Ma’ruza №8 Mavzu


-10. To‘lqinlarning qaytishi va sinishi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə8/10
tarix02.05.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#106125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
e744f91c29ec99f0e662c9177946c627

11-10. To‘lqinlarning qaytishi va sinishi
To‘lqin to‘siqqa tushganda yoki o‘zi tarqalayotgan muhit chegarasiga etganda qaytadi (hech bo‘lmaganda qisman). Dengizda qoyadan yoki suzish basseynining bortidan to‘lqinlarning qaytishini kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Bunda aks-sadoni – uzoqdagi to‘siqdan qaytgan tovushni eshitgan bo‘lishingiz mumkin1.



8-14-rasm. Stol ustida yotgan arqon bo‘ylab tarqaladigan to‘lqin impulsining qaytishi. (Vaqtning ortishi pastga yo‘nalgan.) (a) arqonning oxiri mustahkamlangan. (b) arqonning oxiri erkin harakatlanadi.
11-33-rasmda arqon bo‘ylab yuguruvchi to‘lqin impulsining qaytishi ko‘rsatilgan. Bu tajribani o‘zingiz bajarib ko‘ring, agar arqonning oxiri mustahkamlangan bo‘lsa qaytgan impuls ag‘darilishiga, (8-14a-rasm), va uning uchi mustahkamlanmagan bo‘lsa (8-14b-rasm) – ag‘darilmasligiga ishonch hosil qilasiz. Agar arqonning uchi bior-bir asosga mustahkamlangan bo‘lsa (8-14a-rasm), oxirigacha etib borgan impuls asosga yuqoriga yo‘nalgan kuch bilan ta’sir qiladi. Nyutonning uchinchi qonuniga asosan asos arqonga kattaligi jihatidan teng va yo‘nalishi jihatidan qarama-qarshi kuch bilan ta’sir qiladi. Mana shu pastga yo‘nalgan kuch ag‘darilgan qaytgan impulsni “yuzaga keltiradi”1.


8-15-rasm. To‘lqin impulsi arqon bo‘ylab
o‘ng tomonga siljiganda arqon qalinroq
va og‘irroq bo‘lib qoladi va (a) to‘lqinning
bir qismi qaytadi, (b) bir qismi o‘tadi.
8-15-rasmda ko‘rsatilgandek arqon orqali tarqaladigan, og‘ir va engil chaqnashdan iborat impulsni qarab chiqamiz. To‘lqin impulsi ikki muhit chegarasiga etib borganida impulsning bir qismi rasmda ko‘rsatilgandek qaytadi, bir qismi esa ikkinchi muhitga o‘tadi. Arqonning ikkinchi chaqnashidagi energiyaning kam qismi uzatiladi. (ikkinchi chaqnash devorga yoki qattiq tayanchga yetib borganda 8-14a-rasmda ko‘rsatilgandek, energiyaning katta qismi qaytadi, juda kam qismi uzatiladi. Sinusoidal to‘lqin uchun to‘lqin chastotasi ikki muhit chegarasida o‘zgarmaydi, chunki chegarada xuddi shunday chastota g‘alayonlanadi. SHunday qilib, agar uzatiladigan to‘lqin kichik tezlikka ega bo‘lsa, uning to‘lqin uzunligi ham kichik bo‘ladi 1.



8-16-rasm. Nurlar to‘lqin tarqalish yo‘nalishini ko‘rsatadi, ular har doim to‘lqin frontiga perpendikulyar yo‘nalgan. (a) manba yaqinida doiraviy va sferik to‘lqinlar. (b) manbadan uzoqlashgach to‘lqin fronti to‘g‘ri yoki yassi bo‘ladi va yassi to‘lqinlar deb ataladi.
Suv to‘lqinlari kabi ikki yoki uch o‘lchamli to‘lqin uchun (biz bunda to‘lqin frontini nazarda tutamiz), to‘lqin bo‘ylab joylashgan har bir nuqta to‘lqin o‘rkachini hosil qiladi (buni biz odatda shunchaki sohil bo‘yidagi “to‘lqin” deb ataymiz). 8-16-rasmda ko‘rsatilgan to‘lqin frontiga perpendikulyar, to‘lqin yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan chiziq nur deb ataladi. To‘lqin fronti manbadan uzoqlashgach egriligini butunlay yo‘qotadi (8-16b) va xuddi okean to‘lqinlari kabi deyarli to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi. U holda ular yassi to‘lqinlar deb ataladi1.

8-17-rasm. Qaytish qonuni .

Ikki yoki uch o‘lchamli yassi to‘lqin qaytishida 8-17-rasmda ko‘rsatilgandek, to‘lqinlar qanday burchak ostida tushsa, shunday burchak ostida qaytadilar. Bu qaytish qonuni deyiladi: tushish burchagi qaytish burchagiga teng.


Tushuvchi nur bilan tushish nuqtasiga o‘tkazilgan perpendikulyar (yoki sirt bilan to‘lqin fronti) orasidagi burchak tushish burchagi deyiladi va u qaytish burchagiga teng bo‘ladi. qaytuvchi nurga mos keladi1.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin