Ma’ruzalar matni 1-Mavzu. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti va o‘rganish usuli reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə54/77
tarix07.01.2024
ölçüsü1,27 Mb.
#204938
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
ИТТдан маърузалар лотин

«Ijtimoiy bozor xo‘jaligining» mohiyati
GFR neoliberalizm nazariyotchilari «erkin bozor» va adolatli taqsimot prinsiplarini «ijtimoiy tenglik»prinsipi g‘oyasi bilan birga qo‘shimcha muvaffaq bo‘ldilar. Birinchi marta uning konsepsial g‘oyasi A.Myuller-Armakning «Xo‘jalik boshqaruvi va bozor xo‘jaligi» (1947) kitobida izohlanadi, bunda «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» matni ham birinchi bor qo‘llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar V.Rebke, L.Erhard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
V.Rebkening «nemis iqtisodiy siyosati to‘g‘rimi?»(1950) degan kitobi muqaddimasida GFR konsleri K.Adenauer «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilinganligini bayon etadi.
V. Rebke harakteristikasi bo‘yicha, «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» - «iqtisodiy insonparvarlik» sari yo‘ldir. U o‘zining «Insonparvar jamiyat» asarida kollektivizmga - persinolizm, xoqimiyat konsentratsiyasiga - erkinlik, sentralizmga - detsentralizm, tashkilotchilikka - o‘zini-o‘zi boshqarishni qarshi qo‘yadi va boshqalar. 1957 y. XDS ning navbatdagi s’ezdida L.Erhard, V.Rebke g‘oyalarini qullagan holda GFR da «ijtimoiy bozor xo‘jaligi»ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erhard o‘z maqolasida avvalo «erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo‘jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi» deb ta’kidlangan edi. 1965 y. partiyaning navbatdagi s’ezdida L.Erhard GFRda «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» ni tashkil etish dasto‘rining nihoyaga etganligini e’lon qildi. Bu dastur mamlakatni «rasmiylashgan jamiyat»ga aylantirildi.
«Rasmiylashgan jamiyat» doktrinasi L.Erhard va uning maslaxatdoshlari bo‘yicha bu eng yaxshi «tabiiy iqtisodiy tartib» ni izlash bo‘lib, unga «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» orqali yetishish mumkin. Unda ijtimoiy tizim va ishlab chiqarish munosabatlarining besh shakli (tipi), sinflarining antogonizmi to‘g‘risidagi markscha g‘oyalar qat’iyan inkor etiladi. Bu g‘oyalar V.Oykenning inson jamiyati uchun faqat ikki tipdagi iqtisodiyot: «Markazdan boshqariladigan» (totalitarizm) va «Almashuv iqtisodiyoti» (boshqacha matn bo‘yicha-«erkin, ochiq xo‘jalik») xos, konkret tarixiy sharoitlarda biron tip belgilarining ustuvorligi bilan qo‘shma shakli ham mavjud bo‘ladi.
Valter Oyken (1891-1950) «Milliy iqtisodiyot asoslari» (1947) asarida (9 mrta qayta nashr etilgan) iqtisodiyotni qayta tashkil etishning asosiy shakllarini tiplarga bo‘lish muammolarini fundamental ishlab chiqdi. Asli tarixchi bu olim kitobning «Iqtisodiy tizimlar» bobida bir xil jamiyatda ikkita ideal iqtisodiyot tiplari o‘zaro birga yashaydi, bular almashuv va markazdan boshqariladigan iqtisodiyotlardir. Markazdan boshqariladigan iqtisodiyotga xos narsa shuki, har kungi jamiyatning iqtisodiy hayoti bir markazdan keluvchi reja (plan)lar bilan tartibga solinadi. Agar jamiyat iqtisodiyoti ikki yoki undan ortiq alohida xo‘jaliklardan iborat bo‘lsa (ularning har biri o‘z rejalarini to‘zadi va amalgi oshiradi), bu «almashuv iqtisodiyoti» sistemasidir.
Turli tarixiy sharoitlarda ko‘pinsa bu sistemalar aralash holda bo‘ladi, bu bir qancha misollar bilan isbotlab beriladi. Shu bilan birga, Oyken bo‘yicha, eslab o‘tilgan tiplar uch shaklda amalga oshadi, uning har biri quyidagicha ta’riflanadi: a)totalitar markazdan boshqariladigan iqtisodiyot (almashuv umuman inkor etiladi; mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol ohirgi maydo-chuydaga markaziy boshqarma buyruqlari asosida amalga oshiriladi); b) iqtisodiyotni markazdan boshqarish asosida iste’mol mollarini erkin almashuv (markaz tomonidan belgilanadigan «ishlab chiqarish kuchlaridan» foydalanish usullari, ishlab chiqarish jarayonining vaqtli tarkibi, maxsulotlarni taqsimlash usullari va boshqalar asosida amalgi oshiriladi. 1-variantdan farqli ravishda bu yerda iste’molchilar almashuv yo‘li bilan ajratilgan iste’mol mollariga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin); v) erkin iste’mol tanlovi asosidagi markazdan boshqariladigan iqtisodiyot (boyliklarni iste’mol uchun odatda markaziy inspatsiya ishlab chiqarishni belgilagan maxsulotlar ichidan erkin tashlash mumkin).
«Eruie bozor xo‘jaligi» avtomatik ravishda faoliyat yurita olmasligini V.Rebke va L.Erhard, ishlab chiqarish anarxiyasining har qanday ko‘rinishlariga qarshi davlatning shunga muvofiq choralarni qo‘llash uchun iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi tan olinadi. Bu aralashuv erkin va ijtimoiy zarur jamiyat tuzumi sintezi (qo‘shilishi)ni ta’minlashi kerak. Rebke-Erhardning obrazli ifodasiga ko‘ra, davlat roli fo‘tbol maydonidagi sudya (orbitor) bilan tenglashtiriladi, orbitor fo‘tbol kamandalari o‘yinini ma’lum qoidalar asosida diqqat bilan ko‘zatib va boshqarib boradi, ammo o‘yinda bevosita ishtirok etishi xaqqi yo‘q. Boshqa so‘z bilan aytiladigan bo‘lsa, davlat erkin bozor xo‘jaligining ideal tipi bo‘lgan «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» faoliyati sharoitini ta’minlash uchun erkin raqobat («xalol o‘yin») «qoida»larining saqlanishi ustidan nazoratini olib borishi kerak. Undan tashqari davlat baho shakllanishi sharoitini nazorat qilishi, monopol baho o‘rgatilishiga bo‘lgan urunish harakat oldini olishi, monopoliyasiz tovar-pul xo‘jaligida xususiy mulkning qo‘riqlanishi ustuvor ahamiyatini kafolatlashi kerak.
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizmning «barcha uchun farovonlik jamiyati» konsepsiyasi bilan hamohangdir. chunki ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya va sinfiy antegonizm inkor etiladi. Bu modellardan bundan tashqari davlatning faol ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) g‘oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va teng imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar barqarorligining o‘sishi, asosiy maehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va boshqalar ko‘zda tutiladi.
Keynchilikka muqobil ravishda AQShda neoliberalizmning Chikago maktabi vujudga keldi, uning monitar (pul bilan bog‘liq) g‘oyalari Chikago universitetida 20 yy. paydo bo‘ldi. Ammo neoliberal yo‘nalish harakatida amerika monetarizmi mustaqil keyinchalik ilg‘orlik pozitsiyalarni faqat 50-yillar ohiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912) nashrlari muhim ahamiyat kasb etdi (1976 yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Novbel mukofoti laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, investitsiyalar) o‘rniga aynan pulli omillarni afzal ko‘rdilar.
1958 yil A.U.Fillipsning empirik egri chizig‘i paydo bo‘lishi bilan pul hisobidagi ish haqining yillik foiz o‘zgarishi va ishsizlik darajasi (hissasi) o‘rtasidagi bog‘lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913 yillar Angliyadagi real ma’lumotlardan foydalanilgan. 1964 yil P.Samulson o‘zining mashhur «Ekonomiks» darsligining 6 nashriga shu grafikni kiritdi va uni Fillips egri chizig‘i deb atadi. Avvalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflyatsiyasiz to‘la bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri chiziqqa ko‘ra, baholar mo‘tadilligi va ishsizlik nomuvofiq xodisalar bo‘lib chiqdi, askincha konflikli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirish inflyatsiyani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi, inflyatsiyani pasaytirish esa odatda ishsizlar ko‘payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqtning o‘zida turg‘un baholar va to‘la bandlikka bo‘lgan ishonch, barqaror baho va to‘la bandlik o‘rtasida tanlash bilan o‘rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig‘ini har tomonlama o‘rganib, u (egri chiziq) har doim ham turg‘un emasligi ma’lum bo‘ldi, ayniqsa 60-yillar ohirida ko‘pgina mamlakatlarda inflyatsiya o‘sishi «mantiq»qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, balki uning o‘sishi va 70-yillar boshida esa inflyatsiya va ishsizlikning bir vaqtda o‘sishi bilan ro‘y berdi.
M.Fridmen iqtisodiy jarayonlarda pul, pul massasi va pul muomalasi ahamiyatini ko‘tarishga harakat qildi. Pulning aslida neoliberal monetar konsepsiyasi AQShning respublika (1969-1970yillar Nikson prezidentligi davrida) hukumati tomonidan sinovdan o‘tdi (bunda M.Fridmen prezident maslahatchisi edi). Ammo monetar iqtisodiy g‘oyalar AQShning keyingi prezidenti davrida yaxshi natija berdi. Tarixda va iqtisodiyotda reygonomika deb nom olgan bu siyosat dollar real mustahkamlangan bir sharoitda inflyatsiyani kamaytirish mumkin bo‘ldi, R.Reygan prezidentlik davrida yangi 14 million millioner - tadbirkor paydo bo‘ldi. Demokrat B.Klinton (8 yil) prezidentligi davrida ham shu siyosat davom ettirildi va yaxshi natija berdi.
Fridmen konsepsiyasi asosiy masala davlatning qattiqqo‘l pul siyosatidir (boshqalardan, masalan, Keynsdan farqi). Bu Fridmenning «ishsizlik tabiiy normasi» tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, kon’yutura holatiga bog‘lanmagan holda, har yili pul massasi 3-4 foizga doim va turg‘un (stabil) ravishda oshirib borilishi kerak. AQSh ning qator yillar davomida yalpi milliy mahsuloti o‘sishi o‘rtacha sur’atlarini hisobga olib, milliy iqtisodiyotning maksimal mumkin bo‘lgan darajasi aniqlanadi.
Fridmenning «ishsizlik tabiiy normasi» konsepsiyasi institutsional, shuningdek qonuniy hujjatlarga asoslanadi (masalan, kasaba qo‘mitalari, minimal ish haqi to‘g‘risidagi qonun) .
Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyandasi asli Avstriyadan chiqqan amerikalik Lyudvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. Ularning maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sotsialistik xo‘jalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor o‘zoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks ettirmaydi. Uningcha, sotsializmning «tartibga solinadigan iqtisodiyot»i rejalarni o‘zboshimchalik bilan to‘zadigan tashkilotchilarning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro‘y beradi. Yagona oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: «Liberalizm», «Insoniy harakat: iqtisodiyot to‘g‘risidagi traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari» va boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi Fridrix fon Xayek asli nemis bo‘lib, asosiy faoliyatini Angliyada ko‘rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati bo‘lgan. U o‘zining «Qullik sari yo‘l» asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya’ni yakkahoqimlikka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xo‘jalikda bozor tizimining «aralash» va «buyruqbozlik» iqtisodiyotidan ustunligini ko‘rsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e’lon qiladi, kapitalizm davrida ekspluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik g‘oyalari to‘la tushkunlikka mahkumligi va o‘z tabiatiga ko‘ra halokatli ekanligini ta’kidlaydi.
Bu ta’limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi tanish bo‘lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberalizmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi Lyudvig Erhard (1897-1877) yaratgan nazariya «ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligi»ning asosini tashkil etadi. U o‘z nazariyasini yaratdi va uni GFRda kansler Adenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo‘jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo‘naltirilgan rivojlanishini ta’minlashi kerak. Bu g‘oyalar L.Erhardning 1956 yilda chop etilgan «Barcha uchun farovonlik» kitobida ifodalab berilgan. Nemis olimlari A.Ryustov, Volter Oyken (1891-1950), shveysariyalik V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya’ni «o‘rta yo‘l» ta’limotiga asos solgan bo‘lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular «insonparvar jamiyat», «xo‘jaliklarning ideal tiplari» haqida fikr yuritadilar.
Bu model «asoschilari»dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke kapitalizm va sotsializm orasidagi «uchinchi yo‘l» borligini ko‘rsatib berdi. Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo‘lmish GFR, Shvesiya va boshqalar shu yo‘lni tanladilar (Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., «Sharq» NMK, 1996, 5-bet).
Dastlab 1961 yilda paydo bo‘lgan «ratsional ko‘tilmalar» nazariyasi hozirgi davrda keng targ‘ib etilmoqda. J.F.Mo‘t tovarlar va qimmatli qog‘ozlar bozoriga bag‘ishlangan maqolasida «nima uchun biron bir qoida yoki formula hech qachon narxlarning o‘zgarishini to‘g‘ri prognoz qila olmaydi?» degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha, amalda barcha mavjud informatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta ishlanadi va ularning ko‘ra bilishi, demak «ko‘tilmalar» ratsional bo‘lib chiqadi.
70-yillarda keynschilik siyosati AQSh iqtisodiyotida makroekonomik masalalarni hal etishda samarasiz bo‘lib qoldi, shunda R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Mo‘tning maqolasida aytilgan g‘oyalarni takomillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini «ratsional ko‘tilmalar» asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy agentlar ham o‘z kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qo‘lidagi informatsiya asosida shakllantiradilar va o‘z-o‘zidan tushunarliki, iqtisodiyotga siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun harakat qiladilar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini shakllantirishda, ya’ni narxlar o‘zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy baholarni aniqlash kabi usullardan foydalanar ekanlar. Bu ko‘tilmalar har doim ham bexato bo‘ladi, degani emas va ko‘ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot tasodifiy, oldindan aytib bo‘lmaydigan shok o‘zgarishlariga uchrab turadi, bu esa narxlarning sub’ektiv ko‘tilmalarining o‘rtacha miqdoriga yoki «matematik ko‘tilma»ga teng bo‘ladi, bu aslida ob’ektiv taqsimotdir. Ratsional prognoz yoki ko‘tilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har doim nolga teng bo‘ladi. R.I.Lukas «ratsional kutilmalar» nazariyasi uchun 1995 yilda Nobel mukofoti laureati bo‘ldi.


XULOSA

Hozirgi iqtisodiy ta’limotlar tarixida institutsionalizm muhim o‘rinni egallaydi. Bu yo‘nalish tub ma’nosi bo‘yicha klassik maktabga muholif deb qaralishi mumkin, chunki bu ta’limotda iqtisodiy kategoriyalar ikkinchi darajali bo‘lib, asosiy e’tibor institut (davlat, oila, monopoliya, urf-odatlar, huquq, kasaba qo‘mitalari va boshqalar)larga qaratiladi, noiqtisodiy omillar yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy maktabi qoidalari keng qo‘llaniladi, ammo to‘la yaqdillik yo‘q. Institutsionalizm uch oqimga bo‘linadi, bular ijtimoiy-psixologik (texnokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-huquqiy (yuridik, J.Kommons), kon’yunktur-statistik (empirik- prognoz, U.Mitchell). bu tadqiqotlarda islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-oqim), omma fikriga quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, ma’muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomillashtirish (2-oqim), iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida o‘rganish, uning o‘zgarishi, siklik holati, matematik apparatni keng qo‘llash, keyingi taraqqiyot bo‘yicha prognozlash (3-oqim) xosdir. Bu yo‘nalish qonun-qoidalari hayotda o‘z tatbiqini topmoqda, ammo prognozlar doim ham aniq emas. Masalan, AQShda 1929 yil ravnaq yili deb bashorat qilingan edi, ammo amalda «Buyuk depressiya» boshlandi.


X1X asr oxiri - XX asrlarda iqtisodiyotning monopollashuv jarayoni kuchaydi, bu sharoitda avvalgi «sof raqobat», «sof iqtisodiyot » qoidalari amaliy hayotga javob bermay qoldi. Monopol sharoitda nomukammal raqobat qonunlari yuzaga keladi. Bu hodisalar amerikalik E.Chemberlin va ingliz J.Robinson xonim tomonidan tadqiqi qilindi. Bu olimlarning tadqiqotlarida monopoliyaning asosiy mohiyati taklif ustidan nazorat ekanligi ko‘rsatiladi. Monopoliya sharoitida «mahsulotning differensiatsiyasi» ro‘y beradi va alohida tovar alohida haridorga hizmat qiladi, ma’lum tovarga afzallik beriladi. Bu sharoitda raqobatning baholanmagan omillarimahsulot sifati va reklasi, fabrika, firma markalari, o‘ziga xos qadoqlash, rang , shakl va boshqalar ahamiyati ortadi. «Quvvatlar ortiqchaligi» fenomeni ko‘zatiladi, chunki tovar bahosini sun’iy oshirish yo‘li tutiladi, monopol foyda nazariyasi ilgari suriladi.
E.Chemberlin fikricha, monopol sotuvchilar o‘rtasida ham raqobat doimo mavjud, chunki liberal g‘oyalarda ham, monopoliyalarda ham sof raqobat yo‘q. Olimning so‘nngi asarlarida nomukammal va monopolistik raqobatlar deyarli tenglashtiriladi va monopoliyalar tabiiy mohiyatga degan optimistik xulosa chiqariladi (markscha-lenincha qarashlarda ularga o‘lim belgilangan). J.Robinsonning asosiy g‘oyalari yuqoridagilardan ancha farq qiladi, monopoliya sharoitida ishlab chiqarish omillarining ekspluatatsiyasi, mayda korxonalarning yutib yuborilishi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Haridor monopoliyasi - monopsaniya tushunchasi kiritiladi. Samaradorlik yoki adolat dilemmasini yechish kerak bo‘ladi deb yakunlaydi olima.
Neoliberalizm keynschilik ta’limoti davrida yuzaga keldi, ammo davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat «sport sud’yasi» vazifasini bajarishi, ya’ni erkin iqtisodiyot qonun-qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo‘nalishning yirik uch markazi Germaniya, AQSh va Angliya paydo bo‘ldi. Germaniya ijtimoiy bozor xo‘jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat iqtisodiy siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda, xususan, mustaqil O‘zbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Chikagoda paydo bo‘lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi bilan mashhur bo‘ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo‘l pul siyosatidir, har yili kon’yukturaga bog‘lanmagan holda pul massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo‘l AQShda yaxshi natija berdi.
Neoliberalizm keynschilik ta’limoti davrida yuzaga keldi, ammo davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat «sport sud’yasi» vazifasini bajarishi, ya’ni erkin iqtisodiyot qonun-qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo‘nalishning yirik uch markazi Germaniya, AQSh va Angliya paydo bo‘ldi. Germaniya ijtimoiy bozor xo‘jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat iqtisodiy siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ijtimoiy va boshqa mamlakatlarda, xususan, mustaqil O‘zbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Chikagoda paydo bo‘lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi bilan mashhur bo‘ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo‘l pul siyosatidir, har yili kon’yukturaga bog‘lanmagan holda pul massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo‘l AQShda yaxshi natija berdi.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin