Maqsad: a ta'limiymaqsadi


Darsni borishi: 1) Tashkiliy qism



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə20/46
tarix25.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#148036
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
5 - sinf uchun konspekt www.sadikov.uz

Darsni borishi: 1) Tashkiliy qism. a) salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyor ligini tekshirish.b) uy vazifa va amaliy ish uchun jihozlrni tekshirish.
2)O’tilgan mavzularni yodga solish:
1) qanday hollarda biriktiruvchi choklardan foydalanamiz?
2) mashinaga qanday qilib ip o’tkaziladi?
3)Yangi mavzu bayoni : Kiyimning turlari. Did bilan yaxshi, toza va milliy uslubda ki-yinishga yoshlikdan o'rganish zarur. Bolalaming gavdasiga munosib va qulay kiyim tanlashi kerak. Kiyimlar o'z vazifasiga ko'ra bir necha turga bo'linadi: uy kiyimi - uyda kiyiladi; kundalik kiyim - ishda har kuni kiyiladi; sport kiyimi - dam olishda, sport mashg'ulotlarida ki­yiladi; bashang kiyimlar - turli kechalarda, to'y-tantanalarda kiyiladi; ish kiyimi - uy yumushlarini bajarishda, mehnat darslarida kiyiladi.
Biror kiyimni tikish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinadi:

  1. Odam gavdasidan o'lchov olish.

  2. Tikiladigan kiyim fasonini tanlash va uning eskizini chizish.

  3. Gazlama tanlash va uning xossalarini aniqlash.

  4. Buyum chizmasini qurish, chizma asosida andoza tayyorlash, ularning atrofini qirqib chiqish.

  5. Andozani bichishga tayyorlash, andozaga belgilar qo'yish.

  6. Gazlamani bichishga tayyorlash va andozani joylashtirish.

  7. Buyumni bichish va tikish, tayyor kiyimni pardozlash.

Fartuk va bog'ichli qalpoqcha chizmasini qurish uchun gavdadan o'lchov olish (27-rasm)da ko'rsatilgan.
O'lchovni to'g'ri olish uchun gavdaning asosiy chiziqlari o'rinlari: bo'yin chizig'i, ko'krak chizig'i, bel chizig'i, bo'ksa chizig'i, etak chizig'i aniqlanadi.
O'lchov olishda quyidagilarga amal qilinadi:
1 O'lchov santimetr lentasi bilan amalga oshiriladi, uni tortib yoki bo'sh qilib o'lchash mumkin emas.

  1. Belning ixcham joyidan belbog' bilan bog'lanadi.

  2. O'lchov olinayotganda gavdani to'g'ri, bo'sh tutib turish kerak, aks holda o'lchov noto'g'ri chiqadi.

  3. Aylana o'lchovlari to'liq olinib, uning yarim qiymati yoziladi, chunki fartuk chizmasining yarmi chiziladi. Uzunlik o'lchovlari esa to'liq yoziladi. Gavdadan olingan o'lchovlar qiymati 11-jadvalda keltirilgan.




Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin