tabiatning muayyan sohasiga tegishli bo‘ladi (er qimirlash, Oy tutilishi, suv
toshqini). Shuningdek,
jamiyatga xos qonunlar ham bor. (Qiymat qonuni, ishlab chiqarishning
rivojlanish qonuni).
Ayrim hodisalarga tegishli qonunlar ham bor (biologiya, astronomiya
fanlarida). Bular odatda xususiy qonunlar deyiladi. Umuman olganda inson tomonidan qonunlarni
bilish, o‘rganish va undan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, avvalo bu qonunlar xususiy
tarzda, faqat inson tafakkuriga xos bo‘lgan fikrlash, mulohaza yuritishda amal qiladi.
Mantiq qonunlari deganda fikrlar o‘rtasidagi ichki, muhim, barqaror aloqa va bog‘lanishlar tushuniladi.
Mantiq qonunlarini bilish, o‘rganish insonni fikrlashining to‘g‘riligini ifoda etadi.
Unutmang! Mantiq qonunlarini o‘zgartirish, buzish, almashtirish mumkin emas. Mantiqiy
qonunlar dunyodagi hamma xalqlar va millatlar uchun bir xil. Bu qonun bo‘yicha buyum haqidagi
fikr aniq, izchil va asosli bo‘lishi kerak. Aks holda fikrlash buziladi.
Yodda tuting! Mantiqiy
qonunlar 4 ta: Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Uchinchisi istisno qonuni, Etarli asos qonuni. Bu
qonunlarning talabini bajarish mantiqiy fikrlash, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qonunlarning uchtasi qadimgi yunon mutafakkiri
Arastu (er.av.
III-IV asr) tomonidan tavsiflanib berilgan va fanga kiritilgan.
Etarli asos qonuni esa Leybnis tomonidan fanga kiritilgan. Mantiqning bu qonunlari ob’ektiv olamdgi buyumlar o‘rtasidagi
muayyan munosabatlarning inson ongidagi inikosidir. Mantiq qonunlari chin hukmni isbotlash,
xato hukmlarni inkor qilish jarayonida amal qiladi. Formal mantiq qonunlari fikrlashning
tuzilishini aniqlaydi. Buning uchun turli formula va belgilardan foydalaniladi.
Mantiqdagi S-R formulasi konkret fikrlashda fikr mazmuni xar hil bo‘lishi mumkinligini bildiradi . Masalan,
"Barcha S-R dir" formulasiga quyidagi fikrlarni kiritish mumkin. "Hamma olimlar ziyolilardir",
"Hamma baliqlar suvda yashaydi", "Hamma Markaziy Osiyo davlatlari - BMTga a’zo" va shunga
o‘xshash fikrlar. Bu erda o‘zgaruvchi "S" "olimlar", "baliqlar", "Markaziy Osiyo davlatlari"
tushunchalarida, "R" "suv", "ziyoli", "BMT a’zosi" tushunchalarida ifodalangan.
Bundan tashqari mantiqda fikrlash tuzilishini ifoda etadigan shunday formulalar mavjudki,
bunday holda konkret fikr almashtirilsa ham, fikr to‘g‘ri bo‘laveradi. Masalan, shartli hukm
formulasini olib ko‘raylik ("Agar A bo‘lsa, u holda V bo‘ladi") Agar talaba a’lo o‘qisa, u holda
imtiyozli stipendiya oladi" yoki "Agar paxtaga yaxshi ishlov berilsa, u holda mo‘l hosil olinadi".
Eslab qoling! Demak, mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, mantiqiy
o‘zgarishlarni konkret fikr mazmuni bilan qanchalik almashtirsak - to‘g‘ri hukm hosil bo‘laveradi.
Demak, mantiq qonunlari - tafakkur qonuni bo‘lib, u fikrlash tuzilishini, uning shakllari,
tushuncha va hukmlar o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni to‘g‘ri aks ettiradi.