17
modellar bo’lishi mumkin. Bu modellar kompyuterga kiritilgandan so’ng, u usbu
modellarni tekshirish asosida ular orasidan eng yaxshilarini
tanlaydi va ularni
generatsiya qilish natijasida yangi modellar hosil qilinadi,
hosil qilingan yangi
modellar orasidan eng yaxshisi tanlanadi va h.k. Shuni ta’kidalash joizki,
evolyutsion modellar evolyutsion o’rgatuvchi algoritmlar ko’rinishida bo’ladi.
4)
Imitatsiyali yondashuvda insonning boshqalardan nusxa olish qobiliyati,
ya’ni boshqalar nima qilayotgan bo’lsa, xuddi ularga o’xshab bajarishni amalga
oshirish modellashtiriladi. Ko’p hollarda nusxa olish qobiliyati insonga biror ishni
bajarishda vaqtni kam sarflashga olib keladi.
SIni qurishning yuqorida keltirilgan yondashuvlari
tahlilidan kelib chiqib,
shuni ta’kidlash lozimki, amaliy masalalarni yechishda ular orasida qat’iy chegara
yo’q. Amaliyotda shunday masalalar uchraydiki,
ularni yechishda aralash
tizimlardan foydalaniladi, ya’ni ularning bir qismini yechishda ma’lum bir
yondashuvga
mos usullardan foydalanilsa, boshda qismini yechishda boshqa
yondashuga mos usullardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: