Ishlatilish maqsadiga ko‘ra — sovitkichlar, isitkichlar, bug‘ latgichlar, kondensatorlar;
Issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra — to‘g‘ri, karama-qarshi, kesishgan va xokazo yo‘nalishli qurilmalar.
Issiqlik berish usuliga ko‘ra issiqlik almashinish qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi: 1) yuzali issiqlik almashinish qurilmalari, bo‘larda issiqlik bir muxitdan ikkinchi muxitga ajratib turuvchi sirt (yuza) orqali o‘tadi; 2) aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari, bo‘larda ish muxitlar bevosita o‘zaro aralashadi.
MDHda kimyo va unga tutash bo‘lgan sanoat tarmoklari uchun ishlab chiqarilgan issiqlik almashinish qurilmalarining taxminan 80 % ni qobiq-trubali qurilmalar tashqil etadi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini tayyorlash oson, ishlatish esa qulaydir. Qobiq-trubali qurilmalar universal bo‘lib, undan gaz, bug‘ va suyuqliklar o‘rtasida issiqlik almashinishni tashqil etishda, bosim xamda temperaturalar keng intervalda o‘zgargan paytda xam foydalaniladi. Bundan tashqari, qobiqli-trubali qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishi turlicha bo‘lishi mumkin.
«truba ichida truba» tipidagi va po‘latdan qilingan zmeyevikli issiqlik almashinish qurilmalari issiqlik qurilmalarining umumiy xajmi ichida taxminan 8 % ni, chuyandan tayyorlangan namlanadigan qurilmalar esa 2 % ni tashqil etadi.
Spiralsimon va plastinali xamda xavo bilan sovitiladigan issiqlik almashinish qurilmalarining ulushi xozircha kam, biroq yangi kurilayotgan texnologiya liniyalarida bunday qurilmalar keng urin olmokda. Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari xar xil bo‘ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari turlicha agregat xolatga (gaz, bug‘, tomchili suyuqlik, emulsiya va boshqalar) va xar xil temperatura, bosim va fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan ish muxiti uchun ishlatiladi.