Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Falsafa 4 mavzu

munosabat hukmlari
deyiladi. Masalan: «Butun bo’lakdan 
katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo’lak 
o’rtasida bo’lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi 
fikr tasdiqlangan. 
Munosabat hukmlari sifatiga ko’ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo’linadi. 
Tasdiqlovchi 
munosabat hukmlar
ida predmetlar o’zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr 
bildiriladi. 
Inkor etuvchi munosabat hukmlari
da esa predmetlar o’rtasidagi muayyan 
munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi. 
Munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra ham turlarga bo’linadi. Xususan, ikki o’rinli 
munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra 
yakka-yakka, umumiy-umumiy, xususiy-xususiy, yakka-
umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy
turlarga bo’linadi. 
Masalan:
«Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Gruppamizning har bir studenti 
fakultetimizdagi hamma o’qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi ba’zi 
talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix o’qituvchisi 
gruppamizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do’stim ba’zi masalalarni echa 
oladi» (yakka-juz’iy); «Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz tilini o’rganadilar» (umumiy-
yakka); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar frantsuz tilini o’rganadilar» (juz’iy-yakka); 
«Gruppamizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o’yinchisini biladilar» (juz’iy-
umumiy). 
Uch o’rinli, to’rt o’rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga 
bo’linadilar. 
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana 
mavjudlik hukmlari
(Kutubxonada mantiq 
darsligi bor), 
ayniyat hukmlari
(«A-B» ko’rinishda bo’lgan) va 
modal hukmlar
(ehtimol yomg’ir 






yog’adi) ni ko’rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. 
Biz bu hukm turlarini alohida ko’rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko’pincha atributiv 
hukmlar ko’rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko’rinishida talqin qilish mumkin. 
Shuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko’rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham 
farqlanadi. «Gruppamiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib 
ko’rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o’qitiladigan fanlardan darsliklar 
etarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir. 
Hukm terminlari birdan ortiq bo’lsa, 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin