Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir .
Belgilar deb,
predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi . Har bir predmet olamdagi
boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo’lganligi uchun ko’p belgilarga ega.
Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo’lgan, uning
individual, yakkalik belgilarini
tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruxiga tegishli bo’lib,
umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o’zigagina xos bo’lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi
individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi,
millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari,
ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo’lgan umumiy belgilarga
ega.
Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lib,
uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning
muhim belgilari deyiladi.
Masalan, davlatning mavjud bo’lishi uning o’z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega
bo’lishini taqoza etadi.
Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo’qolishi bilan
predmetning tabiati o’zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo’lishi individning
inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas.Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining
muhim yoki nomuhim bo’lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo’lishimizga
qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo’lmagan belgilar, boshqa
munosabatda muhim bo’lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi
uchun muhim bo’lsa, inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar
predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan
(predmetning mavjud bo’lishi bilan zaruriy aloqada bo’lgan belgilardan) farq qiladi.
Nihoyat, predmet to’xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo’lganligi uchun, vaqt o’tishi bilan
uning muhim bo’lgan belgisi nomuhim bo’lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim
belgiga aylanishi mumkin.
Demak, tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar
predmetning umumiy va individual belgilari bo’lishi mumkin. Masalan, «Hamza Xakimzoda
Niyoziy» tushunchasida predmetning