3)Yangi mavzu bayoni: O’quvchilarga gazlamalarni to’qilishi haqida ,ularni o’ng va teskari tomonla rini qanday ajrata olishlarini bilishmaqsadiida bir necha xil gazlamalardan qirqim qo’yib qo’yamiz. Guruhlar gazlamalarni bilganlaricha ajratadilar ,guruhni keying ishtirokchisi ularni tabiiy va sintetiklarini ajratadilar.Ularni fikrlarini bilgach mavzuga tushuncha berishga o’tiladi.Polotno to’qish.Bo’ylama va ko’n dalang iplar chatishib gazlamalar hosil bo’ladi.Eng oddiy to’qish polotnoning to’qilishidir. Iplar har bir yo’nalishda o’rin almashadi. Bunday to’qishda gaz lamaning o’ng va teskarisi birxil bo’ladi .
--- Gulli gazlamani ko’rsatib, nima uchun teskari tomonidan guli yaxshi ko ’ rinmasligini tushuntiradi. Gazlamaga gul solish maxsus mashinalarda bajariladi va gazlamaning o’ng tomonidan gul bosiladi, shuning uchun teskari tomonidan aniq ko’rinmaydi. Gazlama qancha qalin bo’lsa gulni ko’rinishi teskari tomonidan aniq bo’lmaydi.
--- Satin, atlas yoki sirti silliq, gazlama namunalari ko’rsatilib, bunday gazlamaning o’ng tomonidan tekis va yaltiroq ko’rinishi tushuntiriladi. Shu belgi bilan gazlamaning o’ng va teskarisini aniqlash mumkin. Bu to’qilishda arqoq ipi tanda iplarning 4 tasini berkitib o’tadi, shuning uchun gazlamaning o’ng tomoni tekis va yaltiroq bo’ladi. Tukli gazlama namunalaridan ko’rsatiladi ularning o’ng tomonida tuklari bo’lib,teskari tomoni tuksiz bo’ladi. Oq yoki bo’yalgan gazlamalarni ko’rsatib, dastgohda to’qilgan bunday gazlamalar hom gazlama bo’lib, bir qancha pardozlash jarayonidan o’tka ziladi, ohorlanadi ,kuydiriladi, turli kimyoviy moddalar shimdiriladi, bo’yaladi, gul bosiladi, dazmollanadi. Bunday ishlarning hammasini gazlamaning o’ng tomonidan bajariladi, chunki gazlamaning o’ng tomonidan tuklari va tugunchalari bo’ladi. Shuning uchun gazlamaning o’ngi teskari va yaltiroq bo’lib, gullari aniq bo’ladi. O’quvchilarga tolalar haqida mustahkamlovchi tushunchalar berib ketish kerak.Paxta tozalash zavodlarida paxtani chigitidan ajratib,unga birinchi ishlov beriladi.Tolalarning tuzilishuga qarab navlarga ajratiladi,zichlab joy lanadi. Unga ishlov berishda yigirish fabrikasida turli mashinalar yordamida bajariladi,ya’ni uni tozalanadi aralashtiriladi,tarab,tola qilinadi,ingichka tekis lenta qilib silindr idishlarga tushiriladi.Lentalar yigirish mashinasidaip qilib chi qariladi,shu yerda shuni aytib ketish kerakki avvallari ipni oddiy mexanizmlar da qo’l mehnati yordamida qilingan. Hozirda esa fan texnika taraqqiyoti tufay li bunday ishlar osonlashib tez va sifatli bo’lmoqda.Amaliy ishimiz da ikki xil rangliqog’ozdan foydalanadi.Buning uchun rangli qog’ozlarni 1sm lentalar qi lib qirqiymiz oq qog’ozga ularni birin ketin qilib yelimlab chiqamiz bu polotno to’qish usuli bo’ladi.Rangli qog’ozlar har bir yo’nalishda o’rin almashadi. Bun day to’qishda gazlamarning o’ng va teskarisi bir xil bo’ladi.Keyingi etaplarda esa turli ishlovlar natijasida o’ng va teskarisi aniqlanadi.
4)Darsni mustahkamlash Darsni mustahkamlashda guruhlar bilan ishlaymiz ya’ni guruhlar bir – birla riga savollar beradi.O’quvchilarga mustahkamlash uchun savollar beriladi.
1) gazlamaning o’ng va teskarisini qanday aniqlanadi?
2) gazlamalarni qanday turlarini bilasiz? 3) tola nima?