Matematika-informatika fakulteti


Hosilaga ega bo’lgan funksiyaning uzluksizligi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə10/17
tarix17.06.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#61675
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Farg’ona davlat universiteti “Matematik analiz va differensial t (1)

Hosilaga ega bo’lgan funksiyaning uzluksizligi.
f(x) funksiyaning hosilasi faqat bu funksiya uzluksiz bo’lgan nuqtalardagina mavjud bo’lishi mumkinligini ko’rsatamiz. Oldin ushbu teoremani qaraylik.
Teorema. Agar f(x) funksiya x nuqtada hosilaga ega bo’lsa, u holda funksiya shu nuqtada uzluksiz bo’ladi.
Isboti. Faraz qilaylik, f(x) funksiya x nuqtada hosilaga ega bo’lsin. Demak, ushbu limit mavjud va f’(x) ga teng. Bizga agar funksiya chekli limitga ega bo’lsa, uni limit va cheksiz kichik yig’indisi ko’rinishda ifodalash mumkinligi ma’lum ( ). Bizning holimizda limitga ega bo’lgan funksiya deb funksiya orttirmasining argument orttirmasiga nisbatini olamiz. U holda ushbu tenglik o’rinli bo’ladi:
=f’(x)+a,
bu yerda a=a(Dx) va a=0. Bundan funksiya orttirmasi Dy=f(x+Dx)-f(x) ni quyidagi ko’rinishda yozish mumkinligi kelib chiqadi:
Dy=f’(x)×Dx+a×Dx (1.1)
Bu tenglikdan, agar Dx®0 bo’lsa, u holda Dy®0 bo’lishi kelib chiqadi. Bu esa f(x) funksiyaning x nuqtada uzluksizligini bildiradi. Teorema isbot bo’ldi.
Bu teoremaning teskarisi o’rinli emas, ya’ni funksiyaning nuqtada uzluksizligidan uning shu nuqtada hosilasi mavjudligi kelib chiqavyermaydi. Masalan, y=|x| funksiya x ning barcha qiymatlarida, xususan x=0 nuqtada uzluksiz, ammo x=0 nuqtada hosilaga ega emas. Bu funksiyaning x=0 nuqtadagi orttirmasi Dy=|Dx| bo’lib, undan

va nisbatning Dx®0 dagi limiti mavjud emasligi kelib chiqadi, demak f(x)=|x| funksiya x=0 nuqtada hosilaga ega emas.
Bir tomonli hosilalar.
2-ta’rif: Agar Dx®+0 (Dx®-0) da nisbatning limiti

mavjud va chekli bo’lsa, bu limit f(x) funksiyaning x0 nuqtadagi o’ng (chap) hosilasi deb ataladi va f’(x0+0) (f’(x0-0)) kabi belgilanadi.
Odatda funksiyaning o’ng va chap hosilalari bir tomonli hosilalar deb ataladi.
Yuqoridagi misoldan, f(x)=|x| funksiyaning x=0 nuqtadagi o’ng hosilasi 1 ga, chap hosilasi - 1 ga tengligi kelib chiqadi.
Funksiyaning hosilasi ta’rifi va bir tomonli hosila ta’riflardan hamda funksiya limiti mavjudligining zaruriy va yetarli shartidan quyidagi teoremaning o’rinli ekanligi kelib chiqadi:
1-teorema. Aytaylik f(x) funksiya x0 nuqtaning biror atrofida uzluksiz bo’lsin. U holda f(x) funksiya x0 nuqtada f’(x0) hosilaga ega bo’lishi uchun f’(x0+0), f’(x0-0) lar mavjud va f’(x0+0)=f’(x0-0) tenglikning o’rinli bo’lishi zarur va yetarli bo’ladi.
Bu teoremaning isbotini o’quvchiga mashq sifatida qoldiramiz.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin