Bosim ostida ishlov beriladigan latunlar. Bu latunlar ikki turga bo’linadi:
α - latunlar. Bu latunlarning tarkibida ruxning miqdori 39 % gacha bo’lib, ularning strukturasi asosan ruxning misdagi qattiq eritmasi bo’lgan α - kristallardan iborat.
α - qattiq eritmaning kristallarining rangi xar-xil bulishiga sabab ularning namunaning yuzasiga xar-xil kristalografik yuzalari bilan chiqishida va bu yuzalarning kimyoviy eritma ta’sirida bir xilda emirilmasliklarida (kristallarning anizotropik xossalari).
α – qattiq eritmaning kristallarining rangi xar-xil bo’lishiga sabab ularning namunaning yuzasiga xar-xil kristallografik yuzalari bilan chiqishida va bu yuzalarning kimyoviy eritma ta’sirida bir xilda emirilmasliklarida (kristallarning anizotropik xossalari).
α – latunlar quyidagi markalar bo’yicha ishlab chiqariladi: l60, l63, l68, l70, l80, l85, l90, l96.
α – latunlar juda yumshoq. Ulardan bosim ostida ishlov berilib xar-xil homashyo materiallar: yupqa list, falga, lenta, truba, sim va boshqalar ishlab chiqariladi.
Maxsus latunlar.Bu latunlarning tarkibida ruxdan tashqari boshqa elementlar ham bor. Latunlarni legirlashdan maqsad ularning mexanik hossalarini yaxshilashdan iborat. Maxsus latunlarning l xarfidan keyin legirlovchi elementlarning nomlari belgi sifatida yoziladi.
Masalan: S – qo’rg’oshin, 0 – qalay, J – temir, M – marganets, N – nikel, K – kremniy, A – alyuminiy va boshqalar.
α + β latunlarning strukturasi (sxemasi) Xarflardan keyin latundagi misning miqdori va legirlovchi elementlarning miqdorlari (%) conlar bilan ko’rsatiladi.
Masalan: LS 59-1 latunning tarkibida 57/60 % mis va 0,8-1,5 % qo’rg’oshin bor, qolgani esa rux atomlaridan iborat.
Maxsus latunlar ikki turga bo’linadi:
Bosim ostida ishlov berilgan latunlar: LAJ 60-1-1, LS 59-1,
LJMs 59-1-1 va boshqalar.
Bronza Bronza deb misning qalay va boshqa elementlar (Al, Si, Be, Pl) bilan legirlanishiga qarab bronzalar: qalayli, alyuminiyli, kremniyli, berilliyli turlarga bo’linadi.
Bronzalar Br. xarflari va legirlovchi elementlarning bosh xarflari bilan, hamda ularning miqdorini ko’rsatadigan sonlar bilan belgilanadi, Masalan: Br. 0SS 4-4-2,5 markali bronzaning tarkibida qalay (0)-4%, rux (S)-4%, qurg’oshin (S)-2,5 % bor.
Qalayli quyma bronzaning strukturasi ikki fazadan iborat: α - dendrit kristallar (qalayning misdagi qattiq eritmasi) va ular orasida joylashgan evtektoid aralashma (α + β) (3 rasm). Bu erda b-Si31Sngbirikmasi.
Qalayli quyma bronza antifriktsion (engil sirpanadigan) detallar, tishli g’ildiraklar, sirpanma podshipniklar va nam havoda hamda dengiz suvlari ta’sirida ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi.