Matematik diktant. Faqat javoblar yozilsin. Tekshiruv vazifa bajarib bo'linishi bilan amalga oshiriladi. Masalan, birinchi topshiriqni bajarib bo'lgach, o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi: a) ikkinchi qo'shiluvchi nimaga teng? b) noma’lum qo'shiluvchini topish qoidasini aytib bering. 1. Ikki son yig'indisi 50 ga teng, bir qo'shiluvchi 20 ga teng. Boshqa qo'shiluvchini toping. 2. Kamayuvchi 40 ga, ayirma 24 ga teng. Ayriluvchini toping. 3. Ayriluvchi 19 ga, ayirma 26 ga teng. Kamayuvchini toping. 4. Zuhra 14 yoshda, uning singlisi esa undan 7 yosh kichik. Singlisi necha yoshda? 5. Qizcha 8 yoshda, akasi esa 6 yosh katta. Akasi necha yoshda? 6. Qizcha 9 yoshda, akasi esa 15 yoshda. Singil akasidan necha yosh kichik? I.Matematik diktant (takrorlash) 1. 80 ni 20 ga kamaytirish. 2. 46 ni 4 ga orttirish. 3. Kamayuvchi 80, ayriluvchi 6. Ayirmani toping. 4. Birinchi qo‘shiluvchi 30, ikkinchisi 18. Yig‘indini toping. 5. Yig'indi 40 ga teng, birinchi qo‘shiluvchi 8. Ikkinchi qo'shiluvchini toping. 6. Birinchi qo‘shiluvchi 50, ikkinchisi 4. Birinchi qo‘shiluvchi ikkinchisidan qanchaga katta ekanligini toping. Tekshiruv. O’qituvchi javoblarni aytadi, o'quvchilar esa o‘z natijalarini svetofor yordamida tekshiradilar. 7. Taqqoslang va >, < yoki = belgisini qo'ying (yozuv doskada beriladi): 45+18 va 64-18 2 dm 3 sm va 23 sm