Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Falsafa 4 mavzu

AYNIYAT QONUNI
Qonun talabi:
Muayyan muhokama jarayonida har qanday tushuncha va hukm o‘z-
o‘ziga ayniy (teng) bo‘lishi kerak. Ayniyat qonuni A - A formula bilan ifodalanadi. Ayniyat 
qonuni to‘g‘ri fikrlashning qonunlaridan biri bo‘lib, fikrning muayyanligini va 
ravshanligini ta’minlaydi.
Moddiy olamdagi hamma narsalar doimo o‘zgarishda, yangilanishda 
va rivojlanishda. SHu bilan birga har bir narsa o‘zining shakliga, sifatiga, tuzilishiga ega, boshqa 
narsalardan farq qiladi. Masalan, gazeta jurnaldan, televizor radiodan, O‘zbekiston 
Armanistondan, yulduz oydan farqlidir. Ana shu narsalar o‘zining aynanligi, konkret mazmuni va 
shakli bilan o‘z xususiyatini saqlab qoladi. Shuningdek, Ayniyat qonunida muhokama jarayonida 
har bir fikr o‘zining boshlang‘ich mazmunini saqlab qolishi kerak. Ayniyat ma’lum munosabatda 
buyumlar tengligi va o‘xshashligidir. Ammo ikki narsa absolyut ayniy narsa bo‘lishi mumkin 
emas. U ham ayniy ham tafovutli. Misol uchun, daraxtning ikki bargi. Ayniyat qonunida har bir 
fikr o‘z o‘rnida ishlatilib o‘z aynanligini saqlab qolib, boshqa fikrlar bilan aralashtirilib 
yuborilmasligi kerak.
Masalan, quyidagi tushunchalar o‘zaro teng tushunchalardir:
a) "Bur’oniddin Marg‘inoniy", b) "Hidoya" asari muallifi
v) "Musulmon fiqiq ilmining zabardast nazariyotchisi"
yoki


a) "Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti",
b) "Islom Abduanievich Karimov". 
Bu tushunalar teng, lekin mazmunan har xil. Agarda biz O‘zbekistonning birinchi Prezidenti 
degan tushunchani olsak, mazmun va xajm yanada kengayib ketadi. Chunki Y.Oxunboboev ham 
Prezident bo‘lgan.
Demak, ayniyat qonunini buzish bir tushunchani ikkinchi tushuncha bilan aralashtirib 
yuborishga, chalkashlikka, ikkiyoqlamalikka, tuturiqsizlikka olib kelishi mumkin. Keyingi 
paytlarda yangi so‘zlarni, atamalarni muomalaga kiritish natijasida ko‘p chalkashliklar va 
o‘zboshimchaliklar kelib chiqyapti. Natijada ayniyat qonuni buzilishlari yuz bermoqda. Masalan, 
"samolyot" so‘zi o‘rniga "tayyora", "aeroport" - "tayyorago‘", yoki "fakultet"- "qulliyot", "institut" 
- "oliygoh" kabi tushunchalar. Buning natijasida mazmun jihatdan chalkashliklar kelib chiqmoqda. 
Ma’lumki, grammatikada turli so‘zlarni, tushunchalarni ifodalovchi omonim so‘zlar bor. 
Bunda bir so‘z bir necha ma’nolarni anglatadi. Natijada ba’zi hollarda ayniyat qonuni doirasidan 
chetga chiqish yuz beradi. Masalan, "o‘t" so‘zi sakrash ma’nosida, olov ma’nosida va o‘simlik 
ma’nosida ifodalanishi mumkin. Jumladan, "suz" so‘zi ham a) "ovqatni suzmoq", b) "suvda 
suzmoq", v) hayvonning biror kishini suzishi ma’nolarida ishlatilishi mumkin. Agar kishilar 
o‘rtasidagi o‘zaro suhbat yoki munozaralarda ayniyat qonuni talabalariga rioya qilinmaganda
ya’ni tushunchalarning ma’nolari o‘zgartirib yuborilsa, shunga qarab fikrlayotgan shaxsning 
ma’naviy madaniyati, bilim saviyasi, darajasi past ekanligini bilib olish mumkin. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin