5
Subyektiv bilimlar inson, insonlar guruhi yoki sun’iy bilimlar manbalaridan
(kitob, o’quv kursi, gazeta,
ilmiy jurnal,videofilm va boshqalar) olinadi. Inson
yordamida olingan subyektiv bilimlarni izohlashda ushbu insonning dunyoqarashi,
qobilyati, xulq-atvori, hayotiy tajribasi, professional faoliyat sohasi va h.k. kabi
xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim.
Bilimlarni
manbalardan olish xarakterlariga, foydalanish hamda
ishonchlilik
darajalari va maqsadga bog’liqligiga qarab sinflash 1.1-rasmda keltirilgan [1].
1.1-rasm. Bilimlarni sinflash.
Bilimlarni olishning
manbalariga qarab ular
aprior va
hosil qilinadigan
bilimlarga bo’linadi [1].
Aprior bilimlar MBni o’z ichiga olgan intellektual
tizim(IT)lar o’z faoliyatini boshlanguncha undagi MBda aniqlanadi va to’planadi.
Aprior bilimlardan farqli ravishda,
hosil qilinuvchi bilimlar MBdan foydalanish
jarayonida shakllantiriladi.
Ushbu bilimlarning manbalari sifatida exspertlar, tashqi sun’iy kuzatuvchi
qurilmalar (turli xildagi datchiklar, timsollarni angllash mexanizmlari va h.k) hamda
intellektual tizim doirasida bilimlarni hosil qilish va xulosalash qoidalari hamda
protseduralari bo’lishi mumkin.
Bilimlar
Manbalardan bog’liqligi
bo’yicha
Apriorli
Hosil qilinuvchi
Exspertli
Kuzatiladigan
Xulosalaydigan
Qandaydir muammoli soha
masalalarini yechishda
foydalanish darajasiga
bog’liqligi bo'yicha
Ishonchlilik darajasiga
bog’liqligi bo’yicha
Maqsadga (churliligi)
bog’liqligi bo’yicha
Deklarativli (faktlar)
Protsedurali
Metabilimlar
Muayyan ichonchlilikga ega
bo’lgan bilimlar
Noravshan ichonchlilik
darajasiga ega bo’lgan bilimlar
Nusxa oluvchi bilimlar
Tanishtiruvchi bilimlar
Qobilyatni rivojlantiruvchi
bilimlar
Malakani oshiruvchi bilimlar
6
Bilimlardan
foydalanish aspektlariga qarab ularni
deklarativli (faktlar,
ma’lumotlarning tavsifiy tipi),
protsedurali (qandaydir muammoli sohada bir xil
tipdagi masalalarni yechish uslublari haqidagi axborotlar) va
metabilimlarga
(bilimlar haqidagi bilimlar)
ajratish mumkin [1].
Deklarativ bilimlar obyektlarni va ular orasidagi munosabatlarni tavsivlash
uchun qo’llanildi.
Protsedurali bilimlar –o’zini-o’zi izohlovchi bilimlardan iborat bo’lib,
protseduralarni tavsiflashda qo’llaniladi. Bu protseduralarda PrSning hamda uning
MBdagi modellari o’zgarishi bilan bog’liq harakatlari dasturlashtirilgan bo’lishi
mumkin. Bunda bilimlar bazasining ba’zi qismlarini qayta ishlovchi maxsus
protseduralar nabori joriy holatni ifodalaydi.
Metabilimlar ko’p hollarda bilimlar haqidagi bilimlar shaklida aniqlanadi va
bilimlardan foydalanish prinsiplari haqidagi umumiy ma’lumotlardan iborat bo’ladi.
Metabilimlar tipiga protsedurali bilimlarni tanlash va qo’llashni
boshqarish
strategiyalari ham kiradi.
Bundan tashqari ba’zi adabiyotlarda bilimlarni quyidagi tiplarga ajratishadi
[2-4]:
• interfeysli – atrof-muhit bilan aloqa qiluvchi bilimlar;
• muammoli- PrS haqidagi bilimlar;
• protsedurali - masalarni yechish usullari haqidagi bilimlar;
• strukturali – operatsion tizimlar haqidagi bilimlar;
• metabilimlar – bilimlarning hossalari haqidagi bilimlar.
Maqsadga yo’naltirilganlik nuqtai-nazaridan bilimlarni extensionalli
(aniq, tashqi) va intensionalli (abstraktli, maqsadli) tiplarga ajratish mumkin [2-
4].
Extensionalli bilimlar haqiqiy olamdagi obyektlar
haqidagi faktlarni
ifodalaydi. Ushbu bilimlarga misollar sifatida relyatsion bazalarni keltirish
mumkin:
1) "Axmedov avtomobilga ega ";
2) "Yerdan quyoshgacha bo’lgan masofa 150 mlrd. km";
Intensionalli bilimlar faktlarni bir-biri bilan bog’lovchi qoidalar yoki
haqiqiy olam qonuniyatlarini ifodalaydi. Ushbu bilimlarga misollar sifatida
mahsuliy bazalarni keltirish mumkin:
1) "Inson shaxsiy mulkga ega bo’lishi mumkin, masalan, avtomobil ";
2) "Planetada hayot bo’lishi uchun, u yerdan 100-300 mlrd.km
masofada bo’lishi kerak ";
Bilimlarni olish usullari.
Bilimlar injenerining ekspert(mutaxassis)dan
bilimlarni olishi uch rejimda amalga oshiriladi: protokolli tahlil,
intervyu va
professional faoliyatning o`yinli immitatsiyasi
[1-4,13-16]. Protokolli tahlilda
olingan bilimlar belgilab qo`yishdan iborat. Intervyu rejimida
bilimlar injeneri
ekspert bilan uni kerakli tomonga yo`naltirib, faol muloqotni olib boradi. O`yinli
immitatsiyada
ekspert uning professional faoliyati kechadigan holatga o`xshash
holatga tushib qoladi. Uning harakatlarini turli holatlarda kuzatib bilimlar injeneri
keyinchalik intervyu rejimida ekspert tomonidan chuqurlashtiriladigan ekspert