Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari Sahifalar



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə58/61
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#194950
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Maruza mashg\'ulot 2-kurs 4-semestr

O’nliklar

Birliklar

O’qilishi

Yozilishi

1

0

o’n

10

1

1

o’n bir

11

1

2

o’n ikki

12

1

3

o’n uch

13

1

4

o’n to’rt

14

1

5

o’n besh

15

1

6

o’n olti

16

1

7

o’n yetti

17

1

8

o’n sakkiz

18

1

9

o’n to’qqiz

19

2

0

yigirma

20

Masalan: 11, 12, 13 sonlarida, 11 soni bu – 1 ta o’nlik va 1 ta birlik; 12 soni bu – 1 ta o’nlik va 2 ta birlik; 13 soni bu – 1 ta o’nlik va 3 ta birlik;




10+1=11
1 o’nlik + 1 birlik=
=1 o’nlik 1 birlik=11

10+2=12
1 o’nlik + 2 birlik=
=1 o’nlik 2 birlik=12

10+3=13
1 o’nlik + 3 birlik=
=1 o’nlik 3 birlik=13

11 – 1=10
1 o’nlik 1 birlik –
1 birlik=1 o’nlik=10

12 – 2=10
1 o’nlik 2 birlik –
2 birlik=1 o’nlik=10

13 – 3=10
1 o’nlik 3 birlik –
3 birlik=1 o’nlik=10

11 – 10=1
1 o’nlik 1 birlik –
1 o’nlik=1 birlik=1

12 – 10=2
1 o’nlik 2 birlik –
1 o’nlik=2 birlik=2

13 – 10=3
1 o’nlik 3 birlik –
1 o’nlik=3 birlik=3





10+4=14
1 o’nlik + 4 birlik=
=1 o’nlik 4 birlik=14

10+5=15
1 o’nlik + 5 birlik=
=1 o’nlik 5 birlik=15

10+6=16
1 o’nlik + 6 birlik=
=1 o’nlik 6 birlik=16

14 – 4=10
1 o’nlik 4 birlik –
4 birlik=1 o’nlik=10

15 – 5=10
1 o’nlik 5 birlik –
5 birlik=1 o’nlik=10

16 – 6=10
1 o’nlik 6 birlik –
6 birlik=1 o’nlik=10

14 – 10=4
1 o’nlik 4 birlik –
1 o’nlik=4 birlik=4

15 – 10=5
1 o’nlik 5 birlik –
1 o’nlik=5 birlik=5

16 – 10=6
1 o’nlik 6 birlik –
1 o’nlik=6 birlik=6





10+7=17
1 o’nlik + 7 birlik=
=1 o’nlik 7 birlik=17

10+8=18
1 o’nlik + 8 birlik=
=1 o’nlik 8 birlik=18

10+9=19
1 o’nlik + 9 birlik=
=1 o’nlik 9 birlik=19

17 – 7=10
1 o’nlik 7 birlik –
7 birlik=1 o’nlik=10

18 – 8=10
1 o’nlik 8 birlik –
8 birlik=1 o’nlik=10

19 – 9=10
1 o’nlik 9 birlik –
9 birlik=1 o’nlik=10

17 – 10=7
1 o’nlik 7 birlik –
1 o’nlik=7 birlik=7

18 – 10=8
1 o’nlik 8 birlik –
1 o’nlik=8 birlik=8

19 – 10=9
1 o’nlik 9 birlik –
1 o’nlik=9 birlik=9





19+1=20
1 o’nlik 9 birlik + 1 birlik=1 o’nlik +1 o’nlik=2 o’nlik=20

10+10=20
1 o’nlik + 1 o’nlik =2 o’nlik=20

20 – 1=19
2 o’nlik– 1 birlik=1 o’nlik 10 birlik – 1 birlik =1 o’nlik 9 birlik=19

20 – 10=10
2 o’nlik – 1 o’nlik =1 o’nlik=10

20 – 19=1
2 o’nlik – 1 o’nlik 9 birlik=1 o’nlik 10 birlik – 1 o’nlik 9 birlik=(1 o’nlik – 1 o’nlik) + (10 birlik – 9 birlik)=1 birlik=1




20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash davomida o’quvchilar bir xonali son va ikki xonali son terminlari («Bir xonali son» va «Ikki xonali son» terminlarini o’quvchilar o’zlashtirishlari, ularni tushunishini va o’z nutqlarida ulardan foydalana olishni o’rganishlari kerak) bilan tanishadilar. O’quvchilarga quyidagi ko’rinishdagi topshiriqlarni berish yo’li bilan bu terminlardan tez-tez foydalanish kerak:
1) quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-alohida ajratib yozing: 1, 11, 5, 6, 13, 14, 10, 12, 15, 7, 18.
2) 7 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta ortiring. Ularni o’qing?.
3) 1 va 5 raqamlari yordamida avval bir xonali, so’ngra ikki xonali sonlarni yozing.
4) Faqat 3 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing.
Bu topshiriqni bajarishda 33 sonini yozish uchun bitta 3 raqamining o’zidan ikki marta foydalanilgan, ammo bu son bir xil ikkita belgi yordamida yozilganligiga o’quvchilarning e’tiborini qaratish kerak.
O’quvchilarni 20 ichida, so’ngra 100 ichida sonlarni o’rganishda avval tayyorgarlik bosqichi olib borilib so’ngra og’zaki raqamlash va yozma raqamlash amalga oshiriladi.
20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash davomida o’quvchilar bir xonali son va ikki xonali son terminlari bilan tanishadilar. Masalan: 3, 8, 10, 12, 17, 20.
Raqamlash jarayonida 11-20 sonlarini hosil bo’lishi didaktik materiallar bilan mustahkamlanadi.
1. Sonlar kassasidan 10 ta birlik oling va buni boshqacha qanday aytish mumkin? (bitta o’nlik)
2. O’n ikki sonida nechta o’nlik va nechta birlik bor?
3. Sanoq cho’plar yordamida 15 ta cho’pni ajrating, 10 ta cho’pni alohida o’nlik qilib bog’lang, bu nechta o’nlik va nechata birlik bo’lishini biling:
4. Uzunligi 13 ta bo’lgan qatorni chizing, 10 ta katakni bo’yang. Nechta katak bo’yalgan?
5. Bir o’nlik va beshta cho’p oling, hammasi qancha bo’ldi?
6. Qanday son bir o’nlik va 9 birlikdan iborat?
Quyida 20 da 29 gacha bo’lgan sonlarning xona birliklariga ajratish, o’qilishi va yozilishi keltirilgan.

O’nliklar

Birliklar

O’qilishi

Yozilishi

2

0

yigirma

20

2

1

yigirma bir

21

2

2

yigirma ikki

22

2

3

yigirma uch

23

2

4

yigirma to’rt

24

2

5

yigirma besh

25

2

6

yigirma olti

26

2

7

yigirma yetti

27

2

8

yigirma sakkiz

28

2

9

yigirma to’qqiz

29

1-sinf matematika darsligida 20 dan 100 gacha bo’lgan sonlarni 20 dan 29 gacha bo’lgan sonlar, 30 dan 39 gacha bo’lgan sonlar, va h.k. 90 dan 99 gacha bo’lgan sonlarga bo’lib o’rgatiladi.
Qolgan ikki xonali sonlar ham huddi shu tartibda hosil qilinadi.

O’nliklar

Birliklar

O’qilishi

Yozilishi

1

0

o’n

10

2

0

yigirma

20

3

0

o’ttiz

30

4

0

qirq

40

5

0

ellik

50

6

0

oltmish

60

7

0

yetmish

70

8

0

sakson

80

9

0

to’qson

90

Yozilishini tushuntiring:
20 + 10 =30
2 o’nlik + 1 o’nlik=3 o’nlik=30

30 + 20 =50


3 o’nlik + 2 o’nlik = 5 o’nlik = 50

50 - 10 =40


5 o’nlik - 1 o’nlik = 4 o’nlik=40

9 ta o’nlikdan iborat sonni yozing.


4ta o’nlikdan iborat sonni yozing.

100 ichida sonlarni raqamlashni o’rganishda o’qituvchining vazifasi o’quvchilarni quyidagilarni o’rgatishdan iborat.



  1. Predmetlarni bittalab, o’ntalab gruppalarga birlashtirib yozish.

  1. 100 ichida sonlarni o’qish va yozishni hamda ularning natural qatorida kelish tartibini bilish.

  1. Sonlarni o’nliklardan va birliklardan hosil qila olish (ya’ni sonlarning o’nli tarkibini bilish)

  2. O’ngdan chapga hisoblaganda birliklar (xona birliklari) o’nliklar (2-xona) qaysi o’ringa yozilishini aniqlash.

  3. Sonni (bir va ikki xonali) xona qo’shiluvchilarining yig’indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.

Boshlang’ich sinflarda 1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomеrlashga o’rgatish mеtodikasi.
1000 ichida sonlarni raqamlashni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni egallab olishlari kerak.
1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish, sonlar qatoridagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil bo’lishini, har bir berilgan son bevosita o’zidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va o’zidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunish.
2. Har bir sonning sonlar qatoridagi o’rnini bilish.
3. Raqamlarning o’rin qiymatini bilgan holda sonlarni o’qiy va yoza olish.
4. Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan o’rinlari bo’yicha taqqoslay olish
5. Sonni uning xona qo’shiluvchilarining yig’indisi bilan almashtira olish.
6. Sonlarning natural ketma-ketligi va o’nli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qo’shish va ayira olish.
7. “Uch xonali son”, “uchinchi xona birligi” terminlarini bilish.
O’quvchilar 1000 ichida sonlarni raqamlashni o’rganishda o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarni qo’yidagilarga o’rgatishdan iborat:
1) predmetlarni bittalab, o’ntalab va yuztalab gruppalarga birlashtirib sanash:
2) 1000 ichida sonlarni o’qish va yozish hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish:
3) sonlarni yuzliklardan, o’nliklardan va birliklardan hosil qilish (ya’ni sonlarning o’nli tarkibini bilish):
4) o’ngdan chapga hisoblaganda birliklar (1-xona birliklari), o’nliklar (2-xona birliklari) va yuzliklar (3-xona birliklari) qaysi o’ringa yozilishini aniqlash:
5) sonni (ikki xonali va uch xonali) xona qo’shiluvchilarining yig’indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
1000 ichida sonlarni og’zaki raqamlashga doirligini bir necha bosqichga ajratish mumkin.
1. Tayyorlash ishi.
I. Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida raqamlashga doir materialdan 1000 ichida sonlarni raqamlashga yordam beradigan ishlarni takrorlashdan iborat.
II. Avvalo o’quvchilarni yangi sanoq birligi minglik bilan tanishtirish kerak. Bu tanishtirishni ko’rsatmali qo’llanmalar yordamida amalga oshiriladi.
III. Og’zaki raqamlashni o’rganishda navbatdagi qadam o’quvchilarni natural qatorning 100 dan 1000 gacha bo’lgan sonlar bilan tanishtirish.
IV. Ishning navbatdagi bosqichida uch xonali sonlarning o’nli tarkiblarini, yuzliklardan, o’nliklardan va birliklardan hosil bo’lishi.
V. Yirik birliklar bilan ifodalangan sonlarni maydaroq birliklar bilan ifodalangan sonlar bilan almashtirish (ismli sonlar)
2. Yozma raqamlash. Ikki xonali yozma raqamlash qisman takrorlanib uch xonali sonlarni yozma raqamlashga o’tiladi. «Son» va «raqam» terminlarining ma’nolari va bular orasidagi farqlar; sonlarning yozilishida raqamlarning o’rin qiymati, shuningdek, ikki xonali sonlarning xona tarkibi tahliliga oid bir necha mashqlar bajariladi. O’quvchilarga sonlar kassasidan 0, 3,4, 10, 20, 70, 95, 100, 200, 500, 900, 999 sonlarni olib necha xonali ekanligi tahlil qilinadi. Masalan 547 sonini hosil qilish uchun 500 soni yozilgan va 40 soni yozilgan, 7 soni yozilgan ko’rgazmalar qator qilib doskaga tizib qo’yiladi va sonlardagi nollar berkitilib ustiga 40 soni, bu sondagi nolni bekitib 7 soni qo’yiladi, natijada 547 soni hosil bo’lishi tushuntiriladi.
O’quvchilar bilan sonlar xonalari takrorlanib, «Birinchi xona birliklari», «Ikkinchi xona birliklari» tushunchalariga asoslanib yangi tushuncha «Uchunchi xona birliklari», ya’ni, uch xonali sonlar bilan tanishtiriladi. O’quvchilarning oldin olgan bilimlari asosida «Son» va «raqam» terminlari qanday tushunilganligi tahlil qilinadi. Sonlarning yozilishida noldan foydalanishga alohida e’tibor beriladi. Kuzatishlarga asoslanib quyidagi xulosa chiqariladi: o’ngdan chapga qarab hisoblaganda birliklar birinchi o’ringa (ular birinchi xona birliklari deb ataladi), o’nliklar ikkinchi o’ringa (ular ikkinchi xona birliklari deb ataladi), yuzliklar uchunchi o’ringa yoziladi. 1000 sonini qanday yozilishi ko’rsatiladi.
Quyidagi mashqlarni bajarish yozma raqamlashga oid bilimlarni mustahkamlaydi:
1. Sonlar qatorini yozing: 192, 365, 449, 852, 973, 1000, 43, 100, 135, 299,……….
2. Uch yuz o’n va uch yuz yigirma olti soni qanday yozilishini tushuntiring.
3. 865 va 943 orasida yotuvchi sonlarni hammasini yozing.
4. 3,6,9 raqamlari yordamida hosil qilish mumkin bo’lgan barcha uch xonali sonlarni yozing.
5. Quyidagi sonlarning yozilishida 9 raqami nimani bildiradi?
923, 995, 293, 906, 609, 590, 559, ……….
6. Uchta yuzlik va oltita birlik: 4 ta o’nlik va 2 ta birlik: oltita yuzlik va 6 ta o’nlikdan iborat sonni yozing.
Og’zaki raqamlashni, so’ngra yozma raqamlashni o’rganishda sonlarni xona qo’shiluvchilariga ajratishga keltiriladigan qo’shish va ayirish hollari qaraladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin