Mashinali o‘qitishga kirish


Sun'iy intellekt tizimlarini sinflash



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix03.05.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#106661
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-mavzu (MO\' as.tush. va qo\'lanilishi)

Sun'iy intellekt tizimlarini sinflash. Muammolarni maqsadli tavsiflash 
uchun SI tizimlarini sinflashning eng muhimlarini keltiramiz. S.N.Pavlov SIning 
quyidagi yo'nalishlarini taklif qiladi [16]. 
1) Birinchi avlod (oddiy, murakkab) va II avlod ETlari (integrallashgan, ko'p 
funksionalli, intellektualli, kreativli (ijodli) va gibridli. 
2) Intellektual ishlab chiqarish tizimlari: savol-javob tizimlari, mantiqiy - 
hisoblash tizimlari, intellektli LIAT,
ABT. 
3) NTlari va neyrokompyuterlar (NTlari va neyrokompyuter texnologiyalari). 
4) BBni qurish va qurishni avtomatlashtirish, tahlil qilish, qayta ishlash va 
bilimlarni olish. 
5) O'rgatish va o'zini-o'zi o'rgatish (maslahatchi tizimlar, intellektual 
murabbiylar, maktab va oliy ta’lim tizimlari). 
6) Evolyutsion modellashtirish (genetik algoritmlar, sinflovchi tizimlar, 
genetik dasturlash, evolyutsion dasturlar, evolyutsion strategiyalar). 
7) Mashinali tarjima qilish tizimlari. 
8) Tabiiy-tilli
aloqa tizimlari (muloqot qilish, tabiiy-tildagi mulohazalarni 
tusunadigan va o’zgartiradigan mashina tiliga o’tish ). 
9) Ovozli muloqot tizimlari (sintez (matn-ma’no), nutqni tahlil qilish va 
anglab olish (ma'no-matn)). 
10) Vizual axborotlarni ishlash tizimi (tasvirlarni ishlash, tahlil va sintez 
qilish). 
11) Timsollarni anglovchi tizimlar. 
SIning asosiy tarkibiy qismlari va arxitekturasi. SIning tarkibiy qismlari 
1.10-rasmdagidek keltirish mumkin.
SI tizimlaridan predmet sohaga, masala tipiga va foydalanuvchiga 
moslashish nuqtai–nazaridan foydalanishning funksional strukturasini 1.11-rasmda 
keltirish mumkin. Bu struktura uchta hisoblash vositalari majmuasidan tashkil 
topgan. Birinchi majmua masalani samarali yechish nuqtai nazaridan loyihalangan 
dasturni bajaruvchi vositalar majmuidan tashkil topgan, ba’zi hollarda muammoli 


18 
yo’nalishga ega. Ikkinchi majmua - keng doiradagi foydalanauvchilar talablariga tez 
moslashuvchi strukturaga ega bo’lgan intellektli interfeys vositalari majmui. 
Uchinchi vositalar majmui birinchi va ikkinchi majmuaning o’zaro aloqasini 
ta’minlaydigan BB hisoblanadi. Bajaruvchi tizim shakllangan dasturni bajarishni 
ta’minlaydigan barcha vositalar majmuini birlashtiradi. Intellektual interfeys – 
dasturiy va instrumrntal vositalar tizimi bo’lib, foydalanuvchilar uchun ularning 
kasbiy faoliyatida vujudga keladigan masalalarni yechishda kompyuterni qo’llashni 
ta’minlaydi. BB – boshqa komponentalarga nisbatan markaziy o’rinni egallaydi. 
Chunki BB orqali masalani yechishda ishtirok etadigan hisoblash tizimlari 
vositalarining birlashuvi amalga oshiriladi. 
1.10– rasm. SIning tipik sxemasi. 
1.11-rasm. SI tizimlarini qo’llashning funksional strukturasi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin