысли в Узбекистане. – Т.: «Фан», 1976, с. 128. 


hamma erda va hamma vaqt - tabiatda, jamiyatda hamda kishi tafakkurida amal qiladi. Shunday 
qonunlar borki, ular 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin