Ma’ruza materiallari 1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Yüklə 130,04 Kb.
səhifə4/17
tarix02.01.2022
ölçüsü130,04 Kb.
#35811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Ma’ruza materiallari 1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni (1)

Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o`z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo`lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so`zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to`rtta to`plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.

Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo`lgan manbalarda ham o`z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo`lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o`rab turgan borliq, uning hayotdagi o`rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.

Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo`linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.

Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo`lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo`lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo`nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proporsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bo`lmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.




Yüklə 130,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin