KIRISH
“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida “Davlat ta’lim standartlari” va modemizasiyalashtirilgan dastur mazmunini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Dastur mazmunida talabalar fan bo‘yicha oladigan bilimini zamon talabi darajasiga yetishida, pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion texnologiyalar yutuqlari asosida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablarini bajarish maqsadida bo'lajak boshlangi‘ch sinf o'qituvchilari metodik tayyorgarligini yuqori darajada rivojlantirishga erishish kabi eng muhim vazifalarni hal etilishiga qaratilgan.
Fanning maqsadi va vazifalari Fanning maqsadi - bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga matematika o'qitish metodikasi fanidan muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalami shaklantirish va ualami amalda qo‘llay olishini ta’minlash.
Fanning vazifalari- talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish.
Shunigdek o‘qitishda:
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlami amalga oshirish;
nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;