jinoyatchining portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi yaqqol his qilinadi va
qidiriladi.
Lekin,
shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga alohida
olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi.
Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan havoning harorati o‘rtasidagi
bog‘lanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va
tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi.
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi.
Tafakkur
bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va
hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar,
ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
1.
Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi.
Hissiy
bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish
oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan
fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda,
e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga
va munosabatlariga
qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor,
temperament, qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy,
muhim belgilarni, masalan, ongga ega bo‘lish, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ijtimoiy
munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin.
Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‘rtasidagi
munosabatlarni, bog‘lanish usullarini
o‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muhim belgilariga
ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan
qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida
barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanishlar (masalan,
ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi.
2.
Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. Unda
yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda
hosil qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi.
Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish
mumkin.
Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon
bo‘ladi.
3.
Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat
. Unda bilish
jarayoni borliqda real
analogiga ega bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan ob’ektlar (masalan, absolyut
qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal
sistemalarni qurish bilan
kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish,
hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.
4.
Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud
. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy
hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila
oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi.
Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir.
Dostları ilə paylaş: