Mashinali o‘qitishga kirish



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix03.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#106661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-mavzu (MO\' as.tush. va qo\'lanilishi)

Bilimlar. Bilimlar - bu PrSdagi obyektiv qonuniyatlar (prinsiplar, aloqalar
qonunlar) bo’lib, ular amaliy faoliyat va professional tajribalar natijasida olinadi va 
mutaxassislarga ushbu sohada masalalarni qo’yish va yechishga imkoniyat yaratadi.
Bilimlar bu yaxshi strukturalashgan ma’lumotlar, yoki ma’lumotlar haqidagi 
ma’lumotlar, yoki metama’lumotlar. 
Bilim tushunchasi boshqa ko’plab fundamental ilmiy tushunchalar (algoritm, 
intellekt, faoliyat va h.k) kabi intuitiv shaklda aniqlanadiganlar tipiga kiradi. 
Ba’zi PrS haqidagi bilimlar ushbu PrSdagi obyektlar haqidagi ma’lumotlar 
majmuasidan, ushbu sohadagi obyektlarning muhim xossalaridan va ularni 
bog’lovchi munosabatlardan, jarayonlar hamda unda vujudga keladigan 
vaziyatlardan hamda ushbu vaziyatlar bilan bog’liq muammolarni tahlil qilishdan 
iborat.
Bilim tushunchasi ma’lumot yoki axborot tushunchasidan qanday farq
qiladi?  
Bilim –bu tashqi olamdan tirik mavjudod (subyekt) yordamida idrok etilgan
axborotlar. Bilimning ma’lumotdan farqli tomoni uning subyektivligidadir [2]. 
Bilim subyektning hayotiy tajribalariga, uning tashqi olam bilan o’zaro aloqalar 
tarixiga, ya’ni uning o’rganish va o’zini-o’zi o’rganish jarayonlariga asoslanadi.
SI 
bo’yicha 
yaratilgan 
adabiyotlarga 
asoslangan 
holda 
bilimning 
ma’lumotlardan farqli tomonlarini quyidagicha ko’rsatish mumkin  [2-4]:
• bilimlar ko’proq strukturalashgan bo’ladi; 



• bilimlarda ma’lumotlarga o’xshab bilimlarning alohida elementlari emas, 
balki ular orasidagi o’zaro bog’liqlik muhim ahamiyatga ega; 
• bilimlar ma’lumotlarga nisbatan o’zini-o’zi izohlovchi bo’ladi, ya’ni 
bilimlarda ulardan qanday foydalanish haqidagi axborotlar mavjud 
bo’ladi; 
• 
bilimlar ma’lumotlarga nisbatan faolroq bo’ladi, ya’ni bilimlar ulardan 
foydalanayotgan tizim harakatiga ta’sir etishi mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, bilimlar bilan ma’lumotlar orasida qat’iy chegara 
yo’q, chunki oxirgi 20 yillar mobaynida ma’lumotlar bazalarini boshqaruvchi 
tizilarni yaratuvchilar ma’lumotlarni va bilimlarni bir-biriga o’xshash qilib 
qo’ydilar. Misol sifatida ma’lumotlar bazalarini loyihalashda semantik to’rlarni 
qo’llash, obyektga yo’naltirilgan ma’lumotlar bazalarining paydo bo’lishi, 
saqlanuvchi protseduralar va h.k.larni keltirish mumkin. Shunday qilib, 
bilimlarning ma’lumotlardan yuqorida keltirilgan farqli tominlari informatika 
vositalarining rivojlanishi bilan bir-biriga yaqinlashib bormoqda.
EHMda ishlatiladigan axborot protsedurali va deklarativga ajratiladi [2-4]. 
Protsedurali axborot masalani yechish jarayonida bajariladigan dasturlarda 
moddiylashtirilgan, deklarativ axborot - bu dasturlar ishlatadigan ma’lumotlarda 
moddiylashtirilgan bo’ladi. EHMda axborotlarni tasvirlashning standart shakli 
mashina so’zi hisoblanadi. Mashina so’zi mazkur EHM turi uchun aniqlangan 
ikkilik razryadlar - bitlardan tashkil topgan. Ammo bir qator hollarda mashina so’zi
baytlar deb nomlangan 8ta ikkilik razryadlar bo’yicha guruhlarga ajratilmoqda.
Hozirda mavjud ko’pgina EHMlarda axborotni mashina so’zining ixtiyoriy 
razryadlar to’plamidan bir bitgacha olish mumkin. Ko’pgina EHMlarda ikki yoki 
undan ortiq mashina so’zlarini katta uzunlikdagi bitta so’zga birlashtirish mumkin.
EHM strukturasining rivojlanishi bilan parallel ravishda ma’lumotlarni 
tasvirlash uchun axborot strukturalarning rivojlanishi sodir bo’ldi. Ma’lumotlarni 
vektor va matritsa ko’rinishida tavsiflash usullari paydo bo’ldi, ro’yxat va iyerarxik 
strukturalar vujudga keldi. Hozirda yuqori darajali dasturlash tillarida abstrakt 
ma’lumotlar turlari qo’llanilmoqda. Ularning strukturasi dasturchi tomonidan 
beriladi. Ma’lumotlar bazasi(MB)ning paydo bo’lishi deklarativ axborotlar bilan 
ishlash bo’yicha yana bir ilgari qadam bo’ldi. MBda bir vaqtning o’zida katta 
hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi mumkin, MBni boshqarish tizimlarini tashkil 
etuvchi maxsus vositalar esa ma’lumotlarni samarali manipulyasiya qilishga, kerak 
bo’lganda bazadan ma’lumotlarni olish va ularni kerakli tartibda bazaga yozishga 
imkon beradi.
EHMda bilimlar ma’lumotlar kabi belgili ko’rinishda – formulalar, matnlar,
fayllar, axborot massivlar va sh.k. ko’rinishida tasvirlanadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin