8
sifatida rivojlangan. MO’ esa Data Science sohasidagi birinchi tadqiqot
yo‘nalishidagi fan bo‘lib, timsollarni anglash usullariga ham tayanadi.
Ingliz tilida
“Machine learning”, rus tilida «Mashinnoye obucheniye»
atamalari yuqoridagi “MO” tushunchasiga mos keladi. Boshqa tillardagi “Machine
learning” va «Mashinnoye obucheniye» atamalarining o‘zbek tiliga tarjimasida
bahsli holatlar paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni
“MO’”, “Mashinali o‘qish”,
“Mashinada o‘qitish”, “Mashinali o‘rganish”, “Mashinani o‘qitish”, “Mashinani
o‘rgatish”, “Mashinali ta’lim”, “Mashina ta’limi” kabi.
Agar katta hajmli
ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun elektron hisoblash mashinasidan
foydalanadigan bo‘lsak, u holda mavjud ma’lumotlar oqimini ushbu mashinaga
o‘qitishimiz zarur, elektron hisoblash mashinasi esa ma’lumotlarni
qayta ishlash
usullarining va mantiqiy hulosalash mexanizmi algoritmlari bilan ta’minlangan
dasturiy ta’minot bilan ishlaydi.
Shuning uchun “MO”, “Mashinali o‘qish” va
“Mashinali o‘rganish” tushunchalarni umumlashtirib, Data Science sohasida
Machine learning atamasini o‘zbek tilida MO’ deb olamiz.
Dostları ilə paylaş: