Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab amaliyetida o`qituvchi maxorati masalalari



Yüklə 209 Kb.
səhifə26/52
tarix17.02.2023
ölçüsü209 Kb.
#84778
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama

Kommunikativlik qobiliyati deganda biz o’qituvchining bolalar bilan muloqatda bo’lishga, o’quvchilarga yondashish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashda pedagogik nazokatning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatlarni tushunamiz.
Psixolog olimlarning fikriga qaraganda, kommunikativlikda eng muhimi – bolalarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo’llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o’quvchi shaxsining psixologik hususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olishning zarurligidir.
O’qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o’quvchilar bilan muloqatidir. Nutq - bu og’zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so’zlar og’zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So’zlar eshittirib yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo’yilishi yoki kar – soqov kishilarda biron - bir mohiyatga ega bo’lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.
Og’zaki kommunikatsiya ta’sirini kuchaytirishda munosabatga kiruvchilarning fazoda joylashuvi muhi3m ahamiyatga egadir. Nutqsiz kommunikatsiyada qo’llanilayotgan vositalarining - axborotning so’z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatning tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og’zaki va nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir.
O’qituvchilardagi aynan kommunikativ qobiliyat bu kasb uchun juda muhimdir. Sababi o’qituvchining o’quvchilar bilan muomila munosabatida, ta’lim – tarbiya jarayonida o’z bilganlarini, qoidalarni nutq ya’ni - og’zaki yoki yozma nutqda ifoda etadi. Imo – ishora orqali fikr bayon etiladi, ammo ko’p hollarda imo-ishora yordamchi vazifasini bajaradi.
O’qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi, oqibat natijada o’quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta’sir ko’rsatishga, ya’ni o’quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, hatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo`nalgan bo’ladi..
Pedagogikaga oid adabiyotlarda «pedagogik ta’sir ko’rsatish» iborasi ishlatiladi. Bu o’qituvchi bilan muloqatda o’quvchini go’yo passiv (suts) holatda bo’lishlarini oldindan belgilab ko’rsatilgandek tuyuladi.
2.O‘qituvchining kommunikativ ko‘nikmasi: “yuzni o’qish san’ati”, o‘zgalar holatini tushuna olish, o‘zini namoyon kila bilish, Nutq vositasi hamda so‘zsiz holatda inson ruxiyatini tushuna olish.
Bu bоlaning ichki dunyosi, his – hayajоn va kеchinmalarini bir qarashda sеzish, tushuna оlish qоbiliyatidir... «-Insоnning afti – basharasiga qarab, bоlaning yuziga qarab o`qiy оlish kеrak ... Birоvning yuziga qarab uning ichki kеchinmalarini bilib оlishda hеch qanday ayyorlik, aql bоvar qilmaydigan narsa yo`q». –dеb yozgan edi. A.S.Makarеnkо. Bu qоbiliyat o`qituvchiga ruhiyatning eng nоzik, murakkab masalalarini sеzishga, bоlaning ruhiy hоlatini dar hоl ilg`ab оlishga yordam bеradi. Bu qоbiliyatga ega bo`lishi uchun o`qituvchi bоlalar bilan dоimо, ya’ni, tanaffus paytida ham, darsda ham, darsdan kеyin ham birga bo`lishi, mulоqоt qilishi, kuzatib yurishi lоzim. SHundagina o`qituvchi har bir kishida insоnga hоs hislatlarni ko`ra оlishi mumkin.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin