Ma’ruza №8 Mavzu


To‘lqin tiplari va ularning tarqalishi. Ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə5/10
tarix02.05.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#106125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
e744f91c29ec99f0e662c9177946c627

To‘lqin tiplari va ularning tarqalishi. Ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar



Biz to‘lqinlar katta masofalarga tarqalishi mumkinligini, muhitning zarralari esa faqatgina fazoning cheklangan sohasida tebranishi mumkinligini aytib o‘tgan edik. To‘lqin arqon bo‘ylab, aytaylik, chap tomonga harakatlanganda arqonning

8-9-rasm. (a) Ko‘ndalang to‘lqin; (b) Bo‘ylama to‘lqin

qismlari yuqoriga va pastga, ya’ni to‘lqinning harakatiga perpendikulyar (ya’ni ko‘ndalang) yo‘nalishda harakatlanadi. Bunday to‘lqin ko‘ndalang to‘lqin deb ataladi. To‘lqinning boshqa tipi, bo‘ylama to‘lqin ham mavjud. Bo‘ylama to‘lqinda muhitning zarralari to‘lqin tarqalishi yo‘nalishida tebranadi. Yumshoq cho‘zilgan prujinani 8-9-rasmda ko‘rsatilgandek siqib yoki cho‘zib oson kuzatish mumkin. Prujina bo‘ylab sisiqlish va cho‘zilish sohalari ko‘chadi. Siqilish sohalari – bu prujinaning cho‘lg‘amlari bir-biriga yaqinlashadigan, cho‘zilish sohalari esa – ular bir-biridan uzoqlashadigan sohadir1.
Xuddi ko‘ndalang to‘lqinlardagi kabi, muhitning bo‘ylama to‘lqin tarqalayotgan har bir qismi juda kichik qamrovli tebranishlarni yuzaga keltiradi. Lekin shu bilan birga to‘lqinning o‘zi juda uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. Bo‘ylama to‘lqin ham to‘lqin uzunligi, chastota va tezlik kabi tushunchalar qo‘llaniladi.To‘lqin uzunligi – bu ikkita qo‘shni siqilish (cho‘zilish) sohasi orasidagi masofa, chastota esa – bu berilgan nuqta orqali vaqt birligi ichida o‘tadigan siqilishlar soni. To‘lqin tezligi – bu siqilish (cho‘zilish) sohasining harakat tezligi; u to‘lqin uzunligining chastotaga ko‘paytmasiga teng,   .


8-10-rasm. (a) havoda bo‘ylama to‘lqinlarning
tarqalishi, (b) vaqtning berilgan momentida
grafik tasvirlanishi.
Bo‘ylama to‘lqinni havo molekulalari (yoki prujina cho‘lg‘amlari soni) zichligining koordinataga bog‘liqlik grafigi ko‘rinishida 11-27-rasmdagidek tasvirlash mumkin. Bunday grafik tasvirlash muhitda yuz berayotgan hodisani yaqqol namoyish qilishi sababli, biz undan tez-tez foydalanamiz. 11-27-b-rasmdagi bog‘lanish ko‘ndalang to‘lqinga juda o‘xshashligiga e’tibor qarating1.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin