4)Darsni mustahkamlash 1) Siz sabzavotlardan qanday salat tayyorlay olasiz?
2) Yaxna taomlarni qanday turlarini bilasiz?
3) Salat tayyorlashda nimalarga ko’proq e’tiborni qaratish kerak deb o’ylaysiz?
4) Kechki dasturxonni qanday taomlar bilan bezatish kerak?
5)Baholash: Darsga faol qatnashgan guruh o’quvchilarni rag’batlantirish.
6)Uyga vazifa:Yaxna taom tayyorlashni va dasturxon bezatishni o’rganib kelish.
Tanishdim: _______
Sana________5-ab sinf
Mavzu: O’zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi,uning taomlari,tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishdagi o’ziga xos xususiyatlari. “Tvorogli”,”murabboli” blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish.
Maqsad: a) ta'limiymaqsadi – O’quvchilarga turli blinchiklar tayyorlashni o’rgatish.
b) tarbiyaviymaqsadi – o’quvchilarni mehnatsevar bo’lishga o’rgatish. v)rivojlantiruvchimaqsadi – turli taomlar va blinchiklar tayyorlash va dasturxonga tortish odobini o’rgatish.
Dars turi: nazariy va amaliy.
Dars metodi: noan’anaviy
Dars jihozi:1) metodik qo’llanmalar
2) pazandachilikda ishlatiladigan jihozlarni rasmlari, t ayyor taomlarni rasmlari, blinchiklarni rasmlari,dasturxon tuzalgan rasmlar,amaliy ish uchun jihozlar.
Darsni borishi:1) Tashkiliy qism. a) salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyor ligini tekshirish. b) uyga vazifalarni tekshirish. v) amaliy ish uchun jihozlarni tekshirish
2)O’tilgan mavzularni yodga solish: 1.gazaklar qanday taomlar bilan qo’shib iste’mol qilinadi?
2. dasturxonni qanday bezatish mumkin?
3)Yangi mavzu bayoni: Qadim zamondan beri o’zbek milliy oshxonasi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.Tarixdan bizga ma’lumki bizning milliy taomlarimiz o’zini foy dali jihatlari bilan ajralib turadi.Bizning vohalarimizda yetishtirilayotgan har bir sabzavot va mevalar vitaminliligi tabobatda foydali tomonlari ko’pligi bizga ma’lum.Dunyoga don taratgan bobomiz A.A.Ibn Sinoni kitoblarida ham bu quyoshli o’lkadagi har bir giyohni juda katta foydali tomonlari borligini yozib qoldirgan.Asarlarida yozilishicha har bir dardga davo bo’ladigan giyoh,sabzavot va mevalar haqida to’la ma’lumot berib ketgan.Misol uchun hozirda kuz vaqtida shamollash yuqumli kasalliklar ko’p tarqaladi, buni oldini olish uchun sabzavotlardan hom holatlarda iste’mol qilib turish kerak. Virusli gepatit kasalligini oldini olishda oshqovoqni,sut,qatiq mahsulotlarini ko’proq iste’mol qilinsa yanada yaxshi,shamollashda esa turpni ichini o’yib asal solib qo’yilsa suvi ajraydi,uni ichsa yo’talga, ich samollashlarga katta foydasi bor.Blinchik ham juda foydali taom hisoblanadi.Uni turli xillarini tayyorlash mumkin.Blinchik tayyorlash uchun quyidagi masalliqlar ; sut,tuxum, shakar,tuz,o’simlik yog’I kerak bo’ladi. Avval blinchikni xamirini tayyorlab olamiz ya’ni barcha masalliqlarni aralashtirib olamiz,tagi tekiz tovani qizdirib olib o’simlik yog’idan oz-ozdan quyib uni ustidan blinchik xamirini yupqa qilib quyamiz bir tarafi qizargach ikkinchi tomonini qizartirib pishirib olamiz. Ichiga murabbo yoki tvorogni shakar bilan aralashtirib solib o’raymiz .Pishgan bilinchikni ichiga kerakli masalliqni solib o’rashda esa ko’pincha konvert usulidan foydalanamiz. Dasturxonga tortishda tarelkalarga chiroyli qilib solib sanchqi bilan qo’yamiz. Atroflariga salat barglaridan bezatish mumkin.Yoki o’zingizhohlagan fantaziya asosida ham bezatish mumkin.