Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar


Boshlang’ich sinflarda ko’p xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlarni nomеrlashga o’rgatish mеtodikasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə60/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

Boshlang’ich sinflarda ko’p xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlarni nomеrlashga o’rgatish mеtodikasi.
Bu mavzuda o’qituvchining vazifasi quyidagilardan iborat.
a) predmetlarni bittalab, o’ntalab, yuztalab, gruppalarga birlashtirib sanash;.
b) 1000 ichida sonlarni o’qish va yozish hamda ularni natural qatorda kelish tartibini bilish;
v) sonlarni yuzlik, o’nlik va birliklardan hosil qilish.
g) o’ngdan chapga hisoblaganda, birliklar, o’nliklar, yuzliklar qaysi o’rinda turishini bilish;
d) Sonni xona qo’shiluvchilari yig’indisi ko’rinishida yoza olish va xona birliklarini bilish.
1000 ichida sonlarni raqamlashni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni egallab olishlari kerak.
1. 1000 ichida sonlarni raqamlashni bilish, sonning hosil bo’lishini, o’zidan oldingi va keyingi sonlar bilan aloqadorligini bilish.
2. Har bir sonni sonlar qatoridagi o’rni.
3. Sonlarning o’rni qiymatlarini bilgan holda o’qiy va yoza olish.
4. Taqqoslash.
5. Sonni xonalar yig’inidisi ko’rinishida yoza olish.
6. Sonlarning natural ketma-ketligini bilgan holda qo’shish va ayirishni bajarish.
7. Uch xonali son va uchinchi xona birliklari tushunchasini bilish.
8. 100,...,200,...,300,...,400,...,500,...,600,...,700,...,800,...,900,
...,1000 sonlari orasini to’ldira bilish. Shu asosda 100 dan 1000 gacha sonlarni nomerlab chiqadilar.
9. Ishning navbatdagi bosqichida uch xonali sonlarning o’nli tartiblarini, ya’ni, ularning yuzliklardan va o’nliklardan, birliklardan hosil bo’lganini tushuntirish kerak. Buning uchun yuqoridagi cho’plar dastasi yoki kvadrat shakllardan foydalanish mumkin. Abak, cho’p kabi ko’rgazmalar ham foydalidir.
Yirik birliklarda ifodalangan sonlarni maydaroq sonlar bilan almashtirish va aksincha almashtirishga mashqlar bajarilishi kerak. Masalan, 2m, 3m, 5m ni sm ga aylantiring. 600 sm necha metrga teng va h.k.
Yozma raqamlash. Bu yerda ham oldin ikki xonali sonlarni yozma raqamlashni takrorlash zarur: 1) «Son» va «Raqam» terminlarining ma’nolarini va bular orasidagi farqlar. 2) Sonlarning yozilishida raqamlarning o’rin qiymati. 3) Ikki xonali sonlarning xona tarkibi tahliliga oid mashqlar bajarilishi kerak. Oldindan tayyorlangan cho’plar, kvadratlardan foydalanish zarur. Quyidagi mashqlarni bajarish yozma raqamlashga oid bilimlarni mustahkamlaydi.
1. Sonlarni daftaringizga tartib bilan yozing: 196, 169, 700, 1000, 86,...
2. Uch yuz bir soni va uch yuz o’n sonini yozing.
3. 696 bilan 703 soni orasidagi sonlarni yozing.
4. 5, 7, 9 raqamlari bilan yoziladigan barcha sonlarni yozing.
5. 635, 67, 306, 666 sonlardagi 6 raqami nimalarni bildiradi.
6. 6 yuzlik va 3 birlik, 5 o’nlik va 2 birlik, 10 ta yuzlik, 4 ta o’nlikdan iborat sonlarni yozing.
7. 71 va 701, 333 va 33, 500 va 501, 600, 601 va 160 sonlarini yozish uchun nechta raqam va nechta son kerak.
Bu mavzuda asosiy vazifa minglik tushunchasini tarkib topdirish, sinf tushunchasi mohiyatini yechish va shu asosda ko’p xonali sonlarni o’qish va yozishga o’rgatish, o’quvchilarning o’nlik sanoq sistemasiga oid bilimlarini, natural ketma-ketlikni, sonlarni yozishning pozitsion printsiplariga oid bilimlarini umumlashtirishdan iborat.
Ko’p xonali sonlarni raqamlash metodikasi oldin o’tilgan mavzularni davomi sifatida davom ettiriladi.
Ko’p xonali sonlarni raqamlashni (og’zaki va yozma) o’rganish ishini bir necha bosqichga bo’lish mumkin.
I. Tayyorgarlik ishi.
Bu bosqichning vazifasi bir xonali, ikki xonali va uch xonali sonlarni raqamlashning asosiy masalalarini takrorlash.
1) sonlarni o’qing. 526, 308, 700, 999, 1000, 528. Bu sonlarning har birida hammasi bo’lib qancha o’nlik, birlik, yuzlik bor?
2) quyidagilardan iborat sonlarni yozing: 8 yuzl, 2 o’nl, 6 bir; 9 yuzl, 4 bir.
3) mingda nechta yuzlik, o’nlik, birlik bor?
4) 2, 5, 3 raqamlaridan foydalanish mumkin bo’lgan hamma uch xonali sonlarni yozing. Shu sonlarning birini uning xona qo’shiluvchilari yig’indisi shaklida tasvirlang.
II. Raqamlashni o’rganish.
Bu bosqich o’quvchilarni 1-sinf birliklar sinfi va 2-sinf mingliklar sinfi, 3-sinf millionlar sinfi bilan, har bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishtirishdan iborat.
III. Ikkinchi sinf sonlarining hosil bo’lishi, o’qilishi va yozilishi bilan tanishtirish.
IV. 3-sinf ya’ni, olti xonali sonlarning hosil bo’lishi, o’qilishi va yozilishi bilan tanishtirish.
V. O’quvchilar bilim malakalarini mustahkamlash.
Bu mavzuni o’rganishda sinf tushunchasiga alohida e’tibor beriladi.
Chunki bu o’quv materialni o’quvchilar tomonidan yaxshi tushunib olish ko’p xonali sonlarni og’zaki va yozma raqamlash qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishiga omil bo’ladi. Shuning uchun I sinf - birliklar sinfi va II sinf - mingliklar sinfi, 3-sinf millionlar sinfi, ularning tuzulishlari, har bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishtirishdan iborat. Quyi sinf xona birliklaridan yuqori sinf xona birliklari qanday hosil bo’lishini o’quvchilar ongiga yetkazish kerak.

3-sinf

2-sinf

1-sinf

Millionlar sinfi

Minglar sinfi

Birlar sinfi

Yuz million-lar

O’n million-lar

Bir million-lar

Yuz minglar

o’n minglar

Bir mingalar

Yuzlar

O’nlar

Birlar

























2






















2

4



















3

5

7
















4

2

4

2













1

0

3

0

5










2

4

2

0

0

7







2

0

0

0

2

2

0




1

0

7

2

4

0

1

0

4

0

0

2

2

2

1

4

5

Ko’p xonali sonni o’qish uchun, uning yozuvini o’ngdan chapga qarab har birida uchtadan raqami bo’lgan sinflarga ajratiladi. Oxirgi (chapdagi) sinfda 3 ta, 2 ta yoki 1 ta raqam bo’lishi mumkin.
Ko’p xonali sonlarni o’qiganda qaysi xona birliga nol bo’lsa, o’sha xona birligi o’qilmasdan tushirib qoldiriladi. Masalan, 357 uch xonali son. Birlar sinfiga kiradi. 7 ta birlik 5 ta o’nlik 3 ta yuzlikdan iborat. Bu sonni uch yuz ellik yetti deb o’qiladi. Bu yerda barcha xonalar o’qilyapti. 10307 besh xonali son. Minglar sinfiga kiradi. 7 ta birlik 3 ta yuzlik 1 ta o’n minglikdan iborat. Bu sonni o’n ming uch yuz yetti deb o’qiladi. Bu yerda o’nlar xonasi va minglar xonasi o’qilmasdan tushirib qoldirilyapti.
Ko’p xonali sonlarni raqamlashga o’rganishda o’qituvchining asosiy vazifasi, ya’ni, sanoq birligi-minglik tushunchasini tarkib toptirish, sinf tushunchasi mohiyatini ochish va shu asosda ko’p xonali sonlarni o’qish va yozishga o’rgatish, o’quvchilarning o’nlik sanoq sistemasiga oid bilimlarni, natural ketma-ketlik, sonlarni yozishning mazmunan printsipiga oid bilimlarini aniqlash va umumlashtirishdan iborat.
Ko’p xonali sonlarni raqamlashni o’rganish natijasida o’quvchilar:
1. Milionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o’zlashtirib olishlari, ularning qanday hosil bo’lishini tushunishlari, ularning o’nli tarkiblarini bilib olishlari kerak.
2. Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilishlari kerak.
3. Milionlar sinfi ichida har qanday sonni o’qiy olishlari va yoza olishlari kerak.
4. Sonlarni taqqoslay olishlari kerak.
5. Har qanday sonni xona qo’shiluvchilarining yig’indisi shaklida tasvirlay olish, (berilgan sondagi birliklarning, o’nliklarning va h.k.)
6. Umumiy sonni topa olishlari, kichik xona birliklarini katta xona birliklari bilan va aksincha, katta xona birliklarini kihchik xona birliklariga almashtira olish.
7. Sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oldigan va nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo’lishlari kerak.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin