11
O’qitish masalasi quyidagicha qo’yiladi:
X - obyektlar to’plami, Y- javoblar to’plami uchun f:X→Y no’malum
bog’liqlik maqsad funksiya(target function)ni aniqlashning hal qiluvchi (decision
function) R:X→Y algoritmini qurish.
Berilgan:
{
x
1
, . . . , x
ℓ
}
X - o’qtiluvchi to’plam (training sample)
y
i
= y (
x
i
),
i = 1, . . .
, ℓ - ma’lum javoblar.
Mashinani o’qitish jarayoni chiziqli yoki nochiziqli bo’lishiga
qaramasdan
quyidagi
bosqichlarda amalga oshiriladi:
muammoni aniqlash.
ma’lumotlarni tayyorlash.
algoritmni ishlab chiqish va baholash.
natijaviy ma’lumotlar aniqligini oshirish.
yakuniy natijani taqdim qilish.
MO’ masalalarini yechishda qo’llaniladigan
asosiy tushunchalarni
keltiramiz:
obyekt - nuqta yoki to’plamning elementi bo’lib, u nomga va belgilar
naboriga ega bo’ladi. Masalan, obyekt sifatida bemorning ismi qatnashsa, belgilar
nabori sifatida uning yoshi, harorati, bosimi, og’irligi, bo’yining uzunligi va h.k. lar
hisobga olinadi;
sinf deganda o’qituvchi tanlovdagi ba’zi bir obyektlar to’plami tushuniladi.
Bu obyektlar to’plami o’xshash xususiyatlari bo’yicha
sinflarga birlashtiriladi;
timsol(timsol) – obyekt, hodisa yoki jarayon bo’lib, ular ustida tanish yoki
sinflashtirish amallari amalga oshiriladi;
belgi – obyektda o’lchash mumkin bo’lgan oddiy yoki murakkab
xarakteristikasi;
belgilar alfaviti – obyektlar guruxini tavsiflovchi barcha mumkin bo’lgan
belgilar ro’yxati;
invariant belgi – reseptor maydonida ba’zi almashtirishlar natijasida
o’zgarmaydigan belgi;
timsollar fazosi –
shunday fazoki, uning o’qiga belgilar o’qi, nuqtalar
fazosiga mos sinflarning obyektlar to’plami mos keladi;
tanlov – bu obyektlar to’plami bo’lib, obyektlarda belgilar alfaviti
aniqlangan bo’ladi;
o’qituvchi tanlov – tanlovdan ixtiyoriy yoki maxsus qoidalar asosida ajratib
olingan obyektlar to’plami bo’lib, ular sinflarga ajratilgan bo’ladi. Ushbu sinflarda
obyektlar to’plami va ularda aniqlangan belgilar alfaviti berilgan bo’ladi. O’qituvchi
tanlov predmet soha mutaxasisi tomonidan ham tanlab olinishi mumkin. O’qituvchi
tanlovdan har bir sinfga xos bo’lgan namunaviy obyektlar va ularga xos belgilar
tizimosti topiladi. Topilgan namunaviy obyektlar va ularga xos belgilar tizimostiga
mos qaror qabul qiluvchi qoida quriladi. Bu qoidalar
yangi obyektlarni tanishda
qo’llaniladi.
sinov tanlov – bu obyektlar to’plami bo’lib, ular o’qituvchi tanlovdan hosil
qilingan qaror qabul qiluvchi funksiya yordamida sinflashtiriladi yoki taniladi;
12
o’qitish jarayoni – bu shunday jarayonki, bunda o’qituvchi tanlovda
joylashgan har bir sinfdagi obyektlarning belgilar alfavitidan
har bir sinf uchun
shunday muhim yoki muhim emas belgilar topiladi va ular asosida qaror qabul
qiluvchi funksiya quriladi;
avtomatik o’qitish jarayoni - bunda o’qituvchi tanlovni tuzishda
mutaxasis(ekspert) bevosita qatnashmaydi. Bunda sinflar haqida aprior ma’lumotlar
ma’lum bo’lmaydi va obyektlar hamda belgilar alfaviti berilgan bo’ladi.
Sinflar
avtomatik ravishda hosil qilinadi.
qaror qabul qiluvchi qoida - bu o’qituvchi tanlovdan har bir sinf uchun
tanlab olingan muhim yoki muhim emas belgilar tizimiga mos keluvchi funksiya
bo’lib, undan sinov tanlovdagi yangi obyektlarni tanishda yoki sinflashtirishda
foydalaniladi;
Dostları ilə paylaş: