Mantiq. Reja


Ular quyidagilardan iborat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Falsafa 4 mavzu

Ular quyidagilardan iborat

1. UMUMIY TASDIQ HUKMLAR.
Ular bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham tasdiq 
bo’lgan fikrni ifodalaydi.
Masalan
, «Hamma talabalar mantiq ilmini o’rganadilar». Bu hukmlar 
lotin alifbosidagi A
harfi bilan belgilanadi va «
Hamma S – P dir
» formulasi orqali ifodalanadi. 
Masalan'>2. UMUMIY INKOR HUKMLAR
bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham inkor bo’lgan 
fikrni ifodalaydi.
Masalan
, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «
Hech bir S 
- P emas
» formulasi orqali ifodalanadi va 
lotincha E harfi
bilan belgilanadi. 
3. JUZ’IY TASDIQ HUKMLAR
bir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham tasdiq bo’lgan fikrni 
ifodalaydi.
Masalan
, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U 
lotincha I harfi
bilan belgilanadi va «
Ba’zi 
S - P dir
» formulasi orqali ifodalanadi. 
4. JUZ’IY INKOR HUKM
bir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham inkor bo’lgan fikrni 
ifodalaydi.
Masalan
, «Ba’zi talabalar sport bilan shug’ullanmaydilar». Uning formulasi «
Ba’zi S 
- P emas
» bo’lib, 
lotincha O harfi
bilan belgilanadi. 
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi.
Oddiy hukmlardagi terminlar (S va P) tushunchalar 
orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko’ra o’zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. 
Hukmlarda terminlar (S va P) to’liq yoki to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi. Termin to’liq hajmda 
olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to’liq mos bo’ladi yoki mutlaqo mos bo’lmaydi 
(ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to’liqsiz hajmda olingan bo’lsa, unda uning hajmi 
boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin