Mashinali o‘qitishga kirish



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix03.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#106661
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-mavzu (MO\' as.tush. va qo\'lanilishi)

Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari. Ushbu sohada shaxsni anglab olish, shaxs 
ovozini va yuzini tanib olish, avtomobillarning tartib raqamini tanib olish, 
aerokosmik rasmlarni tahlil qilish, axborot oqimlarni monitoring qilish, 
yasama(imzo, rasm, so’z, chek va h.k.)larni aniqlash kabi masalalar yechiladi. 
Misol: yasama cheklarni aniqlash tizimi (Tearing up the Rules, Banking 
Technology, noyabr 1993). 
Axborotlarni kiritish va ishlash. Ushbu sohada qo’lyozma cheklarni ishlash, 
imzolarni, barmoq izlarini va ovozlarni aniqlash, kompyuterga iqtisodiy va soliq 
xujjatlarini kiritish kabi masalalar yechiladi. Misol: to’lov xujjatlarini va soliq 
deklaratsiyalarini avtomatik kiritish va anglab olish uchun Flex Read seriyali 
paketlar. 
Rossiyada RASPOZNAVANIE dasturiy tizimi ishlab chiqilgan boʻlib, undagi 
dasturlar bibliotekasi chiziqli, mantiqli, statistik, neyrotoʻrlar, bashoratlashning 
gibrid usullari, bashoratlash usullari, sinflash va pretsedentlardan bilimlarni olish, 
hamda bashoratlash va sinflashning uyushgan usullari bilan ta’minlangan. 
RASPOZNAVANIE tizimi tarkibiga kiruvchi dasturiy paketlar (PARK, OBRAZ, 
DISARO, LOREG va TaxonSearch) koʻplab amaliy masalalarni yechishda 
qoʻllanilgan va amaliyotga tadbiq etilgan:
Biznes va va moliya sohasida: kvartiralarning narxini baholash; kreditli 
artochkalarni nazorat qilishda; harakatdagi obyektlarni tanib olishda. 
Tibbiyotda va sogʻliqni saqlash sohasida: aholini yoshi boʻyicha 
klasterlashda; koʻkrak rakini anglashda; insultga tashxis qoʻyish; yurak tomirlariga 
tashxis qoʻyish; sariq kasalligini bashoratlash; qandli diabet kasalligini bashoratlash;
Texnik tashxis qoʻyish sohasida: dvigatellarning yaroqli yoki yaroqsizligini 
aniqlashda; texnik qurilmalarning holatini nazorat qilishda.
Qishloq xoʻjaligi sohasida: ekin maydonlarining holatini aniqlashda
mevalarni oʻlchoviga qarab taxlashda.
Geologiya sohasida: kam uchraydigan metallar va neft qazilmalarini 
aniqlash; foydali qazilmalarining holatini aniqlash.
Tasvirlarni qayta ishlash sohasida: qoʻlyozma raqamlarni, harflarni va 
simvollarni tanib olish; shaxs imzolarini tanib olish; biometrik belgilar – barmoq 
izlari, qoʻl, yuz, quloq, koʻz tasvirlari tanib olish; tasvirlar ketma-ketligida 
dinamikani segmentlash va tanib olish. 
Exspert tizim(ET)lar – bu SI ning amaliy tizimlari bo’lib, ular biror bir 
predmet sohadagi exspertlarning empirik bilimlari asosida shakllantirilgan 
bilimlarga asoslanadi. ETlar exspertlar soni kam bo’lganda, masalani yechishda 
yetarli operativlik holati yetishmaganda yoki exspertlar uchun havfli va sog’lig’iga 
zarar etkazuvchi sharoitlarda qo’llaniladi.
ETlar yordamida yechiladigan masalalar sinfiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: tashxislash, bashoratlash, tanib olish, boshqarish, loyihalash, 
monitoringlash.
ETlardan foydalaniladigan faoliyat sohalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
tibbiyot, hisoblash texnikasi, harbiy ishlar, mikroelektronika, radioelektronika, 
huquqshunoslik, iqtisod, ekologiya, geologiy (foydali qazilmalarni qidiruv),


21 
matematika.
Ishlab chiqarishda, harbiy sohada, informatikada, kompyuter tizimlarida,
elektronikada keng va samarali qo`llanilayotgan ETlarga misollar [6, 16, 19, 21]: 
DENDRAL – murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun ET; 
MOLGEN – DNK strukturasini aniqlovchi ET; 
XCON – VAX 11 hisoblash komplekslarini loyihalashtiruvchi ET; 
MYCIN – ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET;
PUFF – sil kasalligiga tashxis qo`yuvchi ET; 
MACSYMA – algebraik ifodalarni soddalashtiruvchi ET; 
YES/MVS – katta EHM dagi katta razryadli MVS operatsion tizimlarni 
boshqaruvchi ET; 
PROSPECTOR – foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET
POMME – mevali bog`larga qarashga maslahat beruvchi ET; 
AIRPLANE – samolyot yerga qo`nishida uchuvchiga yordam beruvchi ET; 
ESPLAN – Baku neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishni rejalashtiradigan 
ET; 
MODIS – gipertonik kasalliklarning turli shakllariga tashxis qo`yuvchi ET;
MIDAS – energetik tizimlarda ishdan chiqish holatlarini aniqlash va tuzatish 
uchun ET; 
NetWizard – lokal tizimlarni loyihalovchi ET; 
ACES - xaritada o`zgarish kiritish bo`yicha kartografik ishlarni amalga 
oshiradigan ET; 
ASTA - analitikka tutuvchi signalni jo`natgan radar turini aniqlashga yordam 
beradigan ET;
DART- raqiblarning buyruq beruvchi markazlari, boshqaruvi va aloqalarining 
razvedka qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga yordamlashadigan ET;
HANNIBAL- raqibning radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatni baholashni 
amalga oshiradigan ET; 
I&W - razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to`qnashuv qachon va qayerda 
bo`lishini bashorat qilishida yordamlashadigan ET; 
RUBRIC 
– 
foydalanuvchiga 
formatlanmagan 
matnlarni 
o`zida 
mujassamlashtirgan MBga kirish huquqini olishga yordam beradigan ET; 
CODES – MBni ishlab chiquvchi mutaxassisga, MBning kontseptual sxemasini 
aniqlash uchun IDEF1 yondashuvni qo`llashni istayotgan mutaxassisga 
yordamlashadigan ET; 
MIXER Texas Instruments SBIS TI990 uchun ishlab chiqilgan mikrodasturlarni 
yozishda dasturchilarga ko`maklashadigan ET; 
ACE - telefon tarmog`idagi nosozliklarni aniqlashda, uni sozlash va tiklash chora 
tadbirlari bo`yicha tavsiyalar beradigan ET.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin