Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


Boshlang’ich sinflarda 100 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o’rgatish mеtodikasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə57/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

Boshlang’ich sinflarda 100 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o’rgatish mеtodikasi.
1. O’quvchilarni yangi sanoq birligi o’nliklar bilan tanishtirish.
2. Xonalar bo’yicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikkita raqamdan, birlik va o’nlikdan iboratligini, bitta o’nlik esa o’nta birlikdan iboratligini o’rgatish.
3. 35 sonidagi ikkita raqam bir sonni bildirishini tushuntirish.
4. Raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan holda qo’shish va ayirish ko’nikmalarini shakllantirish.
5. 100 ichida sonlarni raqamlashni o’rgatishda predmetlarni bittalab va gruppalab sanashga o’rgatish.
6. 100 ichida sonlarni o’qish va yozishga o’rgatish xona birliklari bilan tanishtirish.
100 ichida raqamlashni o’rgatish ikki bosqichga ajratiladi:
11-20 sonlarni raqamlash va 21-100 sonlarni raqamlash.
10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni o’nli guruhlashga va raqamlarning o’rin qiymatlari printsipini qo’llanishga asoslangan: o’ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o’ringa, o’nliklar ikkinchi o’ringa yoziladi.
Boshlang’ich sinf matematikasini o’qitishda ko’rgazmalilikdan foydalanish juda katta ahamiyatga ega.
11 dan 20 gacha bo’lgan sonlarni raqamlashni o’qitishda o’quvchilarga quyidagilarni tushuntirish kerak. Har bir son o’zidan oldingi songa 1 ni qo’shish bilan osil qilinadi. 10+1=11; 11+1=12; 12+1=13; . . .; 19+1=20.
1 o’nlikda nechta birlik bor? 1 o’nlikda 10 ta birlik bor.
10 ta birlik nechta o’nlikka teng? 10 ta birlik 1 ta o’nlikka teng.
2 ta o’nlikda nechta birlik bor? 2 ta o’nlikda 20 ta birlik bor.

Birliklar

O’nliklar

Birliklar

O’nliklar

O’qituvchi o’quvchilarga 11 dan 20 gacha bo’lgan sonlarni tanishtirayotganda ularning tarkibini albatta tushuntirib berishi kerak. Chunki o’gzaki va yozma hisoblashda, o’nlikdan o’tib qo’shish va ayirishda sonlarning tarkibini bilish katta ahamiyatga ega.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin