Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

geografiyaning alohida tarmog’i bo’lib, u turli mamlakat   yoki rayonlarda  

shaharlarning vujudga kelish va rivojlanish xususiyatlari, ularning murakkab 

hududiy tizimlarining shakllanish qonuniyatlarini o’rganadi

[

.

11] 

Shaharlarning geografiyasi sanoat, transport, aholi geografiyasi, hamda shaharsozlik 

va rayon planirovkasi, sotsiologiya, demografiya, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari 

geografiyasi kabi yo’nalishlar bilan aloqa qiladi. Uni o’rganishda  geografik 

taqqoslash, kartografiya, tarixiy, statistik, modellashtirish va boshqa metodlardan 

foydalaniladi. 

Shu bilan birga shaharlarni o’rganish orqali mamlakat yoki viloyatning 

o’tmishi, ularning hozirga axvoli, ijtimoiy va siyosiy vaziyatidan boxabar bo’lishi 

mumkin. Ayni paytda shaharlarning   geostrategik ahamiyati  ham katta.   Ammo, 

shaharlarning aholi punktlarining boshqa shaklidan, jumladan, qishloqlardan keskin 

ajratish ham nodurustir. sababi, shaharlarning aksariyati, xususan, bizning 

sharoitimizda qishloqlar negizida shakllangan. Qolaversa,   Osiyo   yoki sharq 

shaharlarning, aslida shahar va qishloqlarning ajralmas birligidir. shaharlarning ham 

tarixi uzoq. Biroq bu tarix insoniyat tarixidan qisqa bo’lib, bu davr jamiyat tarixiga 

mos keladi. Shaharlarning jamiyatning hudidiy birikmasi (sotsiumi) shaklida sinfiy 

tuzum, ya’ni quldorlik davrida ko’proq rivojlana boshladi. Umuman olganda, 

shaharlarning vujudga kelishini ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’laydilar.  

 Quldorlik davrida shaharlarning qul savdosi markazi bo’lgan. Ayni shu 

vaqtda, ular davlat markazlari vazifasini ham o’taganlar. Natijada, shahar-davlat 

(goroda-poliso’) vujudga kelgan. Masalan, Rim, Afina, Vizantiya, Vavilon, Buxoro,  

Samarqand (Marokand) shular jumlasidandir. 

Feodalizmda shaharlarning rivojlantirishning hunarmandchilik va qishloq 

xo’jaligi, yerdan foydalanish bilan (feod-er) bog’liq bo’lgan. Bu davrda shaharlarning 

katta hududlarning siyosiy, diniy,  tashqi va madaniy hamda savdo markazlari 

funktsiyasini bajargan. 

       


Shuni alohida ta’kidlash joizki, «Shahar» tushunchasi, barcha el va yurtlarda, 

mamlakat va muzofotlarda aynan bir ma’noda talqin qilinmaydi, ular bunday 

maqomda  turli  davlatlarda  turlicha  belgilanadi.  Chunonchi,  islom dini 

mamlakatlarida shaharlarning (Qubbalar) avvalombar bozor va masjidlarning soni 

bilan belgilangan. G’arb mamlakatlarida shaharlarning aholi soni va zichligi, 

joylarning arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning bajaradigan vazifasiga 

o’xshash mezonlar orqali ajratilgan.  

O’zbekistonda 1972 yildan beri aholi  manzilgohining  shahar maqomini olishi 

uchun eng kamida 7 ming aholigi ega bo’lishi hamda ularning ko’pchiligi qishloq 

xo’jaligi bilan bog’liq bo’lmagan sohalarda band bo’lmog’i shart. 

Shaharlar murakkab tushuncha shu bois ulardan turli fan vakillari har hil talqin 

qiladilar. Masalan, iqtisod uchun shahar asosan ishlab chiqarish, eng avvalo sanoat  

 markazi, sotsiologiya uchun o’ziga xos yashash muhiti, tarixchi uchun o’tmishdan  



 

40 


guvohlik beruvchi joydir va x.k. Iqtisodiy geografiyada esa shahar-bu qishloq 

xo’jaligi bo’lmagan sohalar va ular bilan shug’ullanuvchi aholining hududiy  tashqi 

etish shakllidir; u dinamik ijtimoiy-iqtisodiy tizim (sistema) hisoblanadi. Oldingi   

______________________________________________________________________________ 

11

Kulke E.Wirtschafts-geograhfie.Munxen-Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 



 

 

Mavzulardan ma’lum bo’ldiki, shaharlarning har hil omillar asosida vujudga kelib



o’ziga xos vazifalarni bajarishga ixtisoslashadilar. Agar dastlabki  shaharlarning uzoq 

o’tmishda paydo bo’lishi ijtimoiy mehnat taqsimoti ta’sirida bo’lsa, ularning 

funktsional tiplari hududiy mehnat taqsimotining natijasidir.  

 

Shaharlarning bajaradigan vazifalariga ko’ra turliligi ularning ayni paytda 



katta-kichikligini ham belgilab beradiki, bu shaharlarning geografiyasidagi muhim 

qonuniyatlardan biridir. Demak, shaharlarning katta-kichikligiga qarab ularning 

funktsiyasi  tashqi topmaydi; aksincha, shaharlarning funktsiyasi,  tashqi yo’nalishi 

aksariyat hollarda ularning yirikligini ifodalaydi. 

Shaharlarning o’z ko’lamiga qarab eng avvalo 3 kategoriyaga bo’linadi 

(umuman, bunday «uch o’lchovlik» barcha mavjudotlarga ham xos): katta, o’rta va 

kichik. Biroq bu tushunchalar tarixiy-geografik nuqtai nazardan nisbiydir. Masalan, 

bir vaqtlar yirik hisoblangan shahar hozirgi davrda bunday bo’lmasligi aniq.  Ayni 

paytda shaharlarning kata-kichikligini belgilovchi miqdoriy ko’rsatkichlar ham 

hamma vaqt va barcha mamlakatlarda bir hil emas. Tabiiyki, uzoq qishloq aholisi 

uchun tuman markazi ham ancha yirik shahar hisoblanadi. Ammo, mamlakat va 

uning poytaxta darajasidan qaraganda xatto ba’zi viloyat markazlari ham ancha 

kichik ko’rinadi. 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, geografik taqqoslash va ilmiy tadqiqotlarni 

bajarishda barchaga xos bo’lgan umumiy mezon kerak, ya’ni  shaharlarning yiriklik 

kategoriyasi, sub’ektiv va maxalliy qarashlaridan qat’iy nazar, hammaga bir bo’lishi 

shart. 

Shu nuqtai nazardan yondoshganda yirik yoki katta shaharlarning aholisi 100 

ming kishidan ortiq, o’rta shaharlarda 50-100 ming va kichik shaharlarning har birida 

kamida 50 ming kishigacha aholi bo’lishi kerak. Bunday klassifikatsiya oddiy va 

barchaga tegishlidir. Maxsus ilmiy tadqiqotlarda esa shaharlarning klassifikatsiyasi 

ancha keng turlangan bo’ladi:  

 

 

I.  10 minggacha        -mayda shahar 



II. 10-20 ming           -kichik shahar 

III.20-50 ming          -«yarim o’rta» shahar 

IV.50-100ming         -o’rta shahar 

V.  100-250ming        -katta shahar 

VI. 250-500ming       -yirik shahar 

VII. 500-1000ming    -eng yirik shahar 

VIII. 1000 ming va  undan ortiq  -millioner shahar.  

 



 

41 


Albatta,  shaharlarning bunday miqdoriy ko’rsatkichlari tasodifan bo’lmay, u 

ma’lum qonuniyatlarga ham asoslanadi. Chunonchi, I-klass shaharlarningi ko’pincha 

temir yo’l stantsiyalari yoki kichik resurs shaharchalaridan  tashqi topsa, II-

klassdagilar asosan resurs shaharlarning, III-klass esa deyarli batamom tumanlarning 

ma’muriy markazlaridan iborat. Bu toifadagi shaharlarning qisman IV-klassda ham 

bor. Ammo V-klassdan to’la tekis viloyat markazlari joy oladi. 

           

Shaharlarning  klassifikatsiyasida  «birinchi»  va  «ikkinchi»  shahar 

tushunchalari mavjud, Masalan, O’zbekistonning birinchi shaxri uning poytaxti 

Toshkent bo’lsa, uning ikkinchi darajasidagi shaxri Samarqanddir (hozirgi kunda bu 

mavqega Namangan da’vogarlik qilmoqda). 

Umuman, respublikamizda 17 ta yirik shaharlar bor.   

 I 

Toshkent 



2135.9 

I.   


Namangan 

380.9 


II.  

Samarqand 

362.1 

III. 


Andijon 

328.9 


IV. 

Buxoro 


239.5 

V.  


Qarshi 

198.8 


VI. 

Nukus 


201,8 

VII. 


Qo’qon 

193,8 


VIII. 

Farg’ona 

185,2 

IX. 


Marg’ilon 

153,8 


X.  

Chirchiq 

145,1 

XI. 


Urganch 

139.1 


XII. 

Angren 


129,0 

XIII. 


Jizzax 

126,7 


XIV.  

Navoiy 


121,5 

XV. 


Olmaliq 

115,1 


XVI.  

Termiz 


111,9 

 

Shaharlarning yoyilib ketishi, qimmatni qishloq xo’jalik yerlari hisobidan kengayishi 



ma’lum darajagacha davom etib boraveradi. Keyinchalik Shahar hududining cheksiz 

kengayishi to’xtab «qoladi», u tog’ yoki daryo, davlat chegarasi yoki dengiz kabi 

to’siqlarga duch keladi, shahar ichida esa uy-joy, transport, ekologiya muammolari 

keskinlashadi. Natijada o’ziga xos «revolyutsion vaziyat» vujudga keladi: yirik 

shahar muhiti, uning fan-texnika, infrastruktura salohiyati o’ziga yangi-yangi 

korxonalarni jalb qiladi, biroq yuqoridagi qiyinchiliklar buni cheklab qo’yadi. Ana 

shunday tartibda, yirik shaharga yaqin joyda uni to’ldiruvchi, ixtisoslashgan shahar 

va shaharchalar vujudga keladi. Bunday «yo’ldosh» shaharlarningda markaziy shahar 

ehtiyojini qondiruvchi yoki unga xizmat qiluvchi ob’ektlar o’rnashadi. shunday qilib

yirik shahar o’z rasmiy chegarasidan chiqadi, miqdor o’zgarishi sifat o’zgarishiga 

o’tadi, hududiy mujassamlaShuv o’z shaklini o’zgartiradi va  shaharlarning hududiy 

to’plami paydo bo’ladi. 

 

Ko’rinib turibdiki, aglomeratsiyalar har qanday sharoitda ham vujudga 



kelavermaydi; juda ko’p shaharlarning bo’lsa-yu, ular orasida aglomeratsiya tash kil 


 

42 


qiluvchi markaz bo’lmasa, yoki aksincha, yirik shahar bir o’zi bo’lsa bunday holda 

aglomeratsiya shakllanmaydi. Masalan, Jizzax  katta shahar, lekin uning atrofida 

shaharlarning kam; Navoiy ham deyarli shunaqa vaziyatda, yoki Shaxrisabz, Kitob, 

Yakkabog’ va boshqa shaharlarning ham mavjud, ammo Shaxrisabzning o’zini 

aglomeratsiya hosil qilish qudrati past. 

Aglomeratsiyalar bir markazli (monotsentrik) va ko’p markazli (politsentrik) bo’ladi. 

Farg’ona-Marg’ilon, Angren-Olmaliq aglomeratsiyalar ikki markazli hisoblanadi, 

Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, QarShi, Nukus, Urganch va boshqa 

aglomeratsiyalar bitta yirik shahar atrofida vujudga kelgan. 

 

 O’zbekiston (va  O’rta Osiyo) aglomeratsiyalari  o’ziga  xos  mintaqaviy 



xususiyatlarga ega. Ular asosan tog’ oldi hududlarda sug’orma dexqonchilik 

joylarida, elektr transporti sust rivojlangan, atrofi qishloq xo’jalik ekinlari bilan 

o’ralgan sharoitda vujudga kelgan.  mohiyatian, bizning aglomeratsiyalar shahar 

emas, balki shahar-qishloq aglomeratsiyalaridir. 

 

Agar shahar va shaharchalar, o’zaro hududiy tutaShib, qo’shilib ketsa, u holda 



yaxlit -ulkan shahar vujudga keladiki, ularni konurbatsiya deyishadi (London, Rur 

havzasi konurbatsiyasi va x.k.). Biroq, konurbatsiya ham aglomeratsiyalarning bir 

shakli, ko’rinishi bo’lsada, har qanday aglomeratsiya ham konurbatsiya emas. 

 

Shaharlarning  hududiy  birlashmasining  yana  bir  murakkab  shakli 



megalopolislardir (ushbu tushunchani fanga amerikalik olim Jan Gottman 50-yillarda 

kiritgan). Megalapolislar aglomeratsiyalarning o’zaro qo’shilib ketishi natijasida 

vujudga keladi. Masalan, Bosvash (Boston-Vashington), Chipits (Chikago-Pitsburg), 

Tokio-Iokogama va boshqa megalopolislar mavjud. 

 

 «Urban» (urban) -shahar, «zatsiya»- jarayon demakdir. Shu ma’noda 

urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U o’ta 

murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy  va butun dunyoga xos global jarayondir. Biroq uning 

geografik jihatlariham kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda 

o’zgacha sodir bo’lmoqda. 

 

Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, 



ko’rsatkich bilan ifodalash, o’lchash mumkin emas. Ammo, shunday bo’lsa-da, 

barcha uchun qulay bir o’lchov kerak. U ham bo’lsa mamlakat va boshqa hududlar 

aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yasashi, ulushi, nisbiy hissasidir. 

Masalan, O’zbekiston Respublikasida bu ko’rsatkich 38%,Tojikistonda-

32%,Afg’onistonda-19%,Turkmanistonda-48% va x.k. Rivojlangan mamlakatlarda 

urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni  tashqi etadi. 

 

Urbanizatsiyaning umumiy ko’rsatkichi bilan mamlakat    iqtisodiyotining 



rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma’lum aloqadorlik bor. 

Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo’lsa, u 

holda mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat 

hisoblanadi; 50-70%-bu ham rivojlangan, milliy  tashqioti industrial-agrar; 30-50%- 

rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan past bo’lsa, sust rivojlangan agrar 

mamlakat holatida bo’ladi. 

 

O’zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik: urbanizatsiyaning demografik 



ko’rsatkichi  Turkmanistonda  biznikidan  ko’ra  ancha  yuqori.  Vaholanki,   

iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish notug’ri bo’lardi  




 

43 


  

 Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa 

ekanligidan yana bir bor dalolat beradi. 

 

Albatta, urbanizatsiya - bu ob’ektiv va umuman olganda ijobiy jarayon. Ammo 



uning salbiy tomonlari ham yo’q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial 

muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko’zga 

ko’rinarli salbiy «yo’ldoshlaridir». 

 

O’rta Osiyo va O’zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. 



Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko’rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 foiz bo’lishini 

tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bo’lmaydi ham. Sababi-bizda shaharlarning 

rivojlantirish qishloq xo’jaligi bilan qadimdan an’anaviy holda bog’liq. 

               Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:   

          1.   Shaharlarning geografiyasi    uning ob’ekti, predmeti,tadqiqot usullari  ? 

     2.   Shaharlarning geografik     uziga xos xususiyatlari.? 

          3.  Shaharlarning iqtisodiy geografik o’rnining turli yo’nalishlari? 

     .    4.   Shahar kategoriyalari va shaharlarningni oddiy klassifikatsiyasi.? 

          5.   Shaharlarning gipertrofiyasi haqida tushuncha.?      

         6.   Aglomeratsiya haqida tushuncha? 

                    

   


              


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin