Ma’ruza №8 Mavzu


Ko‘ndalang to‘lqinlarning tezligi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə6/10
tarix02.05.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#106125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
e744f91c29ec99f0e662c9177946c627

Ko‘ndalang to‘lqinlarning tezligi
To‘lqinning tezligi u tarqalayotgan muhitning xossalariga bog‘liq. Tarang tortilgan arqonda yoki torda ko‘ndalang to‘lqinning tarqalish tezligi, masalan, arqonning tezligiga, , hamda arqonning birlik uzunligiga to‘g‘ri keladigan massasiga (Grekcha kichkina myu harfi) bog‘liq bo‘ladi. Agar arqonning - massasi, - uzunligi bo‘lsa, u holda bo‘ladi. Kichik amplimtudali to‘lqinlar uchun to‘lqin tezligi:
[arqonda ko‘ndalaang to‘lqinlar ] (8-35)
Bu formula sifat jihatidan Nyuton mexanikasining ma’nosini anglatadi. Ya’ni biz taranglik kuchi kasrning suratida, birlik uzunlikdagi massa esa maxrajida ekanligini aniqladik. Nima uchun? CHunki taranglik katta bo‘lganda biz tezlik arqonning har bir segmentida ortib borishini kuzatamiz. Shuningdek, birlik uzunlikdagi massa qancha katta bo‘lsa, arqonning inertligi shuncha katta bo‘ladi va to‘lqin shuncha sekin tarqalishini ko‘rishimiz mumkin1.


Bo‘ylama to‘lqinning tezligi
Bo‘ylama to‘lqinning tezligi ham arqonda tarqalayotgan ko‘ndalang to‘lqin tezligiga o‘xshash, ya’ni
.
To‘lqin uzun qattiq sterjenda pastga tomon tarqalganda zarralarning tezligi
, [uzun arqonda tarqalayotgan bo‘ylama to‘lqin ] (8-36a)
bu erda - materialning elastiklik modlui (9-5-paragraf), va - uning zichligi.
Suyuqlik yoki gazda tarqalayotgan bo‘ylama to‘lqin uchun
  (8-36 b)
bu erda   - ajratib olingan qismning hajmi (9-5 kesma) va   – uning zichligi1.
Boshqa to‘lqinlar


Er qimirlashlari qo‘zg‘atuvchi rolini bajaradi va bunda Er qatlamlarida ham S-to‘lqinlar deb ataluvchi ko‘ndalang to‘lqinlar, ham P- to‘lqinlar debataluvchi bo‘ylama to‘lqinlar tarqaladi. Qattiq jismda ham ko‘ndalang, ham bo‘ylama to‘lqinlar mavjud bo‘lishi mumkin, chunki atomlar o‘z muvozanat vaziyatiga nisbatan ixtiyoriy yo‘nalishda tebranishlari mumkin. Biroq ssyuqlik yoki gazlarda faqatgina bo‘ylama to‘lqinlar tarqaladi, chunki bunday muhitlarning oquvchanligi tufayli zarralarga ko‘ndalang yo‘nalishda qaytaruvchi kuch ta’sir qilmaydi. Bu xossa geofiziklarga Erning suyuq yadrosi mavjudligi haqida xulosa chiqarishga yordam berdi, chunki Er qa’rida diametral yo‘nalishda faqat bo‘ylama to‘lqinlar tarqalishi, ko‘ndalang to‘lqinlar hech qachon qayd etilmasligi aniqlangan. Buni faqatgina Erda suyuq (eritilgan) yadro mavjudligi bilan tushuntirish mumkin. Yana sirt to‘lqinlari deb ataluvchi uchinchi tur to‘lqinlar mavjud, ular ikki muhit chegarasida tarqaladi. Suvdagi to‘lqinlar – ikki muxit, ya’ni suv bilan havo chegarasida tarqaluvchi sirt to‘lqinlariga misol bo‘la oladi. Agar to‘lqin uzunligi suv havzasining chuqurligidan kichichk bo‘lsa, u holda suvning har bir zarrasi uning sirtida ellips bo‘ylab tarqaladi (8-10-rasm), ya’ni ko‘ndalang va bo‘ylama yo‘nalishdagi tebranishlar kombinatsiyasidapn iborat bo‘ladi. Sirt tagida (biroq unga yaqinroq joyda) zarralarning harakati ham bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlardan (elliptik harakat) iborat bo‘ladi, tubida esa ko‘pincha bo‘ylama to‘lqin kuzatiladi. Er qimirlashida er qobig‘ida sirt to‘lqinlari ham yuzaga keladi, asosan aynan ularning ta’sirida er qimirlashidagi vayronagarchiliklar sodir etiladi1.
To‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladigan to‘lqinlar (masalan, tarang tortilgan arqon bo‘ylab tarqalatgan ko‘ndalang to‘lqinlar yoki suyuqlik (gaz) bilan to‘ldirilgan qattiq sterjen yoki truba bo‘ylab tarqaladigan bo‘ylama to‘lqinlar) chiziqli yoki bir o‘lchamli to‘lqinlar deb ataladi. Suv sirtidagi kabi sirt to‘lqinlari (8-11-rasm) ikki o‘lchamli to‘lqinlar hisoblanadi. Vanihoyat, manbadan barcha yo‘nalishlarda tarqaladigan to‘lqinlar (masalan, ovoz kuchaytirgichdan chiqadigan tovush, yoki er qimirlashida yuzaga keladigan Er qatlamlaridagi to‘lqinlar) uch o‘lchamli to‘lqinlar hisoblanadi1.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin