3-DARS: IKKI XONALI SONLAR Maqsad: ikki xonali sonning ikkita raqami: o‘nlik va birliklar sonini ifoda
-
lashni biladi.
1. Sonlarda nechta o‘nlik va nechta birlik bor? Model yordamida
tushuntiramiz. 1-sinfda o‘tilganlarni takrorlaymiz. Oldindan tayyorlab qo‘yil
-
gan sanoq cho‘plardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Har bir bog‘lami 10
tadan bo‘lgan cho‘plar va alohida bo‘lgan 9 tagacha cho‘plardan foydala
-
ning. Har bir bog‘lam “o‘nlik”ni, alohida bo‘lganlari “birlik” ni bildiradi. O‘quv-
chilarga mustaqil bajarishlari uchun har xil tartibda namoyish qiling. Ular ho
-
sil bo‘lgan sonlarni aytishadi. Yoki aksincha.
2. Namuna asosida mos sonlarni yozamiz. Har bir sonni yozish uchun
dastlab o‘nliklar sonini sanab topib olamiz. Masalan: 4 ta o‘nlik, keyin 2 ta
birlik sonini sanab topamiz. Bu 42 ga teng. Shu tartibda qolgan sonlar ham
topiladi.
3. O‘quvchilarga masala tuzish topshirig‘ini beramiz. O‘qituvchi o‘quvchi-
lar topshiriqni bajarayotganda, quyidagilarga e’tibor qaratadi: amallarning
tarkibiy qismlari, o‘lchov birliklarining to‘g‘ri aytilishi va yozilishiga.
Yechish:
15 – 5 = 10 cm. Javob: Xonqizi binafshagacha yana 10 santimetr yurishi kerak.
Qo‘shimcha savollar: ikki gul orasidagi masofa necha santimetr? Bosib
o‘tilgan yo‘l yurish kerak bo‘lgan
yo‘ldan necha santimetr qisqa?
4. Sonlar ketma-ketligiga e’tibor
beramiz. Dastlabki uchta doiracha-
dagi sonlar ketma-ketligini yozamiz:
9, 18, 9. Birinchi va uchinchi sonlar
-
ning yig‘indisi (9 + 9) ikkinchi songa
(18 soni) teng. Ifoda ko‘rinishida yo
-
zamiz:
9 + 9 = 18. Oxirgi uchta doiradagi sonlarni
topamiz. Birinchi va uchinchi doira-
chadagi sonlar bir xil bo‘lishi lozim.
Birinchi son 11, uchinchi son ham 11.
Ikkinchi son ularning yig‘indisiga
teng bo‘lishi lozim: