O’tilgan mavzularni yodga solish: Fartuklar necha xil bo’ladi?. 2) Fartuklarga andoza tayyorlashda qanday o’lchovlar olinadi?. 3)Fartuk ayollarga qay darajada kerak?
Yangi mavzu bayoni Modellashtirish bu- asosiy chizmaga o`zgartirish kiritib, yangi fason yaratish. Modellashtirishning 2 xil turi bor: 1. Konstruktiv 2. Dekorativ. Konstruktiv modellashtirishda fartuk qismlari konstruksiya chiziqlari bo`yicha yangi fason yaratiladi. Dekorativ modellashtirishda esa bezak berib fason o`zgartiriladi. Fartuk uchun andoza tayyorlashda bel aylanasi, bo`ksa aylanasi hamda fartuk uzunligi o`lchovlari olinadi. Kerakli o`lchovlar olingandan so`ng, andoza tayyorlanadi.
Modellashtirish.Moda yaratish uchun asosan asos chizmasiga model chiziqlari kiritiladi. Asos chizmasi - bu o'lchovlar va hisoblash formulalaridan foydalanib chizilgan chizma.
Moda yaratish uchun asosan asos chizmasiga model chiziqlari kiritiladi.Asos chizmasi – bu o’lchovlar va hisoblash formulalaridan foydalanib chizilgan chiz ma.Ishni bajarishda avval tanlangan fason bo’yicha asosiy chizma chiziladi Shu chizmaga biror chiziqni qo’shib yoki undan biror chiziqni olib tashlab, qismlar shaklini o’zgartirish modellashtirish deyiladiimning qismlari sha klini o’zgartirmay, ularni bezatish yo’li bilan ham modellashtirish mumkin. Be zak materiallariga jiyak,to’r, kashta, quroq bulardan tashqari applikatsiyalar ham kiradi.Kiyimlar qaysi vaqtda kiyilishiga qarab har xil gazlamalardan tikila di.Fartuk va qalpoqcha tikishda ochiq rangli sidirg’a yoki mayda gulli zig’ir yoki paxta tolasidan to’qilgan gazlamalar tanlanadi. Bunday gazlamalar tash qi ko’rinishi chiroyli bo’lishidan tashqari, ular oson yuviladi,yaxshi dazmollana di.Shuning uchun gazlamani tanlashda uni texnologik xususiyatlariga ham e’ti bor berish kerak.To’qimachilik korxonalrida eni har xil ( 60sm dan 1m60sm) gazlamalar ishlab chiqarilmoqda.Shuning uchun kiyimga ketadigan gazlama miqdorini aniqlashda uning eni hisobga olinadi.kiyimlarni chizmasini chizish da 1:4 nisbatda chiziladi.o’quvchilarga nisbatlar haqida qo’shimcha ma’lumot lar berib ketiladi ya’ni bu narsa matematika fani bilan bog’liq chunki mashtab tushunchasi geografiya va matematika fannlarida tushuntirib ketilgan ,shu narsa amalda qo’llanishini yanada yoritib tushuntirib ketamiz.Fartukning va qoplama cho’ntaklarini aylana shaklini berib modellashtiriladi.Asos chizmasi va modellashtirilgan chiziqlar bo’ylab fartuk va qalpoqcha chizmalari qirqiladi va andoza bichishga tayyorlanadi.
1. Kiyim nomini andazaga yozib qo’yish ---ko’krakpesh qismi yaxliy bo’lgan fartuk.
2. Andozaga kiyim razmerini yozib chiqish --- 38 –razmer.
3. Andoza detalini sonini ko’rsatish --- 1 dona.
4. Andozada gazlamaning bo’ylama ip yo’nalishini aniqlash.
5. Andozada gazlamadan qoldirib bichiladigan chok haqining miqdorini yozib chiqish --- yon qirqimda 1 sm. Andoza tayyorlashda o’quvchilar bilan o’lchov larni bir – biriga bog’liqligini avval matematik misollar yordamida so’ng esa amalda tushuntirib yoritib ketish kerak chunki andazada ozgin bo’lsada hatolikka yo’l qo’yilsa modasi va razmerida ham o’zgarish kelib chiqadi. Shuning uchun o’quvchilarga keng ko’lamda tushuntirish ishlarini olib borgandan so’ng, ularni mustaqil ravishda andoza olishlarga yordam berib, kuzatib turish kerak.