tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Niderlandiyada X V I asrning 60— 70 yillarida, Angliyada X V
II asrning 40— 50-yillarida bo‘li bo‘tdi. Bu davrga kelib, Yevropada alohida millatlarning
shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or
tabaqalari nazarida faqat tarixan o‘z umrini o‘tab qolmasdan, balki g‘ayritabiiy, g‘ayriaqliy bo‘lib
ko‘rina boshladi. O‘sha davrning ideologlari ilgari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari
masalasini o‘rtaga qo‘ydilar. Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini talab qila
boshladilar. Bor-yo‘g‘i 50—60 yil ilgari inkvizitorlar Jordano Brunoni yoqib yuborganlarida lom-
mim demagan Yevropa, endi o‘zining hayotida markaziy o‘rinni inson huquqlari egallashi
kerakligini his eta boshladi. Hatto Xudoning nomidan bo‘lsa-da, inson umriga zomin bo‘lishga
hech kimning haqqi yo‘qligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiyligi anglab
olina boshladi. Albatta, bungacha inkvizitsiya bir necha asrlar bu hududni aqidaparastlik
changalida ushlab turgan, ne-ne aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi.
Dostları ilə paylaş: |