Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar ham ma vaqt chin bo’ladi, chunki ularda aynan bir
fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi madxiyasining
muallifi» va «A. Oripov – O’zbekiston Qaxramoni» mulohaza (hukm) lari o’zaro ekvivalentdir,
ya’ni ular bir xil sub’ektga, lekin har xil predikatga ega bo’lgan mulohaza (hukm) lardir.
Hukmlarning chinligiga ko’ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar
bilishda katta ahamiyatga ega.
XULOSA CHIQARISH VA UNING TURLARI Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo’ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur
yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish
mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi.
To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro
mantiqan bog’lanishi kerak.
Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki
chin mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki bu mulohazalar o’rtasida mantiqiy
aloqadorlik yo’q.
Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday
aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar
buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan: «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A
– odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish
qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat
yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga
ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham
ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa
chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq induktsiyani hisobga olmaganda) va analogiya
ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa
chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.