Mashinali o‘qitishga kirish


haqida tasavvurga ega bo’lishi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix03.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#106661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-mavzu (MO\' as.tush. va qo\'lanilishi)

haqida tasavvurga ega bo’lishi

Regression model qurish, bir va ko’p o’zgaruvchili chiziqli regression
modellarni yaratish va ularning xatoligini aniqlish

Matlab/Python muhitida vektorlar va matrisalar ustida skalyar amallar 
bajarish, maxsus funksiyalarni bilishi va ulardan foydalana olishi; 

o’rgatuvchi tanlanmani yaratish, mavjud tanlanmalar bilan ishlash
modelni o’qitish va shu orqali sinflashtirish hamda klasterlash masalasini yechish;

sodda neyron tarmoqlarini qurish va uni o’qitish, mashinali o’qitishning 
tasvirlarni sinflashtirish yoki boshqa masalalar uchun foydalanish ko’nikmalariga 



ega bo’lishi kerak. 
Kreditlarni olish uchun talablar: 
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil 
natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar xaqida mustaqil 
mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va 
topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish. 
2. Ma’lumotlar va bilimlar
Ma’lumotlarbu alohida faktlar bo’lib, predmet soha(PrS)dagi obyektlar, 
jarayonlar va hodisalarni hamda ularning xossalarini tavsiflaydi. 
Ma’lumot(belgi)larning turlari. Timsollarni anglovchi tizim(TAT)larni 
yaratishda eng asosiy masalalardan biri – bu timsollarni anglovchi obyektlarning 
xossalarini aniqlashdan iborat. Obyektlarning bu xossalaridan sinflarga xos boʻlgan 
belgilar 
hosil 
qilinadi. 
Belgilarning 
quyidagi 
turlari 
mavjud 
[2,4,30,33,38,43,44,51,76,93]: 
- determinalli belgilar; 
- ehtimolli belgilar; 
- mantiqiy belgilar
- strukturali belgilar. 
1. Determinalli belgilar – bu obyektlarning shunday xossalari boʻlib, ular aniq 
va doimiy sonli qiymatlarga ega boʻladi. Determinalli belgilarga misol tariqasida 
samolyotning xossalarini quyidagi 1.1-jadvaldagidek keltirish mumkin: 
1.1-jadval 
№ Xossalari 
Samolyot tiplari 
F-4E 
F-105E 
F-15 
F-100D 
Xanter 
1 Ekipaj 





2 Tezligi (km/s) 
2330 
2230 
2655 
1400 
1000 
3 Potolok (m) 
19000 
15000 
21000 
15000 
17000 
4 Vazni (t) 
26 
24 
25 
18 
11 
5 Samolyot uzunligi (m) 
18 
21 
19 
12 
13 
6 Dvigatellar soni 





Ushbu jadvalda har bir samolyotning xossalar 8-oʻlchovli belgilar fazosidan 
iborat. 
2. Ehtimolli belgilar - bu obyektlar xossalari tavakkalli (ehtimolli) xarakterga 
boʻladi. Bunday belgilar koʻproq tabiat va texnikada uchraydi. Bu belgilar bir vaqtda 
bir nechta sinfda uchraydigan obyektlarda uchrashi mumkin. Ehtimolli belgilarga 
misol tariqasida: 
- radiolokator signallari quvvatining oʻrtacha qiymati; 
- oʻsimlik bargining oʻlchamlari; 
- shaxs jinsining qandaydir patologik oʻzgarishi oʻlchovi va h.k. 
3. Mantiqiy belgilar - obyektlarda uchraydigan xossalarning mavjudligi (rost) 
yoki mavjud emasligi (yolgʻon) bilan aniqlanadi. Mantiqiy belgilarga misol 
tariqasida: 



- bemorda bosh ogʻrigʻining bor yoki yoʻqligi; 
- bemorda yoʻtalning bor yoki yoʻqligi; 
- reaktiv aralashmaning bor yoki yoʻqligi. 
Shuningdek, mantiqiy belgilar sifatida obyektlarning biror oraliqda berilgan 
xossalari ham olinishi mumkin. Masalan, bemor temperaturasi 38
0
dan kichik yoki 
katta. 
4. Strukturali belgilar - simvol koʻrinishida yoki tasvir koʻrinishida berilgan 
obyektlarda uchraydi. Strukturali belgilarga misol sifatida: 
- toʻgʻri toʻrtburchakni tasvirlash uchun toʻgʻri chiziqning gorizontal va 
vertikal kesmasi; 
- displey ekranida ixtiyoriy tasvirni hosil qilish uchun pikseldan foydalanish. 
Shunday qilib, TATni yaratishda obyektlarni xarakterlovchi belgilar 
roʻyxatini toʻliq aniqlash kerak. Belgilar roʻyxatini tanlash evristik operatsiya boʻlib, 
u belgilar hoʻyxatini tanlovchining mahoratiga bogʻliq. Shuningdek, belgilar 
determinalli, ehtimolli, mantiqiy va strukturali belgilardan iborat boʻlishi kerak. 
Misol. Sinflarning aprior roʻyxatini hosil qilish. Bu masalani yechish 
quyidagi pogʻonalardan iborat: 
1) Obyektlarni avtomatik boshqarishda yoki shaxs orqali boshqarishda 
qanday qaror qabul qilish kerakligi aniqlanadi, ya’ni obyektlarni tanib olish maqsadi 
qoʻyiladi; 
2) Yuqorida keltirilgan maqsad asosida sinflashtirish tamoyilini tanlashga 
erishish uchun TATga qoʻyiladigan talablar formallashtiriladi; 
3) Sinflar uchun belgilar roʻyxati tuziladi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin