Mantiq. Reja


TAFAKKUR SHAKLLARI: TUSHUNCHA, HUKM VA XULOSA



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Falsafa 4 mavzu

TAFAKKUR SHAKLLARI: TUSHUNCHA, HUKM VA XULOSA.
 
REJA: 
 
1.Tafakkur shakllari haqida tushuncha.
2.Tushuncha va uning turlari.
3.Hukm va uning turlari. 
4.Xulosa chiqarish 
 
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud. 


Tafakkur shakli
fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, uning 
strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari 
haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib 
chiqamiz. 
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli xil 
mazmunga ega bo‘lgan 
tushunchalar
da aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o‘zining 
maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. “Milliy 
g‘oya” tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bog‘liq orzu-havaslari, maqsadlari, 
tub manfaatlari ifoda etiladi. Mazmun jihatidan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga 
ko‘ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «o‘z 
maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalarining bor ekanligi», «siyosiy 
tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek
«millatning orzu-havaslari, maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» 
milliy g‘oyaning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr 
qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak
tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. 
Hukmlar
da predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning 
mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. 
Masalan, «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» degan hukmda predmet (yuksak ma’naviyat) bilan 
uning xossasi (engilmas kuch) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy 
aloqada» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. 
Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi 
tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, 
ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) 
S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin